Ko‘krak aortasi (yoki tushuvchi aortaning ko‘krak bo‘limi)
Tushuvchi aorta (aorta dessendens) umurtqa pog‘onasining chap tomonida,
IV ko‘krak umurtqa tanasining ro‘parasida aorta ravog‘idan boshlanadi. Uning
ko‘krak bo‘limi, ya’ni ko‘krak aortasi (aorta thoracica) XII ko‘krak umurtqasi
sathida diafragmaning aorta teshigi orqali o‘tib, qorin aortasi (aorta abdominalis)
bo‘lib davom etadi.
Ko‘krak aortasi umurtqa pog‘onasi bo‘ylab pastga yo‘naladi. U VII-IX
ko‘krak umurtqasigacha umurtqa pog‘onasining chap yuzasi bo‘ylab boradi,
so‘ngra gavdaning o‘rta chizig‘i (linea mediana) tomoniga og‘ib, pastdagi ko‘krak
umurtqalarining old yuzasining chap tomonida yotadi. Ko‘krak aortasi o‘z yo‘lida
doimo gavdaning o‘rta chizig‘idan chapda joylashadi (133-rasm).
Yuqorida ko‘krak aortasining oldingi yuzasini chap o‘pka ildizi, pastda –
perikardning orqa devori qoplab turadi.
VII-IX ko‘krak umurtqalari sathida, aorta bilan perikard oralig‘ida
qizilo‘ngach o‘tadi. Bu yerda qizilo‘ngach aortaning old yuzasini o‘ngdan chapga
tomon kesib o‘tadi(138-rasm). Shuning uchun diafragmaning XI-XII ko‘krak
umurtqalari sathida joylashgan aorta teshigi yaqinida aorta qizilo‘ngachga nisba-
tan o‘ngda joylashadi, qizilo‘ngach esa gavdaning o‘rta chizig‘idan taxminan
3 sm chapda joylashadi. Aortaning chap tomoni mediastinal plevra bilan qop-
langan.
O‘zining o‘ng devori bilan ko‘krak aortasi qizilo‘ngachga zich taqalib tura-
di, faqat pastda, qizilo‘ngach aortaning oldida joylashgan joydagina, aorta o‘ng
mediastinal plevraga yondoshib turadi.
Ko‘krak aortasidan bronx arteriyalari, qovurg‘a oralig‘i arteriyalari hamda
qizilo‘ngach, perikard, diafragma va ko‘ks oralig‘i kletchatkasiga boruvchi tar-
moqlar chiqadi.
Qizilo‘ngachning ko‘krak bo‘limi
Qizilo‘ngachning ko‘krak bo‘limi (pars thoracicca oesophagei) - uzunligi 15-
18 sm keladigan muskulli ingichka nay bo‘lib, II dan XI ko‘krak umurtqasigacha
bo‘lgan oraliqda joylashgan. Uning aorta ravog‘i va traxeya bifurkatsiyasi sathida
hamda diafragmadan o‘tish qismida o‘rta va pastki toraygan joylari bor. Aorta ravog‘i
hamda chap bronx sohasidagi torayishlar fiziologik torayish bo‘lmasdan, balki maz-
kur a’zolar tomonidan qizilo‘ngachning mexanik siqilishi natijasidir (146 -rasm).
214
Pastki torayish joyi, bo‘yindagi kabi,
qizilo‘ngach devoridagi aylana mus-kullarning kuchli
rivojlanganligi va bundan tashqari, diafragmaning
medial oyoqchalarining qisqarishi natijasida hosil
bo‘ladi; u diafragmaning qizilo‘ngach teshigi sohasi-
da va undan yuqoriroqda joylashadi. Ushbu torayish
oshqozon (oshqozon) faoliyati bilan chambarchas
bog‘langan.
Qizilo‘ngachning yuqori va o‘rta toraygan joy-
lari orasida yuqorigi kengayma, o‘rta va pastki tora-
yishlari orasida pastki kengaymalari bor.
Yuqori oziq tishlaridan o‘rta torayishgacha
bo‘lgan masofa 24-26 sm ni, pastki torayishgacha
esa 38-40 sm ni tashkil etadi.
Ko‘krak aortasi qizilo‘ngach bilan umurtqa
pog‘onasining orasiga suqilib kirgani uchun, ko‘krak
qafasining pastki yarmida qizilo‘ngach birmuncha
old tomonga suriladi (133-rasm).
III-IV ko‘krak umurtqalari sathida
qizilo‘ngachning asosiy qismi o‘rta chiziqdan chap-
roqda yotadi. IV ko‘krak umurtqasi sathida
146-rasm. Qizilo‘ngach
va qizilo‘ngach
kavagining shakllari.
1 - yuqori torayma;
2 - o‘rta torayma;
3 - pastki torayma.
147-rasm. Orqa ko‘ks oralig‘i
a’zolarining o‘ngdan ko‘rinishi.
1–o‘mrov suyagi; 2–I qovurg‘a;
3, 17–
oesophagus
; 4–
trachea
;
5–
n
.
v a g u s
va uning
rami
bronchiales
; 6–
v
.
brachiocephalica
sinistra
; 7–
n
.
phrenicus
; 8–ko‘ks
oralig‘i plevrasi kesimi qirg‘og‘i;
9, 22–
v
.
azygos
; 10–
v
.
cava
superior
;
11–perikard kesimi qirg‘og‘i; 13–
aorta
ascendens
;
14–
auricula
dextra
; 15–perikard
plevrasi va perikard kesimlari
qirg‘og‘i; 16–o‘ng qorincha;
18–
aorta
thoracica
; 19–
pleura
diaphragmatica
;
20–
n
.
splanchnicus
major
;
21–qovurg‘a plevrasi kesimining
qirg‘og‘i; 23–
vv
.
pulmonales
;
24–
bronchus
principalis
dexter
; 25–
truncus
sympathicus
; 26–
vasa
intercostalia
va shu nomli nerv;
27–
r a m u s
c o m m u n i c a n s
n
.
sympathici
;
28–
g a n g l i o n
s y m p a t h i c u m
thoracicum
III
.
215
qizilo‘ngach aorta ravog‘iga, pastroqda – tushuvchi aortaga taqalib turadi va ul-
arning o‘ng tomonida joylashadi. VII ko‘krak umurtqasidan boshlab qizilo‘ngach
deyarli butunlay o‘rta chiziqdan o‘ngda yotadi; diafragmaga yaqinlashgan sari
yana chap va old tomonga og‘adi.
VIII-IX ko‘krak umurtqalari sohasida qizilo‘ngach aortaning oldida joy-
lashadi, X-XI sathida esa o‘rta chiziqdan va aortadan chaproqda joylashib, di-
afragmaning teshigi orqali qoringa o‘tadi.
Qizilo‘ngachning sintopiyasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u o‘zining oldin-
gi yuzasi bilan traxeyaning, aorta ravog‘ining, traxeya bifurkatsiyasi yoki chap
bronxning orqa yuzalariga tegib turadi. Qizilo‘ngach bifurkatsiyasidan pastda va
old tomonda parabronxial va bifurkatsiya limfa tugunlari to‘plamiga, yana ham
pastroqda chap bo‘lmachaning orqa devoriga (perikard bilan o‘ralmagan joyiga)
taqalib joylashadi. Bu yerda chap bo‘lmacha bilan qizilo‘ngach oralig‘ida chap
sayyor nerv o‘tadi. Qizilo‘ngachning pastki qismining oldingi yuzasi perikard-
ning orqa devoriga taqaladi, ularni bir-biridan kletchatka ajratib turadi. Bu kletchatka
ba’zi joylarda zichlashib, o‘zida muskul tutamlarini ( m. pericardiacooesophageus)
tutuvchi ingichka paylar ko‘rnishini oladi. Qizilo‘ngachning perikardga bunday
taqalib joylashishi perikard bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planganda, qizilo‘ngachning
siqili-shiga va torayishiga olib keladi. Shuningdek, qizilo‘ngachning chandiqli
torayishlarida uni buj bilan kengaytirish jarayonida yurak va perikardni shikast-
lab qo‘yish mumkin (147-rasm).
Qizilo‘ngach yuqorida va chap tomonda chap umumiy uyqu arteriyasi va
chap o‘mrov osti arteriyasi, aorta ravog‘i, chap qaytuvchi nerv hamda ko‘krak
limfa yo‘li bilan chegaradoshdir.
Aorta ravog‘idan pastroqda qizilo‘ngachning chap tomoni tushuvchi aorta-
ga tegib turadi. Aortaning qizilo‘ngach orqasiga o‘tgan joyida, VIII-IX ko‘krak
umurtqalari sathida, qizilo‘ngachning chap tomoni chap mediastinal plevraning
orqa qismiga yopishadi.
Qizilo‘ngach yuqorida va o‘ng tomonda o‘ng qaytuvchi nerv, o‘ng umumiy
uyqu arteriyasining boshlanish qismi va yuqoridagi qovurg‘a oraliqlarining vena
o‘zaniga taqaladi. Pastroqda, IV ko‘krak umurtqa sathidan boshlab,
qizilo‘ngachning o‘ng devori o‘ng mediastinal plevraning orqa qismiga tegib turadi.
Qizilo‘ngachning o‘ng tomonida va orqarog‘ida toq vena joylashib, pastdan
yuqoriga, umurtqa pog‘onasi ko‘krak bo‘limining o‘rtasiga qadar boradi; shu joy-
ning o‘zida, toq vena bilan aortaning oralig‘ida ko‘krak limfa yo‘li joylashadi.
Ba’zi hollarda o‘ng mediastinal plevraning chapga tomon chuqurroq burilib kir-
gan qismi toq venani qizilo‘ngachning o‘ng devoridan ajratib turadi. Buni opera-
tsiya paytida nazarda tutish kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham qizilo‘ngachning
mediastinal plevra bilan o‘zaro joylashuvini bilish amaliy ahamiyatga ega.
Mediastinal plevra bilan o‘zaro joylashuviga ko‘ra qizilo‘ngach 3 qismga
bo‘linadi:
1) o‘pka ildizidan yuqorida joylashgan qismi (148-rasm);
2) o‘pka ildizi sohasida joylashgan qismi (149-rasm);
3) o‘pka ildizidan pastda joylashgan qismi (150-rasm);
O‘ng mediastinal plevra o‘pka ildizidan yuqorida qizilo‘ngachning yon dev-
origa 0,2-1 sm kenglikda taqalib turadi.
216
Chap mediastinal plevra esa umurtqa pog‘onasi bilan chap o‘mrov osti ar-
teriyasi oralig‘iga kirib turuvchi burma hosil qiladi.
O‘pka ildizi sohasida qizilo‘ngach o‘ngda – toq vena, chapda – ko‘krak aor-
tasi orqali plevradan ajralib turadi.
O‘pka ildizidan pastda o‘ng mediastinal plevra, ko‘pincha, qizilo‘ngachning
faqat yon tomoninigina emas, balki orqa tomonini ham qoplab, qizilo‘ngach bilan
umurtqa pog‘onasining orasida cho‘ntak hosil qiladi. Chap mediastinal plevra
qizilo‘ngachdan ko‘krak aortasi orqali ajralib turadi; faqat diafragma yaqinida
qizilo‘ngachga yopishadi.
O‘pka ildizidan pastda o‘ng va chap plevra varaqlari qizilo‘ngachning orqasi-
da bir-biriga yaqin keladi va bir-biri bilan plevralararo boylam orqali tutashishi
mumkin (151-rasm).
Ba’zi joylarda plevra qizilo‘ngachning devoriga fassiya varaqlari va tizim-
lari orqali mahkam yopishgan, bu esa qizilo‘ngachni operatsiya qilish paytida uni
148-rasm.
II
ko‘krak umurtqasi
sathida o‘ng va chap ko‘ks
oralig‘i plevralarining
qizilo‘ngachga nisbatan
joylashuvidagi farqlar.
149-rasm. III (a) va IV (b) ko‘krak umurtqalari sathida ko‘ks oralig‘i
plevralari bilan qizilo‘ngachning o‘zaro joylashuvi.
150-rasm. Ko‘ks oralig‘i
plevralari bilan
qizilo‘ngachning VI (a) va VIII
(b) ko‘krak umurtqalari
sathidagi o‘zaro joylashuvi.
217
ajratishni qiyinlashtiradi hamda plevraning shikastlanish xavfini yuzaga keltira-
di. Qizilo‘ngachning diafragmaga yaqin joylashgan qismi plevra sinuslarining past-
dagi qismlariga va diafragmaning qizilo‘ngach o‘tadigan teshigiga zich biriktiruv-
chi to‘qimadan tuzilgan plevralararo boylam orqali mustahkam birikkan. Bu boy-
lam ikkita – orqa va oldingi varaqlarga ajralib, qizilo‘ngachni o‘rab turadi va di-
afragmaning qizilo‘ngach o‘tadigan teshigi sohasini qoplovchi ko‘krak ichi fassi-
yasiga qo‘shilib ketadi.
Qizilo‘ngachni operatsiya qilish paytida plevralararo boylamning tortilishi
mediastinal plevraning shikastlanishiga va ikki tomonlama pnevmotoraksga olib
kelishi mumkin.
Qizilo‘ngach ko‘krak bo‘limining traxeya bifurkatsiyasiga nisbatan tutgan o‘rniga
ko‘ra bifurkatsiyadan (o‘pka ildizidan) yuqori, bifurkatsiya (o‘pka ildizi) sohasidagi
va bifurkatsiyadan (o‘pka ildizidan) pastdagi qismlari; aorta ravog‘iga nisbatan joy-
lashuviga ko‘ra aortadan yuqorigi va aortadan pastki qismlari (E.L.Berezov) farq qil-
inadi (aortadan yuqoridagi va undan pastdagi oshqozon-qizilo‘ngach anastomozlari –
qizilo‘ngach rezeksiya kilingan sathga ko‘ra bajariladi).
Qizilo‘ngach o‘z yo‘lida tananing o‘rta chizig‘iga (shu bilan birga umurtqa
pog‘onasiga) nisbatan turli sathlarda har xil tomonda joylashib, burilishlar hosil
qiladi. Chunonchi, III-IV ko‘krak umurtqalari sathida qizilo‘ngach chapda joy-
lashadi, Th
V
umurtqaga kelgach o‘ng tomonga o‘zining frontal tekislikdagi birin-
chi burilishini yasaydi va o‘ng tomon bo‘ylab to Th
X
umurtqagacha boradi. Shu
sathda keskin chapga og‘ib, ikkinchi frontal burilish hosil qiladi. Shu yerda uning
orqasiga aorta o‘tishi munosabati bilan qizilo‘ngach oldinga – (sagittal tekislik-
da) burilish yasaydi (133-rasm).
Ko‘ks oralig‘ining orqa qismida qizilo‘ngachning atrofi kletchatkasi va uni
o‘rovchi fassiyasi qizilo‘ngach atrofidagi bo‘shliqni hosil qiladi.
151-rasm. Plevralararo boylam (Morozov boylami)ning topografiyasi.
1, 8 - plevra; 2, 7 - plevra xaltalarining (bo‘shliqlarining) orqa-pastki
burchaklari; 3, 5 - diafragmaning ichki oyoqchalari; 4, 10 - aorta;
6 - plevralararo boylam; 9 - qizilo‘ngach.
218
Bu kletchatkada qizilo‘ngachning devorlari bo‘ylab sayyor nervlar, simpa-
tik chegara poyalari va orqa nervlarining tegishli tarmoqlaridan hosil bo‘lgan nerv
chigali hamda limfa tugunlari joylashadi.
Qon bilan ta’minlanishi. Qizilo‘ngachning ko‘krak bo‘limini ta’minlovchi
arteriyalar har xil manbalardan boshlanadi, ularning soni, tarmoqlanish hududlari
individual o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, qizilo‘ngach ko‘krak bo‘limining yuqo-
rigi, o‘rta va pastki qismlari turli manbalardan keluvchi arteriyalar hisobiga qon
bilan ta’minlanadi, arteriya to‘rlarini hosil qilib anastomozlashadi.
A’zoning yuqorigi qismini pastki qalqonsimon arteriyalar va ba’zan, bevosi-
ta chap o‘mrov osti arteriyasi hamda bo‘yin-qalqon o‘zanidan ( truncus thyreocer-
vicalis) chiquvchi shoxlar ta’minlaydi.
Qizilo‘ngachning o‘rta (bifurkatsiya) qismiga bronxial hamda o‘ng I va II
152-rasm. Qizilo‘ngach pastki
qismi arteriyalari tuzilishidagi
farqlar (oldindan ko‘rinish).
1 - bronxial arteriyalarning
shoxlari; 2 - yuqorigi qizilo‘ngach
arteriyalari (shoxlari); 3 - pastki
qizilo‘ngach arteriyalari
(shoxlari).
153-rasm. Qizilo‘ngach
ko‘krak bo‘limining
arteriyalaridagi tafovutlar
(orqadan ko‘rinish).
1 - pastki qalqonsimon
arteriya; 2 - o‘ng orqa
bronxial arteriya; 3 - bronxial
arteriyalardan qizilo‘ngachga
boruvchi shoxlar; 4 - aortadan
chiquvchi yuqori va pastki
qizilo‘ngach arteriyalari
(shoxlari).
219
qovurg‘alararo arteriyalardan, kam hollarda aorta ravog‘ining botiq qismidan ham
shoxlar keladi. Bronxial arteriyalar bronxlarning devori bo‘ylab yo‘nala turib,
ko‘ks oralig‘idagi boshqa a’zolarga, shu jumladan, qizilo‘ngachga ham shoxlar
beradi. Qizilo‘ngachning bu shoxlari, ko‘pincha, chap-oldingi hamda o‘ng-orqa
bronxial arteriyalardan chiqadi (152- va 153-rasmlar).
Qizilo‘ngachning pastki qismini asosan, ko‘krak aortasidan chiquvchi yuqo-
rigi, o‘rta va pastki qizilo‘ngach arteriyalari, 1/3 hollarda o‘ngdagi III, IV, V, VI,
VII qovurg‘alararo arteriyalardan chiquvchi shoxlar, kamroq diafragmaning
qizilo‘ngach teshigidan kiruvchi chap oshqozon arteriyasi tarmoqlari va chap pastki
diafoagma arteriyasining shoxlari qon bilan ta’minlaydi (133-rasm).
Qizilo‘ngach arteriyalarining o‘ziga xosligi shundaki, ular dastlab a’zoning
devoriga parallel holda qizilo‘ngach atrofidagi kletchatka bo‘ylab yo‘naladi va
muayyan masofani o‘tib (ba’zilari 10-15 sm gacha uzunlikda bo‘ladi) uning devo-
riga segmentar yo‘nalgan holda kiradi.
Innervatsiyasi. Qizilo‘ngachning ko‘krak bo‘limini innervatsiyalovchi nerv-
lar adashgan hamda qaytuvchi hiqildoq nervlarining shoxlaridir. Bu shoxlar tarkibi-
da a’zoga simpatik chegara poyasining bo‘yin hamda yuqorigi 5 ta ko‘krak tugun-
laridan chiquvchi tolalar bo‘ladi. Ko‘ks oralig‘ida adashgan nervdan chiquvchi shox-
larning aksariyati faqat qizilo‘ngachgagina emas, balki yurak, traxeya, yirik qon
tomirlari kabi a’zolarga ham boradi. Operatsiya vaqtida qizilo‘ngachni ajratib ol-
ishda, bu nervlarning shikastlanishi mazkur a’zolar faoliyatiga ta’sir etishi mumkin.
Qizilo‘ngachning pastki qismida adashgan nerv tolalaridan oldingi va orqa
nerv chigallari hosil bo‘ladi. Chap adashgan nerv hisobiga old-yon, orqa adash-
gan nerv tolalaridan orqa-yon chigallar paydo bo‘ladi. Eng pastki qismida esa, bu
chigallardan yana qayta adashgan nerv poyalari vujudga keladi. Bu poyalarning
soni bitta yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin (133-rasm).
Ba’zan chigalning diafragmadan yuqoridagi qismidan alohida tolalar chi-
qib, diafragmning aorta teshigi orqali quyosh chigaliga boradi. Ushbu qo‘shimcha
tolalarning borligi tufayli, adashgan nerv poyalarini kesib bajariladigan vagoto-
miya operatsiyalarida, qorin bo‘shlig‘i a’zolari funksiyasining odatdagi buzilishlari
yuz bermaydi.
Qizilo‘ngachning venalari uning devorlarida quyuq to‘r hosil qiladi, undan
venoz qon qizilo‘ngach venalari bo‘ylab toq va yarim toq venalarga (yuqori ka-
vak vena sistemasi) quyiladi. Pastda qizilo‘ngachning vena to‘ri oshqozon ve-
nalari orqali darvoza vena sistemasi bilan bog‘langan. Shu sababli darvoza vena
sistemasida qon aylanishi buzilganda qizilo‘ngachning vena to‘ri venoz qonning
oqib ketishi uchun kollateral (yonlama) yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. Bunday hollar-
da qizilo‘ngachning venalari kengayadi va devori yupqalashadi. Bunday shilliq
parda ostidagi venalar yorilganda to‘xtatish qiyin bo‘lgan qon ketishi sodir bo‘ladi.
Limfa qizilo‘ngachdan quyidagi yo‘llar bo‘ylab oqib ketadi:
1. Qizilo‘ngachning yuqori qismidan limfa, asosan, traxeya atrofidagi
(paratraxeal) limfa tugunlariga, undan tashqari umurtqa pog‘onasi oldidagi, chu-
qur bo‘yinturuq va traxeobronxeal limfa tugunlariga boradi.
2. Qizilo‘ngachning o‘rta qismidan limfa traxeya bifurkatsiyasi sohasidagi
va traxeobronxeal limfa tugunlariga, shuningdek, qizilo‘ngach va aorta oralig‘ida
220
joylashgan limfa tugunlariga boradi. Limfa tomirlarining bir qismi
qizilo‘ngachning o‘rta qismidan bevosita ko‘krak limfa yo‘liga quyiladi.
3. Qizilo‘ngachning pastki qismidan limfa diafragma orqali adashgan nerv-
lar bilan birga o‘tib, asosan, oshqozonning kardiya qismi atrofida va qorin ar-
teriya o‘zani ( truncus coeliacus) ning atrofida joylashgan limfa tugunlariga, qis-
man ko‘ks oralig‘i limfa tugunlariga oqadi (154-rasm).
Qizilo‘ngach limfa tomirlarining oshqozon va o‘pka limfa tomirlari bilan
qo‘shilganligi, ularning bevosita ko‘krak limfa yo‘liga quyiluvchi tomirlarining borli-
gi qizilo‘ngach rakida o‘pka, jigar, bo‘yin sohalariga metastazlanishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |