Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Yurakning qon bilan ta’minlanishi



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Yurakning qon bilan ta’minlanishi
Yurakni qon bilan ta’minlovchi ikkita manba tafovut etiladi. Bulardan bi-
rinchisi va asosiysi - ko‘tariluvchi aortaning boshlanish qismidagi kengaygan joy
- aorta so‘g‘onidan boshlanuvchi o‘ng va chap toj arteriyalaridir. Ikkala arteriya
epikard ostida, yog‘ to‘qimasiga o‘ralgan holda joylashadi.
O‘ng toj arteriya (acoronaria dextra) - diametri 2,5-3,5 mm, aortaning
o‘ng sinusidan, o‘ng yarimoysimon klapanning qirg‘og‘i ro‘parasida yoki bir oz
yuqorida (kam hollarda undan pastroqda) boshlanadi va yurakning o‘ng quloq-
chasi bilan qoplangan holda o‘ng bo‘lmacha bilan o‘pka arteriya o‘zanining
boshlanish qismi orasida (141-rasm), toj egatda yotadi va yurakning o‘ng tomoni-
ga yo‘naladi. Bu yerda arteriyadan o‘ng quloqcha, o‘ng bo‘lmacha hamda o‘ng
qorinchani ta’minlovchi 2-4 ta oldingi qorincha shoxlari (bularning eng yirigi
o‘ng qirg‘oq shoxi (rmarginalis dexter) deb ataladi) chiqadi. O‘ng toj arteriya


204
yurakning o‘ng tomonini aylanib, uning
pastki yuzasiga o‘tadi va orqa qorincha-
lararo egatchaga boradi. So‘ngra, aksar
hollarda, shu egat bo‘ylab orqa qorincha-
lararo tarmoq (rinterventricularis pos-
terior) ko‘rinishida deyarli yurakning
cho‘qqisigacha davom etadi yoki shu
egatning o‘rta va pastki bo‘limlari orasi-
da miokardning ichiga kirib ketadi. Bu
shoxdan orqa qorinchalararo hamda
qorinchalararo to‘siq orqa shoxchalari chiqadi.
O‘ng toj arteriya o‘ng bo‘lmacha va uning quloqchasi, o‘ng qorinchaning
orqa devori, chap qorincha orqa devorining chap qismi, bo‘lmachalararo to‘siq,
qorinchalararo to‘siqning orqaga yaqin bo‘lagi hamda o‘ng qorinchaning orqa
so‘rg‘ichsimon muskulini qon bilan ta’minlaydi.
Chap toj arteriya (acoronaria sinistra) - diametri 4-5 mm, uzunligi 8-16
mm ni tashkil etuvchi kalta tomir bo‘lib, aortaning chap sinusidan, ko‘pincha chap
yarimoysimon klapanning erkin qirg‘og‘i ro‘parasida boshlanadi va yurakning
chap quloqchasi bilan o‘pka arteriya o‘zani orasidan (ya’ni shu o‘zanning orqasi-
da) o‘tib, ikkita, kam hollarda esa uchta tarmoqqa bo‘linadi:
1) oldingi qorinchalararo tarmoq (rinterventricularis anterior) - diametri 3
mm li yirik shox bo‘lib, oldingi qorinchalararo egat bo‘ylab yurakning
cho‘qqisigacha boradi va ko‘p hollarda, uni o‘ngdan aylanib orqa qorinchalararo
egatga, yurakning pastki yuzasiga ham o‘tadi. Bu tarmoqdan o‘pka o‘zani va ko-
nusiga boruvchi shox (o‘ng toj arteriyaning xuddi shunday shoxi bilan anastomo-
zlashadi), chap va o‘ng qorinchalarning oldingi devorlariga 3-4 tadan shoxlar va
qorinchalararo to‘siqning oldingi 8-10 ta shoxlari chiqadi;
2) aylanib o‘tuvchi tarmoq (r. sircumflexus) - diametri 2,5-3 mm li shox
bo‘lib, chap toj arteriyaning toj egatdagi bevosita davomi hisoblanadi. U yurak-
ning chap tomonidan aylanib, uning orqasiga o‘tadi va ba’zan, orqa qorinchalara-
ro egatga borib, shu egat bo‘ylab yurakning diafragma yuzasiga boradi. Bu tar-
moqdan chap quloqcha va chap bo‘lmachaning oldingi va orqa shoxlari, hamda
chap qorincha-ning old-yon yuzasiga chap qirg‘oq arteriyasi (rmarginalis sinis-
ter) chiqadi.
3) diagonal tarmoq (rdiagonalis) - doimiy emas (60-92,5 foiz hollarda
uchraydi) va chap toj arteriyaning bo‘linish joyidan yoki uning yuqorida aytib
o‘tilgan tarmoqlarining biridan boshlanib, chap qorincha oldingi devorining late-
ral qismida tarmoqlanadi.
Chap toj arteriya chap bo‘lmacha va uning quloqchasini, chap qorinchaning
142-rasm. Yurakning arterial va
venoz teshiklarining ko‘krak old
devoridagi aks-tasvirlari.
1 - o‘pka arteriyasining teshigi; 2
- aorta teshigi; 3 - chap venoz
teshik; 4 - o‘ng venoz teshik.


205
oldingi devorini hamda orqa devorining kattagina qismi, chap oldingi
so‘rg‘ichsimon muskul, o‘ng qorincha oldingi devorining chap tomoni, qorincha-
lararo to‘siqning oldingi 2/3 qismini qon bilan ta’minlaydi.
Arteriyalarning shakli va joylashishidan tashqari, ularning har birining mi-
okardni qon bilan ta’minlashdagi salmog‘i katta amaliy ahamiyatga ega.Toj ar-
teriyalarining qay darajada taraqqiy etganligiga qarab yurakning qon bilan
ta’minlanishining uchta shakli farqlanadi: bab-barobar - ikkala toj arteriyaning
miokardda bir tekisda taqsimlanishi; chap toj hamda o‘ng toj shakllari — chap
yoki o‘ng toj arteriyalaridan birining tarmoqlanish hududi ikkinchisinikiga qaragan-
da kattaroq bo‘lganda.
Qorinchalarni tashkil etuvchi miokardni qon bilan ta’minlovchi oldingi qorin-
chalararo, chap aylanib o‘tuvchi hamda o‘ng toj arteriyalarning taqsimlanishiga
ko‘ra u 3 ta (segment) zonaga bo‘linadi, bular: o‘ng zona- o‘ng toj arteriya to-
monidan, oldingi—chap zona - oldingi qorinchalararo tarmoq hamda orqa-chap
zona - aylanib o‘tuvchi tarmoq tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi-chap zonada uni ta’minlovchi arteriyaga, boshqa zonalardagi ar-
teriyalarga qaraganda, ko‘proq miokard massasi to‘g‘ri keladi; shu sababli ushbu
arteriyada ateroskleroz jarayoni nisbatan ko‘proq uchraydi, miokard infarkti ham
ko‘pincha oldingi-chap zonada bo‘ladi.
Yurak tomirlaridagi anastomozlar ikki turli bo‘ladi:
- intrakardial anastomozlar;
- ekstrakardial anastomozlar.
Intrakardial anastomozlarga bitta toj arteriya shoxlari orasidagi, arterio-venoz
hamda yurakning uchta segmentar arteriyalari orasidagi toj tomirlararo anasto-
mozlar kiradi. Toj tomirlar orasidagi anastomozlar kalibri va topografiyasiga ko‘ra
turlicha bo‘lishi mumkin: anastomozlar, ko‘p hollarda, toj arteriyalarning o‘rta
kalibrdagi shoxlari orasida, kam hollarda, ularning yirik shoxlari orasida va ayrim
hollardagina bevosita toj arteriyalarining poyalari orasida uchraydi; aksar odam-
larda esa anastomozlar zaif rivojlangan bo‘lishi mumkin. Toj tomirlararo anasto-
mozlar epikard ostida (yuzada) va miokard ichida (chuqurda) bo‘lib, ular yurak
cho‘qqisi va qorinchalararo to‘siq sohasida ko‘p uchraydi.
Yurakni qon bilan ta’minlashda toj arteriyalardan tashqari bevosita aorta
ravog‘ining botiq yuzasidan chiquvchi shoxlar, bronxial, ko‘krak ichi, qizilo‘ngach
va ko‘ks oralig‘i arteriyalarining shoxlari ham ishtirok etadi. Bu shoxlarning kichik
tarmoqchalari (ekstrakardial shoxlar) yurakning asosidagi yirik tomirlarning
perikarddan tashqari qismlari atrofidagi periadventitsial kletchatkada joylashib,
ularga vasa vasorum vazifasini bajaradi. Yirik qon tomirlarning perikard ichidagi
qismlarini esa bo‘lmachalar devorini ta’minlovchi hamda bevosita toj arteriyalar-
dan chiqib keluvchi shoxchalar (diametri 0,2-0,5 mm) ta’minlaydi.
Ushbu shoxchalar bilan yuqoridagi ekstrakardial tomir tarmoqlari orasidagi
anastomozlar yurakning asosida, perikardning epikardga o‘tish joyidagi burma
bo‘ylab joylashadi. Mazkur ekstrakardial anastomozlar ham yurak ichidagi toj
tomirlararo anastomozlar kabi miokardning ishemiyasida kollateral yo‘l vazifasini
o‘taydi.
Yurakning devorida endokard ichi va endokard osti, miokard ichi, epikard


206
osti va epikard ichi vena turlari farqlanadi. Barcha turlardan vena qoni epikard
osti venalariga quyiladi. Epikard osti venalarining nomlanishi yurak arteriyalari-
dan o‘zgachadir. Ularning eng yiriklari toj vena sinusiga, ba’zilari esa bevosita
o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Yurakning katta venasi (vsordis magna) yurakning uchidan boshlanib, ol-
dingi qorinchalararo egatda, chap toj arteriyaning oldingi qorinchalararo tarmog‘i
bilan yonma-yon joylashadi hamda yuqoriga ko‘tarilib, chap tomonga buriladi va
yurakning orqa yuzasiga borgach, toq vena sinusiga davom etadi (141-rasm).
Yurakning o‘rta venasi (vcordis media) orqa qorinchalararo egatda o‘ng toj
arteriyaning qorinchalararo tarmog‘i bilan yonma-yon yotadi va toj sinusning o‘ng
tomoniga quyiladi.
Yurakning kichik venasi, vcordis parva - ingichka tarmoq bo‘lib, o‘ng toj
arteriya hamda uning aylanib o‘tuvchi tarmog‘i bilan birga yotadi. Bu vena yurak-
ning o‘rta venasiga yoki bevosita toj sinusga quyiladi.
Chap bo‘lmachaning qiyshiq venasi (voblique atrii sinistra) - chap
bo‘lmachaning orqa yuzasidagi kichkina vena bo‘lib, toj sinusning boshlanish
qismiga quyiladi.
Chap qorinchaning orqa venasi (vposterior ventriculi sinistri) bitta yoki
bir nechta tarmoq bo‘lib chap qorinchaning orqa yuzasida yotadi va odatda yurak-
ning katta venasiga quyiladi.
Toj sinus (sinus coronarius)  uzunligi 14-58 mm, diametri 5-14 mm bo‘lib,
yurakning orqa yuzasida, chap bo‘lmacha va chap qorincha orasidagi toj egatda joy-
lashgan. Bu qisqa va enli vena kanali bo‘lib, uning o‘ng oxiri o‘ng bo‘lmachadagi
pastki kavak vena bilan bo‘lmachalararo to‘siqning orasi (valvula sinus coronaries)
ga ochiladi.
Venoz qon, asosan, yuqorida aytib o‘tilgan toj vena sinusiga quyiluvchi ve-
nalar bo‘ylab yurakdan oqib ketadi. Bulardan tashqari venalarning bir qismi, yani
yurakning oldingi venalari (vvcordis anteriores), o‘ng qorinchaning oldingi yu-
zasi bo‘ylab o‘tib, bevosita o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Aytib o‘tilgan venalarning devorlarida muskul qavati yaxshi rivojlangan
bo‘lib, ularda qonni toj sinusi hamda o‘ng bo‘lmacha tomonga yo‘naltiruvchi kla-
panlar bo‘ladi. Bulardan farqli o‘laroq, qorinchalarning miokardida o‘zining
muskul qavatiga ega bo‘lmagan sinusoidlar ko‘rinishidagi venalar bo‘lib, vena
kapillarlari bilan bog‘langan.
Ularning teshiklari esa bevosita qorinchalar bo‘shlig‘iga, asosan,
so‘rg‘ichsimon muskullarga ochiladi. Bunday venalar Vessen-Tebeziy venalari
deb yuritiladi. Ushbu venalar endokard osti qavatlarida, hatto, arteriya va arteri-
olovenulyar anastomozlar bilan ham tutashadi.
Yurakning limfa sistemasi. Limfa endokard osti limfa to‘ridan miokard lim-
fa to‘riga, undan esa — epikard osti limfa to‘riga qarab oqadi. Epikard osti limfa
to‘riga intraepikardial limfa to‘ridan ham limfa oqib keladi. Limfa epikard osti
limfa to‘ridan 1, 2, 3 va nihoyat 4-tartibli olib ketuvchi limfa tomirlariga quyiladi.
4-tartibdagi olib ketuvchi limfa tomirlari yurakning oldingi va orqa yuzalarida
ikkitadan (o‘ng va chap) limfa kollektorlarini hosil qiladi. Bu limfa kollektorlari
yurakning uchidan boshlanib, oldingi va orqa qorinchalararo egatlarda yotadi.
Chap limfa kollektorlari yurakning asosi tomon yo‘nalib, o‘pka arteriya


207
o‘zanidan chaproqda, chap quloqchaning tagida asosiy (bosh) limfa kollektoriga
quyiladi. Asosiy limfa kollektori traxeya atrofidagi yoki bifurkatsiya limfa tugun-
larining birortasiga quyiladi.
O‘ng limfa kollektorlari ham yurakning asosi tomon yo‘nalib, toj egatning
o‘ng qismida o‘ng asosiy limfa kollektoriga quyiladi. Bu kollektor limfani ko‘ks
oralig‘i oldingi qismining yuqori va chapdagi limfa tugunlaridan biriga quyadi.
Yurakning innervatsiyasi.Yurak o‘zida simpatik, parasimpatik va sezuvchi
nerv tolalarini tutuvchi nerv chigallari tomonidan innervatsiyalanadi. Bu chigal-
lar topografiyasiga ko‘ra perikarddan tashqaridagi – ekstrakardial hamda perikard
tagidagi, bevosita yurak davorlaridagi - intrakardial bo‘limlarga ajratiladi (143-
rasm). Yurakdan tashqaridagi (ekstrakardial) nerv chigalini simpatik chegara
poyasining bo‘yindagi qismidan chiquvchi yuqori, o‘rta va pastki bo‘yin yurak
nervlari - (nncardiaci cervicalis superior medius et inferior) adashgan nervning
bo‘yin qismi va uning yuqori hiqildoq nervidan chiquvchi yuqori yurak shoxlari
(bu shoxlarning eng yuqorida joylashganini ndepressor cordis deb yuritiladi),
adashgan nervning pastki bo‘yin va ko‘ks oralig‘i qismlaridan hamda uning qay-
tuvchi hiqildoq nervlaridan chiquvchi pastki yurak shoxlari, shuningdek, diafrag-
ma nervlari va ba’zan, til osti nervi - nhypoglossus (ansa cervicalis- dan chiqu-
vchi shoxchalar) hosil qiladi. Ekstrakardial chigal joylashgan o‘rniga ko‘ra ikki
qismga ajratiladi:
- yuza (oldingi) yurak chigali (plexus cardiacus superfacialis) aorta ravog‘i
va uning shoxlarining oldingi yuzasida, aorta ravog‘i bilan o‘pka o‘zani bifur-
katsiyasi oralig‘ida (chap o‘pka ildizidan oldinda) joylashgan;
-chuqur (orqa) yurak chigali (plexus cardiacus profundus) traxeya pastki
qismining oldingi yuzasida, aorta bilan traxeya bifurkatsiyasi orasida (o‘ng o‘pka
ildizidan oldinda) joylashgan.
Har ikkala nerv chigallaridan perikard, yurak, o‘pkalar va yurakning yirik
tomirlariga shoxlar boradi. Bulardan yurakka boruvchi tolalar intrakardial nerv
chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
Intrakardial chigal tarkibiga yuqorida aytib o‘tilgan nerv tolalaridan tashqari,
yana yurak devorida joylashgan yurak nerv tugunlari (ganglia cardiaca) ham kiradi.
Intrakardial chigalning epikard ostidagi qismi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan
ayrim-ayrim chigallardan iborat.
Shunga ko‘ra 6 ta subepikardial nerv chigali farq qilinadi (V.P.Vorobev):
oldingi o‘ng va chap chigallar - qorinchalarning oldingi devorida; orqa o‘ng chi-
gal - o‘ng bo‘lmacha orqasida; orqa chap chigal - chap bo‘lmachaning yon devor-
ida; bo‘lmachalarning oldingi chigali - bo‘lmachalarning oldingi devorida; chap
bo‘lmachaning orqa chigali (Galler sinusi chigali) – o‘pka venalari quyilish joy-
lari orasida joylashgan.
Simpatik tolalar bo‘ylab yurakning qisqarish ritmini tezlashtiruvchi, toj arteriya-
larni kengaytiruvchi impulslar, parasimpatik (adashgan nerv) tolalar bo‘ylab esa yurak
ritmini sekinlashtiruvchi va toj arteriyalarni toraytiruvchi impulslar tarqaladi.
Adashgan nervning tarmoqlari bo‘ylab epikard, endokard, yirik toj tomirlari
hamda miokardning kamroq qismidan sezuvchi nerv impulslari bosh miyadagi
markazlarga boradi.
Miokardning ko‘p qismidan hamda toj arteriyalarining mayda shoxchalari-


208
143-rasm. Yurakning innervatsiyasi.
A (yurakni innervatsiyalovchi manbalar va aorta-yurak chigali):
1 -
a

carotis
interna
va shu nomdagi chigal; 2–
n

glossopharyngeus
; 3–
n
.
hypoglossus
; 4–
n

accessorius
; 5–I bo‘yin umurtqasi; 6–
n

laryngeus
reccurens
; 7–
ganglion
cervicale
medium
trunci
sympathici
; 8–
a

vertebralis
;
9–
plexus
brachialis
; 10–
n

vertebralis
; 11–
n

cardiacus
medius
; 12–
ganglion
stellatum
; 13–
nn
.
cardiaci
inferioris
; 14–
a
., 
v

et
n

intercostalis
; 15, 25–
n
.
vagus
; 16–
n

laryngeus
reccurens
sinister
; 17–
rami
cardiaci
inferiors
; 18–
a

coronaria
ventriculi
dextra
; 19–aorta-yurak chigali; 20–
ramus
cardiacus
superior
; 21–qalqonsimon bez; 22–
n

cardiacus
superior
; 23–
plexus
pharyngeus
; 24–
ganglion
cervicale
superius
trunci
sympathici
.
B (yurakning innervatsiyasida sayyor va qaytuvchi nervlarning ishtirok
etishi): 1, 6–I qovurg‘a va 
m

scalenus
anterior
; 2–
n

vagus
dexter
; 3–
gl
.
thyreoidea
; 4–
rami
cardiaci
superiores
; 5–
n

laryngeus
dexter
; 7–
n

vagus
sinister
; 8–
n

laryngeus
reccurens
sinist
e
r
; 9–
rami
cardiaci
inferior
e
s
;
10–
lig

arteriosum
; 11–
truncus
pulmonalis
; 12–
ganglion
cardiacum
; 13–
auricula
dextra
.
dan boruvchi sezuvchi impulslar yurak nervlari bo‘ylab simpatik nerv poyasining
pastki bo‘yin va yuqori ko‘krak (yoki yulduzsimon) tugunlariga, ulardan bog‘lovchi
shoxlar (rr. communicantes) tarkibida pastki bo‘yin yuqorigi ko‘krak orqamiya
tugunlariga boradi. Ma’lumki, orqa miyaning ushbu segmentlari bo‘yin hamda
qo‘lni innervatsiya qiladi (yelka chigali).


209
Yurakning ishemik kasalligida (stenokardiya, miokard infarkti) miokard va
toj arteriyalardagi sezuvchi (og‘riq) nerv oxirlarining ta’sirlanishi natijasida im-
puls afferent simpatik tolalar orqali ko‘pincha chapdagi va yuqorigi ko‘krak orqa-
miya tugunlariga, undan og‘riq bo‘yinning chap tomoni va chap qo‘lga uzatiladi
(og‘riq irradiatsiyasi).
Yurakning barcha sezuvchi nerv tolalari ekstrakardial nerv chigallari orqali o‘tadi.
Shu boisdan, yurakda bajariladigan operatsiyalarda va ishemik kasallikda yurak asosi-
dagi tomirlar joylashgan kletchatkaga novokain yuborib, blokada qilinadi.
Yurakni innervatsiyalovchi simpatik va parasimpatik (adashgan) nervlar bir-
biri bilan o‘zaro qo‘shilib ketgan, buning natijasida yuqorida aytib o‘tilgan yurak
chigallari hosil bo‘ladi. Biroq, yuqorida, ya’ni bo‘yinda ular orasidagi anasto-
mozlar kam.Chunonchi, adashgan nerv va uning shoxlari uchta yuqorigi bo‘yin
umurtqalari sohasida joylashgan bo‘yinning yuqori nerv tuzilmalari majmuasi tarki-
biga kiradi. Yurak simpatik nervlari esa, asosan, VI-VII bo‘yin va I ko‘krak
umurtqalari sathida yotuvchi bo‘yinning pastki nerv tuzilmalari majmuasi tarki-
bida joylashgan.
Bo‘yinning yuqorigi nerv majmuasi uning asosiy tomir-nerv tutami g‘ilofi
ichida, sinokarotid zona bilan bitta kletchatka bo‘shlig‘ida joylashadi. Pastki nerv
majmuasi narvon-umurtqa uchburchagi kletchatkasida joylashgan bo‘lib, adash-
gan nerv va uning shoxlaridan umurtqa oldi fassiyasi vositasida ajralib turadi.
Shu sababli, bu yerda, simpatik va parasimpatik yurak nervlari orasida o‘zaro
bog‘lanishlar ancha kam uchraydi. Bu esa, o‘z navbatida, ularni deyarli alohida-
alohida blokada qilish uchun imkon beradi. Jumladan, yurakning ishemik kasal-
ligida (miokard infarktida) yuqorigi bo‘yin nervlari majmuasini novokain bilan
blokada qilish, parasimpatik impulslarni tanlab to‘xtatish natijasida, toj arteriy-
alari bo‘ylab qon aylanishini hamda yurakning qisqarishini yaxshilaydi, pastki
bo‘yin nervlarini blokada qilish esa bunga teskari ta’sir ko‘rsatadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish