Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

talis); 2) pastki (diafragmaga qaragan) yuzasi (facies diaphragmatica); 3) orqa
140-rasm. Yurakning
chegaralari va
bo‘limlarining ko‘krak
devoridagi aks-tasviri.
1-
a
.
c a r o t i s
communis
s i n i s t r a
; 2-
v

j u g u l a r i s
interna
sinistra
; 3-
a

et
v
.
s u b c l a v i a
s i n i s t r a
; 4-
v
.
brachiocephalica
sinistra
; 5-
a r c u s
a o r t a e
; 6-
a
.
p u l m o n a l i s
; 7-
a u r i c u l a
s i n i s t r a
; 8-
v e n t r i c u l u s
sinister
; 9-
apex
cordis
; 10 -
v

cava
superior
; 11 - 
v
.
brachiocephalica
dextra
.


201
(umurtqa yoki o‘pka) yuzasi, ( facies vertebralis s.pulmonalis).
Yurakning oldingi yuzasi asosan o‘ng qorinchaning oldingi devoridan tash-
kil topgan bo‘lib, uning chap tomondagi kichik qismigina chap qorinchadan ibo-
rat (140-rasm).
Yuqorida va o‘ng tomonda yurakning oldingi yuzasi o‘ng bo‘lmachaning
oldingi devori va yuqori kavak venadan hamda yurakning o‘ng quloqchasidan
tuzilgan. Yuqori va chap tomonda yurakning oldingi yuzasini o‘pka arteriya poya-
sini old tomondan bekitib turuvchi yurakning chap quloqchasi hosil qiladi. Yurak-
ning oldingi yuzasiga quyidagi yirik tomirlarning boshlanish qismlari ham kiradi;
141-rasm. Yurakning qon tomirlari.
a- oldindan ko‘rinishi.
1-aorta ravog‘i; 2-perikardning aortadagi
o‘tish chizig‘i; 3-chap o‘pka arteriyasi; 4-
perikardning chap o‘pka arteriyasidagi
o‘tish chizig‘i; 5-ko‘tariluvchi aorta; 6-
yurak chap quloqchasi; 7-chap toj
arteriyaning oldingi tushuvchi shoxi; 8-
yurakning katta venasi; 9 - chap va o‘ng
toj arteriyalari hamda yurakning kichik
va katta venalari orasidagi anastomozlar;
10 - chap toj arteriyasining chekka shoxi;
11, 12 - o‘ng qorincha arteriyalari va
yurakning kichik venalari; 13 - o‘ng toj
arteriyasi; 14, 15 - o‘ng qorinchaning
arteriyalari va yurakning oldingi venalari;
16 - yuqori kavak vena.
b - orqadan ko‘rinishi.
1-aorta ravog‘i; 2-perikardning aortadagi
o‘tish chizig‘i; 3-yuqori kavak vena; 4-
perikardning yuqori kavak venadagi
o‘tish chizig‘i; 5-o‘ng o‘pka arteriyasi; 6-
o‘ng o‘pka venalari; 7-o‘ng bo‘lmacha; 8-
pastki kavak vena; 9-yurakning kichik
venasi va o‘ng toj arteriyasi; 10-o‘ng
qorincha arteriyasi va venasi; 11-
yurakning o‘rta venasi va o‘ng toj
arteriyaning tushuvchi shoxi; 12-o‘ng
qorinchaning venasi; 13-chap qorincha;
14-chap qorinchaning arteriyasi va
venasi; 15-chap qorinchaning orqa
arteriyasi va venasi; 16-toj sinusi; 17-
chap bo‘lmacha; 18-yurakning chap
quloqchasi; 19-chap o‘pka venalari; 20-
chap o‘pka arteriyasi.


202
chunonchi, o‘ngda va biroz orqaroqda yuqori kavak vena, undan oldinroqda va
chapda ko‘tariluvchi aorta, yana chaproqda o‘pka arteriya o‘zani joylashadi (140
va 132-rasmlar).
Yurakning oldingi yuzasida 2 ta egat bor:
1) toj egat (sulcus coronarius) ko‘ndalangiga yo‘nalgan bo‘lib, yurakning
asosi yaqinida, o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha orasidagi chegarada joylashgan.
Toj egat bo‘ylab epikard osti kletchatkasida yurakning o‘ng toj arteriyasi joylash-
gan (132 va 141-rasmlar);
2) oldingi qorinchalararo egat (sulcus interventricularis anterior) o‘ng va chap
qorinchani bir-biridan ajratib turuvchi qorinchalararo to‘siq (septum interventricu-
lare) ga to‘g‘ri keladi va yurakning oldingi yuzasini ikkita bo‘lakka bo‘ladi, bular:
a) kattaroq – o‘ng qorinchaning oldingi devoridan iborat bo‘lgan o‘ng bo‘lak;
b) nisbatan kichikroq – chap qorinchaning oldingi devoridan iborat chap bo‘lak.
Oldingi qorinchalararo egat bo‘ylab chap toj arteriyaning oldingi qorincha-
lararo tarmog‘i (r.interventricularis anterior a.coronaria sinistra) va yurakning
katta venasi (v.cordis magna) o‘tadi.
Yurakning oldingi yuzasi perikard orqali qisman to‘sh suyagi hamda chap-
dagi III-V qovurg‘a tog‘aylariga, kattagina qismi esa ko‘ks oralig‘i plevrasi va
oldingi qovurg‘a-ko‘ks oralig‘i sinuslariga tegib turadi.
Yurakning pastki (diafragmaga qaragan) yuzasi (facies diaphragmatica), asosan
yurakning chap qorinchasidan, qisman – o‘ng qorinchadan (ventriculus dexter) va
o‘ng bo‘lmacha (atrium dextrum) ning kichikroq bo‘lagidan hosil bo‘ladi.
Yurakning pastki yuzasidagi toj egatda o‘ng toj arteriyasi (a.coronaria dex-
tra), chap toj arteriyasining aylanib o‘tuvchi tarmog‘i ( r.circumflexus a.coronaria
sinistra), toj sinus (sinus coronarius) va yurakning kichik venasi (v.ordis parva)
joylashadi. Orqa qorinchalararo egat bo‘ylab esa o‘ng toj arteriyaning orqa qorin-
chalararo tarmog‘i (r.interventrularis posterior a.coronaria dextra) va yurakning
o‘rta venasi (v.cordis media) o‘tadi.
Yurakning pastki yuzasi diafragmada yotadi va u orqali jigarning chap bo‘lagi,
oshqozon va ba’zan, chambar ichakning taloq egriligiga yondoshadi.
Yurakning orqa yuzasi chap bo‘lmachaning orqa devori hamda VII-IX
ko‘krak umurtqalariga mos keluvchi o‘ng bo‘lmacha va chap qorincha devori-
ning bir qismidan tashkil topgan.
Umurtqa pog‘onasi bilan chap bo‘lmachaning perikard qoplamagan orqa
devori oralig‘ida qizilo‘ngach, undan chaproqda va orqaroqda ko‘krak aortasi joy-
lashadi. O‘ng bo‘lmachaning orqa yuzasi bo‘ylab o‘ngdan chapga tomon ikkala
o‘ng o‘pka venalari o‘tadi va chap bo‘lmachaga quyiladi. Bunda venalar epikard
orqali bo‘lmacha devoridan ajralib turadi.
Chap o‘pka venalar (vv.pulmonales sinistra), chap o‘pkaning ildizidan chi-
qib, ko‘krak aortasining old tomonidan o‘tadi va chap bo‘lmachaga quyiladi.
Bo‘lmachalar kavak venalar va o‘ng o‘pka venalari orasidan o‘tuvchi
bo‘lmachalararo egat orqali bir-biridan ajralib turadi. Yurakning cho‘qqisi, asos-
an, chap qorinchadan hosil bo‘ladi. Old va o‘ng tomonlardan yurak cho‘qqisining
hosil bo‘lishida o‘ng qorincha va qorinchalararo to‘siq ishtirok etadi.
Yurak skeletotopiyasi. Yurakning o‘ngdagi chegarasini yuqori kavak venan-
ing o‘ng yuzasi va o‘ng bo‘lmachaning yon tomoni hosil qiladi. O‘ng chegarani


203
aniqlash uchun o‘ngdagi II qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikish joyidan
III qovurg‘a tog‘ayining tepasiga, to‘sh suyagining o‘ng qirg‘og‘idan tashqariga
1-1,5 sm masofada chiziq o‘tkaziladi. Keyin bu chiziqni yoy shaklida III dan V
qovurg‘agacha (to‘sh suyagining o‘ng tomonidan 1-2 sm masofada) davom etti-
riladi; bu yoyga o‘ng bo‘lmachaning yon tomoni mos keladi. O‘ng chegara V
qovurg‘agacha davom etib, pastki chegaraga o‘tadi (140-rasmga qarang).
Yurakning pastki chegarasi o‘ng qorincha va qisman, chap qorinchadan tash-
kil topgan bo‘lib, qiyshiq chiziq shaklida pastga va chapga yo‘naladi; o‘z yo‘lida
xanjarsimon o‘siq (processus xiphoideus) asosining tepasida to‘sh suyagini kesib
o‘tib, chapdagi V qovurg‘a oralig‘iga boradi.
Yurakning chap chegarasini aorta ravog‘i, o‘pka arteriya o‘zani, yurakning
chap quloqchasi ( auricula cordis sinistra) va chap qorinchasi (ventriculus sinis-
ter) hosil qiladi.
Chap chegara - linea sternalis sinistradan 2 sm chaproqda – I chap
qovurg‘aning to‘sh suyagiga birikish joyidan II qovurg‘aning yuqori tomonigacha
(bu chiziq aorta ravog‘ining ko‘krak oldingi devoridagi aks-tasviriga mos kela-
di), keyin to‘sh suyagining chap qirg‘og‘idan 2-2,5 sm tashqarida, II qovurg‘a
oralig‘ida o‘tkaziladi (bu o‘pka arteriya o‘zani aks-tasviriga mos keladi). Chap
chegaraning davomi yurakning chap quloqchasiga to‘g‘ri keladi va III qovurg‘a
orqali o‘tadi. Chap chegaraning qolgan qismi linea sternalis sinistradan chapga
2-2,5 sm masofada III qovurg‘aning pastki tomonidan tashqariga qaragan yoy
shaklida (bu chap qorinchaning chap yoniga mos keladi) V qovurg‘a oralig‘igacha
linea medioclavicularis sinistra-dan 1,5-2 sm ichkaridagi nuqtaga davom etadi
(bu yerga yurak cho‘qqisi akslanadi).
O‘ng atrioventrikular teshik va unda joylashgan uch tabaqali klapanning
ko‘krak devoriga aks-tasviri to‘sh suyagining o‘ng yarmida V qovurg‘aning to‘sh
suyak tomoni oxirisini I chap qovurg‘a tog‘ayining boshlanish nuqtasi bilan tu-
tashtiruvchi chiziq bo‘ylab aniqlanadi (142-rasm).
Chap atrioventrikulyar teshik va ikki tabaqali (mitral) klapanning aks-tas-
viri to‘sh suyagining chap qirg‘og‘i yonida, III qovurg‘a oralig‘ida joylashgan.
Aorta teshigi va unda joylashgan yarimoysimon klapanlarning aks-tasviri III
qovurg‘a oralig‘i sohasida, to‘sh suyagi chap qirg‘og‘ining orqasida joylashadi.
O‘pka arteriya o‘zanining yarimoysimon klapanlari III qovurg‘a tog‘ayi to‘sh
suyagining chap tomoniga birikish joyiga akslanadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish