£он томирлар тизимининг умумий анатомияси



Download 458,5 Kb.
bet1/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3


Qon tomirlar tizimi haqidagi ilm-angiologiya


Qon tomirlar tizimining umumiy anatomiyasi

Tomirlar tizimi organizmda muhim vazifani bajaradi. Ularning ichida suyuqlik (qon, limfa) oqadi. Bu suyuqlik hujayra, to‘qimalar hayoti uchun kerak bo‘lgan ozuqa moddalar va kislorodni (arteriyalar) yetkazib beradi, ulardan organizm uchun keraksiz moddalarni ekskretor a’zolarga (venalar) olib borib tashqariga chiqaradi. Tomirlar ichidagi suyuqlik tarkibiga qarab ikki qismga: qon tomirlar va limfa tomirlarga bo’linadi. Qon tomirlar teri va shilliq pardalar epiteyida, sochlarda, ko‘z olmasining shox pardasida va bo‘g‘imlar tog‘ayida bo‘lmaydi.

Qon tomirlar tizimida qon oqadi. Bu tizimga arteriyalar, venalar, mikrotsirkulyator tizim va yurak kiradi. Bu tizim organizmda modda almashinuvini ta’minlaydi. Qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi yurak hisoblabadi. U ritmik ravishda qonni harakatga keltiradi. Yurakdan boshlanib organizmga tarqaladigan tomirlar arteriyalar deb ataladi. Bu nomni birinchi bo‘lib eramizdan oldingi uchinchi asrda yashagan Gippokrat bergan bo‘lib (aer-havo, tereo-saqlayman) degan ma’noni bildiradi.

Hujayra va to‘qimalardan qonni yurakka olib keluvchi tomirlar venalar deyiladi. Arteriya va venalar o‘rtasidagi mikrotsirkulyator qism: arteriola, prekapillyar, kapillyar, postkapillyar va venulalardan iborat. Odam tanasida ikkita (katta va kichik) qon aylanish doirasi tafovut qilinadi. Kichik (o‘pka) qon aylanish doirasi o‘pkada qonni kislorod bilan boyitish uchun xizmat qiladi. U o‘ng qorinchadan o‘pka poyasi bo‘lib boshlanib o‘pkaga yetib kelib o‘ng va chap o‘pka arteriyasiga bo‘linadi va alveolalarni o‘rab karbonat angidridni alveolaga berib, kislorodni qabul qiladi. Kislorodga to‘yingan qon 4 ta o‘pka venalari orqali chap bo‘lmachaga quyiladi.

Katta qon aylanish doirasi chap qorinchadan aorta bo‘lib boshlanadi. Aortadan chiqqan arteriyalar a’zolar va to‘qimalarga tarqaladi. To‘qimalar, a’zolardan chiqqan venalar o‘zaro qo‘shilib ikkita yirik: yuqorigi va pastki kavak venalarni hosil qilib o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.


Bundan tashqari uchinchi (yurak) qon aylanish doirasi yurakning o‘zini qon bilan ta’minlaydi. U aortadan chiqadigan yurakning toj arteriyalari bo‘lib boshlanib, yurak venalari bo‘lib tugaydi. Yurak venalari vena sinusini hosil qilib o‘ng bo‘lmachaga ochiladi.
Arteriya va venalarning o‘rtasida mikrotsirkulyator tizim joylashgan bo‘lib, qon bilan to‘qima o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Bu tizim arterioladan boshlanadi. Uning tarkibiga prekapillyar, kapillyar va postkapillyar kirib venullaga o‘tib ketadi.
Qon tomirlar tizimining filogenezi
Past tabaqali hayvonlarda yurak bo‘lmasdan, ularda qon tomirlarning qisqarishi hisobiga harakat qiladi. Umurtqali hayvonlarda yurak urib turuvchi a’zo sifatida paydo bo‘ladi va filogenez bo‘ylab murakkablashib boradi. Baliqlarning yuragi ikki kamerali bo‘lib, qon qabul qiluvchi bo‘lmacha va haydovchi qorinchadan iborat. Yurakdan vena qoni oqib o‘tib, jabra arteriyalari vositasida baliq jabralariga boradi va u yerda kislorod bilan to‘yinadi.
Amfibiyalar quruqlikka chiqishi munosabati bilan ularda jabralar bilan birga o‘pka vujudga keladi. Shu sababli yurak bo‘lmachasi to‘siq vositasida ikki bo‘lakka bo‘linib uch kamerali yurak paydo bo‘ladi. Oxirgi jabra arteriyasidan o‘pka arteriyasi paydo bo‘lib, qonni yurakdan o‘pkaga olib borib gaz almashinuvini ta’minlaydi.
Reptiliyalarda o‘pka bilan nafas olish paydo bo‘lganidan keyin ikkita qon aylanish doirasi vujudga keladi. Ularning yuragida qorinchalar to‘liq bo‘lmagan to‘siq vositasida ikki bo‘lakka bo‘linadi.

Yurakning taraqqiyoti


Pusht taraqqiyotining taxminan 17 kunida bo‘yin sohasida yurakning juft kurtaklari ikkita endokardial qopchalar shaklida paydo bo‘ladi. Visseral mezodermadan mioepikardial qatlam hosil bo‘lib, endokardial qopchalarni o‘raydi va yurak qopchalari hosil bo‘ladi. 3-haftalik pushtda yurak kurtaklari birikib ikki qavatli yurak nayini hosil qiladi. Yurak nayining endokardial qavatidan keyinchalik endokard, mioepikardial qavatidan epikard va miokard rivojlanadi. Yurak nayi rivojlanayotgan qon tomirlar bilan qo‘shiladi. Uning orqa qismi-vena sinusiga ikkita kindik venasi va tuxum sarig‘i venasi qo‘shiladi. Uning oldingi qismidan esa ikkita birlamchi aorta chiqadi. Yurak nayi bir tekis o‘smaydi. Uning o‘rta qismi tez o‘sgani uchun u S shaklini oladi. Yurak nayining pastki uchi yuqoriga va orqaga, yuqori uchi pastga va oldinga aylanadi. S-simon yurakning arteriya va vena qismlari tez o‘sadi. Ular o‘rtasida toraygan joy paydo bo‘lib, ikkala qismi tor kanal vositasida o‘zaro qo‘shiladi. Shu davrda umumiy bo‘lmacha bo‘lgan vena qismidan ikkita o‘simta bo‘lajak yurak quloqlari paydo bo‘lib, arteriya poyasini o‘rab oladi. Yurakning arteriya qismini ikkala tizzasi bir-biri bilan qo‘shilib umumiy qorincha hosil bo‘ladi. Homila hayotining 4-haftasida umumiy bo‘lmachaning ichki yuzasida burma hosil bo‘ladi. Bu burma pastga qarab o‘sib 5-hafta boshlarida umumiy bo‘lmachani ikkiga bo‘luvchi to‘siqqa aylanadi. To‘siqda oval teshik qolib undan qon o‘ng bo‘lmachadan chapiga o‘tadi. 5-haftaning oxirida umumiy qorinchada pastdan yuqoriga qarab o‘suvchi to‘siq hosil bo‘lib, umumiy qorinchani o‘ng va chapga ajratadi. Umumiy arteriya poyasi ham ikki qismga: aorta hamda o‘pka poyasiga bo‘linadi va to‘rt kamerali yurak hosil bo‘ladi. Vena sinusi torayadi va kengaygan chap umumiy kardinal vena bilan birgalikda yurakning toj sinusiga aylanib o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Yurak
Yurak (cor) mushakdan tuzilgan (101-rasm) qon aylanish tizimining markaziy a’zosi. U ko‘krak qafasida oldingi ko‘ks oralig‘ining pastki qismida joylashib, konussimon shaklga ega. Yurakning bo‘ylama o‘qi qiyshiq bo‘lib, orqadan oldinga, yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga yo‘nalgan bo‘ladi. Uning toraygan uchi (apex cordis) chapga, pastga va oldinga, keng asosi (basis cordis) yuqoriga va orqaga qaragan. Yurakning oldingi to‘sh-qovurg‘a yuzasi (facies sternocostalis) qavariq bo‘lib to‘sh va qovurg‘aning orqa yuzasiga qaragan. Pastki diafragma yuzasi (facies diaphragmatica) diafragmani pay markaziga tegib turadi. Yurakning yon yuzalari opkaga qaragan bo‘lib, ong va chap opka yuzalari (facies pulmonalis dextra et sinistra) deb ataladi.Yurakning o‘rtacha og‘irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 10-15 sm, ko‘ndalang o‘lchami 9-11 sm, oldingi-orqa o‘lchami 6-8 sm bo‘ladi.
Yurak yuzasida bo‘lmacha va qorinchalar o‘rtasida chegara bo‘lib tojsimon arteriya egati (sulcus coronarius) o‘tadi. Yuraknng to‘sh-qovurg‘a yuzasida qorinchalar o‘rtasidagi oldingi egat (sulcus interventricularis anterior), pastki yuzasida qorinchalar o‘rtasidagi orqa egat (sulcus interventricularis posterior) yotadi. Bu ikkala egat yurakning uchida o‘yma (incisura apicis cordis) hosil qilib qo‘shiladi.
Yurak 4 kameradan iborat. Unda o‘ng, chap bo‘lmacha va ong, chap qorincha tafovut qilinadi. Bo‘lmachalar venalardan qonni qabul qilib olsa, qorinchalar qonni haydab chiqaradi. Yurakning o‘ng bo‘lagida vena qoni, chap bo‘lagida arteriya qoni oqadi. Bo‘lmachalar qorinchalar bilan o‘zaro tabaqali klapani bo‘lgan o‘ng va chap bo‘lmacha-qorinchalararo tirqish orqali qo‘shilib turadi.

Yurak kameralari


O‘ng bo‘lmacha (atrium dextrum) kub shaklida bo‘lib, chap bo‘lmachadan bo‘lmachalararo to‘siq (septum interatriale) vositasida ajrab turadi. To‘so‘qda bitib ketgan oval teshik qoldig‘i bo‘lgan oval chuqurcha (fossa ovalis) yaqqol ko‘rinadi. O‘ng bo‘lmacha hajmi ancha katta bo‘lib o‘ng quloqcha (auricula dextra) bo‘shlig‘i hisobiga kattalashadi. Bo‘lmacha devorining qalinligi 2-3 mm bo‘lib, ichki yuzasi silliq. Quloqchaning ichki yuzasida taraqsimon mushak (mm. pectinati) tutamlari bo‘ladi. O‘ng bo‘lmacha devorida yuqorigi kovak vena teshigi (ostium venae cavae superioris) va pastki kovak vena teshigi (ostium venae cavae inferioris), o‘rtasida kichkina do‘ng (tuberculum intervenosum) bor. Pastki kovak vena teshigining pastki qirrasi bo‘ylab yarimoysimon burma (valvula venae cavae inferioris) joylashgan. Bu burma homila davrida qonni o‘ng bo‘lmachadan oval teshik orqali chap bo‘lmachaga yo‘naltiradi. Bo‘lmacha qorincha bilan (ostium atrioventricularae dextrum) orqali qo‘shilib turadi. Pastki kovak vena teshigi bilan bo‘lmacha-qorinchaaro tirqish o‘rtasida tojsimon sinus (sinus coronarius) teshigi ochiladi.


Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish