2. Suyaklararo umumiy arteriya (a. interossea communis) qisqa poya bo‘lib oldingi va orqa suyaklararo arteriyalarga bo‘linadi. Oldingi suyaklararo arteriya (a. interossea anterior) suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo‘ylab yo‘nalib, kvadrat pronatorning yuqori chekkasigacha borib oldingi kaft usti to‘riga qo‘shiladi. Uning tarmoqlari suyaklararo pardani teshib o‘tib, orqa kaft usti to‘riga qo‘shiladi. Bu arteriyaning tarmoqlari bilak, tirsak suyaklari va mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Orqa suyaklararo arteriya (a. interossea posterior) suyaklararo pardani teshib o‘tib, bilakning yozuvchi mushaklari o‘rtasidan pastga tushadi va ularni qon bilan ta’minlab orqa kaft usti to‘rini (rete carpi dorsale) hosil qilishda ishtirok etadi. Orqa suyaklararo arteriyadan chiqqan orqaga qaytuvchi suyaklararo arteriya (a. recurrens interossea) yuqoriga ko‘tarilib o‘rta yonlama arteriya bilan anastomozlashadi. Yuqoridagi orqaga qaytuvchi arteriyalarning barchasi tirsak bo‘g‘imi atrofida arterial to‘r hosil qilishda ishtirok etadi 3. kaft ustining kaft tarmog‘i (r. carpeus palmaris) bilak arteriyasining shu nomli shoxi va oldingi suyaklararo arteriya shoxlari bilan birga rete carpi palmare ni hosil qilib, kaft usti suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imlarni qon bilan ta’minlaydi. 4. kaft ustining orqa arteriyasi (r.carpeus dorsalis) bilak arteriyasining shu nomli shoxi, oldingi va orqa suyaklararo arteriyalarning shoxlari bilan birga rete carpi dorsale n
109-rasm. Bilak arteriyalari chizmasi.
1-a.brachialis; 2-a.recurrens ulnaris; 3-a.interossea communis;
4-a.ulnaris; 5-a.interossea anterior; 6-rr.carpeus palmaris; 7-rete carpi palmare; 8-arcus palmaris superficialis; 9-a.digitalis palmaris communis; 10-r.palmaris superficialis a.radialis; 11-r.muscularis;
12-a.interossea posterior; 13-a. interossea recurrens; 14-a.recurrens radialis; 15-a.radialis.
i hosil qiladi. 5. Kaftning chuqur arteriyasi (a. palmaris
profundus) tirsak arteriyasidan noxotsimon suyak yonida boshlanib,
kichik barmoq tepaligi mushaklarini va ular ustidagi terini qon bilan ta’minlaydi, uchi esa bilak arteriyasi bilan qoshilib, chuqur kaft ravog ini hosil qiladi.
Tirsak arteriyasi bola hayotining birinchi besh yilida bilak arteriyasiga nisbatan tez o‘sadi.
Qo‘l panjasida bilak va tirsak arteriyalarining tarmoqlaridan hosil bo‘lgan to‘r va ravoqlardan chiqqan arteriyalar joylashgan.
1.Kaft ustining orqa to‘ridan (rete carpi dorsalis) 3-4 aa. metacarpeae dorsalås lar chiqib suyaklararo mushaklar bo‘ylab pastga tushadi. Ular barmoqlar asosida har biri ikkitadan aa. digitales dorsales ga bo‘linib, II-IV barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalari bo‘ylab tirnoq falangalari asosigacha boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |