108-rasm. Qo‘ltiq osti va elka arteriyasi tarmoqlarining chizmasi.
1-a.axillaries; 2-a.thoracica lateralis; 3-a.subscapularis; 4-a.profunda brachii; 5-a.collateralis ulnaris superior; 6-a.collateralis ulnaris inferior; 7-a.brachialis; 8-a.ulnaris; 9-a.radialis; 10-a.collateralis media; 11-a. collateralis radialis; 12-a.circumflexa posterior humeri; 13-a.circumflexa anterior humeri; 14-a.thoracoacromialis.
3.Tirsak tomondagi yuqorigi yonlama arteriya (a. collateralis ulnaris superior) yelkaning o‘rta qismidan boshlanib tirsak nervi bilan medial orqa tirsak egatidan o‘tib orqaga qaytuvchi tirsak arteriyasini (a. recurrens ulnaris) orqa shoxi bilan anastomozlashadi.
4. Tirsak tomondagi pastki yonlama arteriya (a. collaterflis ulnaris inferior) yelka suyagining medial o‘simtasi sohasidan boshlanadi. Yelka mushagining oldingi yuzasida medial tomonga yo‘nalib orqaga qaytuvchi tirsak arteriyasining oldingi shoxi bilan anastomozlashadi. Bu yonlama arteriyalarning barchasi tirsak bo‘g‘imi atrofida arterial to‘r hosil qilishda ishtirok etadi. Ular shu bo‘g‘imni, uning atrofidagi mushaklar va terini qon bilan ta’minlaydi.
Bilak va qo‘l panjasi arteriyalari
Bilak arteriyasi (a. radialis) (109-rasm) yelka arteriyasining bevosita davomi bo‘lib, yumaloq pronator va yelka-bilak mushaklari o‘rtasidan pastga yo‘naladi. Bilakning pastki qismida fassiya va teri ostida joylashgan bo‘lib, bu sohada pulsni aniqlanadi. Bilakning pastki qismida arteriya bilak suyagi bigizsimon o‘simtasini aylanib qo‘l kaftining orqa tomoniga o‘tadi. Keyin u birinchi kaft suyagi oralig‘i orqali bosh barmoqni aylanib yana kaftga qaytadi. Kaftda bilak arteriyasi tirsak arteriyasining chuqur kaft tarmog‘i bilan anastomozlashib kaftning chuqur arterial ravog‘ini hosil qiladi.
Bilak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1.mushak tarmoqlari (r. muscularis) arteriyaning bor bo‘yicha chiqib atrofidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. 2. bilak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya (a.recurrens radialis) bilak arteriyasining boshlang‘ich qismidan boshlanadi. Yuqoriga va lateral tomonga yo‘nalib oldingi lateral bilak egatida a. collatåralis radialis bilan anastomozlashadi. 3. kaft ustining kaft tarmog’i (r. carpeus palmaris) bilak arteriyasidan bilakning distal qismida boshlanib medial tomonga yo‘naladi va tirsak arteriyasining shu nomli shoxi bilan anastomozlashib kaft ustining kaft tomondagi to‘rini (rete carpi palmare) hosil qiladi. 4. kaft ustining orqa tarmog‘i (r. carpeus dorsalis) bilak arteriyasidan kaftning orqasida boshlanib medial tomonga yo‘naladi va tirsak arteriyasining shu nomli tarmog‘i bilan anastomozlashib kaft ustining orqa to‘rini (rete carpi dorsale) hosil qiladi. 5.Kaftning yuza shoxi (r. palmaris superficialis) tenor mushasklari orasida tirsak arteriyasi uchi bilan anastomozlashib, kaftning yuza ravog‘ini (arcus palmaris superficialis) hosil qiladi. 6. Qo‘l kaftining orqa yuzasida bilak arteriyasidan kaft orqa yuzasining I arteriyasi (a. metacarpea dorsalis prima) chiqib bosh barmoqni ikkala yuzasi va ko‘rsatkich barmoqni bilak tomonini qon bilan ta’minlaydi. 7. Qo‘l kaftida undan bosh barmoq arteriyasi (a.princeps pollicis) chiqib bosh barmoqni ikkala tomoni va ko‘rsatkich barmoqning lateral tomonini qon bilan ta’minlovchi uchta a. digitales palmaries ga bo‘linadi.
Tirsak arteriyasi (a. ulnaris) tirsak chuqurchasidan yumaloq pronator mushagi ostidan o‘tgach, o‘z nomidagi nerv bilan tirsak egati bo‘ylab yuza va chuqur barmoqlarni bukuvchi mushaklar o‘rtasida pastga tushadi. Keyin canalis carpi ulnaris orqali kaftga o‘tadi va kaftning yuza ravog‘ini hosil qilishda ishtirok etadi. Tirsak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.Tirsak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya (a. recurrens ulnaris) tirsak arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib ikki shoxga bo‘linadi. Oldingi shox (r. anterior) yuqoriga ko‘tarilib, tirsak tomondagi pastki yonlama arteriya bilan anastomozlashadi. Orqa shox (r. posterior) tirsak bo‘g‘imining orqa yuzasiga yo‘nalib, tirsak tomondagi ustki yonlama arteriya bilan anastomozlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |