Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Yelka-bosh venalari va yuqori kavak vena



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

194
Yelka-bosh venalari va yuqori kavak vena
Chap yelka-bosh venasi (v.brachiocephalica sinistra) o‘ngdagisiga nisba-
tan deyarli ikki marta uzun bo‘lib, chapdagi to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imining orqasida
hosil bo‘ladi hamda pastga va o‘ng tomonga, o‘ng yelka-bosh venasi bilan
qo‘shilish joyiga tomon qiyalab yo‘naladi. Uni old tomondan ayrisimon bez yoki
uning o‘rnidagi kletchatka qoplab turadi.
Vena o‘z yo‘lida chap o‘mrov osti arteriyasini, chap umumiy uyqu arteriya-
si-ning boshlanish qismini va yelka-bosh o‘zanini old tomondan kesib o‘tadi. Keyin
aorta ravog‘ining qavariq qismiga yopishgan holda chap diafragmal hamda chap
sayyor nervlardan oldinda yotadi (132- va 136-rasmlar).
O‘ng yelka-bosh venasi (v.brachiocephalica dextra) 2-3 sm uzunlikda bo‘lib,
o‘ngdagi to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imining orqasida hosil bo‘ladi, keyin pastga va me-
dial tomonga, ya’ni chap yelka-bosh venasi bilan qo‘shiladigan tomonga qarab
yo‘naladi. Vena o‘z yo‘lida yelka-bosh o‘zani (truncus brachiocephalicus)dan
o‘ngda va birmuncha oldinda joylashadi. Venaning o‘ng-old tomoni plevraning o‘ng
mediastinal varag‘iga va o‘ng diafragmal nervga taqalib o‘tadi (136, 132-rasmlar).
O‘ngdagi I qovurg‘a tog‘ayining orqasida ikkala yelka-bosh venasining
qo‘shilishidan yuqori kavak vena (v.cava superior) hosil bo‘ladi. Bu – uzunligi 4-
5 sm bo‘lgan yirik qon tomir bo‘lib, o‘zining boshlanish qismidan to‘sh suyagin-
ing o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab pastga, III qovurg‘a yoki III qovurg‘a oralig‘i sohasi-
gacha tushadi va bu yerda yurak o‘ng quloqchasining tagida, o‘ng bo‘lmachaga
quyiladi (142-rasm).
Yuqori kavak vena ikki qismga ajratiladi (132- va 136-rasmlar):
1. Perikard bilan o‘ralmagan (yuqorigi) qismi – o‘ng va old tomondan plev-
raning mediastinal varag‘iga, chap tomondan – aorta ravog‘ining boshlanish qismi-
ga taqaladi; plevra bilan venaning o‘ng yoni oralig‘ida o‘ng diafragma nervi
orqasidagi kletchatkada o‘ng adashgan nerv joylashadi.
Yuqori kavak vena bilan uning chap tomonidagi aorta ravog‘i orasidagi yoriq
aortokaval oraliq deb ataladi; bu oraliq orqali operatsiya paytida o‘ng traxeya-
bronx burchagiga va o‘ng asosiy bronxga ochib kirish amalga oshiriladi.
2. Perikard bilan o‘ralgan (pastki) qismi – oldingi va yon tomonlardan epikard
bilan o‘ralgan bo‘lib, orqada o‘ng o‘pka arteriyasiga, bo‘lmachaga quyilish joyida
esa – yuqori o‘ng o‘pka venasining yuqori qismiga taqalib turadi. Yuqori kavak
venaning o‘rta qismida, uning o‘ng yoki orqa devoriga toq vena kelib quyiladi.
Yelka-bosh va yuqori kavak venalari kletchatka bilan o‘ralgan bo‘lib, unda
limfa tugunlari joylashadi (153-rasm).

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish