195
Chap diafragma nervi aorta ravog‘ining oldingi yuzasini kesib o‘tadi va chap
adashgan nervdan oldinda hamda ichkarida joylashadi. So‘ngra chap o‘pka ildizi-
ning oldingi tomoniga o‘tib, mediastinal plevra bilan perikard orasidan diafragma-
gacha boradi (137- va 132-rasmlar).
O‘rta ko‘ks oralig‘idan o‘tishda diafragma nervini
perikard-diafragma ar-
teriyasi
- a.
pericardiacophrenica (I qovurg‘a tog‘ayi sathida ko‘krak ichi arteri-
yasidan boshlanadi) kuzatib boradi. Diafragma nervlari doimo o‘pka ildizining
oldidan o‘tadi, adashgan nervlar esa uning orqasidan o‘tadi.
Diafragma nervi aralash nerv bo‘lib, o‘zining harakatlantiruvchi shoxlari
orqali diafragmani, sezuvchi shoxlari bilan plevra va perikardni innervatsiyalay-
di; diafragma sohasida ikkala nerv o‘zida nerv tugunlarini
tutuvchi chigallar ho-
sil qiladi hamda qorin bo‘shlig‘i yuqori qavatining a’zolarini bevosita yoki qu-
yosh chigali orqali innervatsiyalaydi.
Aorta ravog‘i
Aorta ravog‘i
(arcus aortae) ko‘tariluvchi aortaning davomi bo‘lib, uning
boshlanish qismi chapdagi II qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikish joyiga
to‘g‘ri keladi. Aorta ravog‘ining eng yuqori nuqtasi to‘sh suyagi qo‘ndog‘ining
markaziga mos keladi. Aorta ravog‘ining tushuvchi aorta (
aorta descendens) ga
o‘tish joyi IV ko‘krak umurtqasi sathida joylashadi (133-rasm).
Aorta ravog‘ining boshi va oxiri old tomondan plevraning qovurg‘a-ko‘ks
137-rasm. Oldingi ko‘ks oralig‘ining ikkala plevra xaltalari surilgandan
keyingi ko‘rinishi.
1–
a
.
carotis
communis
sinistra
; 2–
a
.
subclavia
sinistra
; 3–o‘mrov suyagi;
4–
I
qovurg‘a; 5–
v
.
brachiocephalica
(
v
.
anonyma
–
BNA
)
sinistra
; 6–
arcus
aortae
; 7–
a
.
pulmonalis
sinistra
; 8–
truncus
pulmonalis
; 9–
bronchus
sinist
e
r
;
10, 18–
n
.
phrenicus
,
a
.
pericardi
ac
ophrenica
; 11–yurakning chap quloqchasi;
12–chap
plevra xaltasi; 13–perikard; 14–paraplevral kletchatka; 15–
fascia
endothoracica
; 16–o‘ng plevra xaltasi; 17–yurakning o‘ng quloqchasi; 19–
v
.
cava
superior
; 20–
v
.
brachiocephalica
dextra
;
21–
gl
.
thymus
; 22–
truncus
brachi
o
cephalicus
(
a
.
anonyma
–
BNA
).
196
oralig‘i sinuslari va mediastinal plevra bilan, o‘rta
qismi old tomondan ayrisimon
bez va yog‘ kletchatkasi bilan qoplangan. Aorta ravog‘ining orqa yuzasi traxeya-
ning oldingi yuzasiga tegib o‘tadi va traxeyada kichikroq o‘yiqcha hosil qiladi.
Aorta ravog‘ining tushuvchi aortaga o‘tish qismining orqa tomonida esa o‘ng o‘pka
arteriyasi joylashgan. Ravoqning chap tomoniga chap adashgan nerv tegib o‘tadi,
undan aorta ravog‘ini pastdan va orqadan aylanib o‘tuvchi chap qaytuvchi hiqil-
doq nervi
(n.
laryngeus reccurens sinister) chiqadi (132- va 138-rasmlar). Adash-
gan nervning tashqi tomonida, aorta ravog‘ining oldingi yuzasi bo‘ylab chaproq-
da perikard-diafragma
qon tomirlari (vasa pericardiacophrenica) va ular bilan
birga chap diafragma nervi o‘tadi. Aorta ravog‘i pastki yuzasining oldingi qismi-
ga arterial boylam
(lig.
arteriosum) ya’ni bekilgan arteriya yo‘li – Botallo yo‘li
birikkan. Bu joy aorta ravog‘ining yuqori yuzasidan chap o‘mrov osti arteriyasi
boshlanadigan
joyning qarama-qarshi, pastki tomonida joylashgan. Chap diafrag-
ma nervi arterial boylamdan 1-2 sm oldinda yotadi va bekilmagan arteriya yo‘lini
operatsiya qilish vaqtida uni topishga yordam beradi.
Aorta ravog‘ining tepa-qavariq qismidan o‘ngdan chapga tartib bilan yelka-
bosh o‘zani, chap umumiy uyqu va chap o‘mrov osti arteriyalari chiqadi (132-rasm).
Yelka-bosh o‘zani
(truncus brachiocephalicus) tana o‘rta chizig‘idan bir oz
chaproqda boshlanib, o‘ngdagi o‘mrov-to‘sh bo‘g‘imigacha
boradi va bu yerda
o‘ng umumiy uyqu hamda o‘ng o‘mrov osti arteriyalariga bo‘linadi. Yelka-bosh
o‘zani to‘sh suyagi qo‘ndog‘ining orqasida joylashib, undan chap yelka-bosh ve-
nasi hamda to‘sh-til osti va to‘sh-qalqonsimon muskullari orqali ajralib turadi.
O‘zanning o‘ng tomoni bo‘ylab bir oz yuzaroqda o‘ng yelka-bosh venasi o‘tadi,
orqasida va chapda kekirdak joylashadi (132- rasm).
138-rasm. Orqa ko‘ks
oralig‘i a’zolarining
topografiyasi.
1–perikardning diafragma
qismi; 2–pastki kavak vena;
3–ko‘ks oralig‘i plevrasi;
4–o‘pka
venalari; 5–o‘pka
arteriyalari; 6–toq vena;
7–adashgan nervlar;
8–qaytuvchi nervlar;
9–qizilo‘ngach; 10–traxeya;
11–qizilo‘ngach nervlari–
adashgan nervlar orasida
tutashmalar.