Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


KO‘KS ORALIG‘I ORQA BO‘LIMLARIDA JOYLASHGAN A’ZOLAR



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

KO‘KS ORALIG‘I ORQA BO‘LIMLARIDA JOYLASHGAN A’ZOLAR
TOPOGRAFIYASI
Sayyor nervlar
Sayyor nervlar ko‘krak bo‘shlig‘ida dastlab ko‘ks oralig‘ining yuqorigi qismi-
da, so‘ngra uning orqa bo‘limida joylashadi (132 va 138- rasmlar).
O‘ng sayyor (adashgan) nerv (n.vagus dexter) ko‘krak bo‘shlig‘iga o‘ng
o‘mrov osti arteriyasi bilan venasining orasidan o‘tib kiradi, aniqrog‘i, nerv yel-
ka-bosh arteriya o‘zani (truncus brachyocephalicus) dan o‘mrov osti arteriyasi
chiqadigan joydan oldinda joylashadi. O‘mrov osti arteriyasi (a.subclavia) ning
pastki botiq tomoni ro‘parasida o‘ng sayyor nervdan o‘ng qaytuvchi hiqildoq nervi
(n.reccurens dexter) chiqadi va arteriyani oldindan orqa tomonga aylanib o‘tib,
bo‘yinga ko‘tariladi (133-rasm). Shu yerning o‘zida sayyor nervdan yurak chi-
galiga boruvchi tolalar ham chiqadi. Nervning asosiy shoxi biroz o‘ngga va orqa-
ga yo‘nalib, asosiy bronx bilan toq venaning orasidan o‘tadi va o‘ng o‘pka ildizi-
ning orqa tomoniga yo‘naladi, undan so‘ng qizilo‘ngach o‘ng tomonining orqasi
bo‘ylab qorin bo‘shlig‘iga kiradi. Bu oraliqda nerv bir qancha tarmoqlar beradi;
ular o‘ng o‘pka va aorta hamda qizilo‘ngach nerv chigallarini hosil qilishda qat-
nashadilar (133-rasm).
Chap sayyor nerv (n.vagus sinister) chap yelka-bosh venasi (v.brachio-cepha-
lica sinistra) ning orqasida, chap o‘mrov osti va umumiy uyqu arteriyalari orasidan
o‘tib, aorta ravog‘ining old yuzasi bo‘ylab, ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi. Aorta
ravog‘ining pastki botiq tomonida, arteriya boylami (lig.arteriosum) dan chapda,
sayyor nervdan chap qaytuvchi hiqildoq nervi (n.laryngeus reccurens sinister)
chiqadi va aorta ravog‘ining pastida uni oldindan orqaga aylanib o‘tib, yuqoriga –
bo‘yinga ko‘tariladi (143-rasm). Aorta ravog‘ining old tomonida sayyor nervdan
yuza yurak chigaliga boruvchi bir qancha tolalar (rr.cardiaci thoracici) chiqadi.
Nervning asosiy shoxi chap asosiy bronxning yuqori va orqa tomoni, so‘ngra
chap o‘pka ildizining orqasi bo‘ylab boradi, keyin qizilo‘ngach chap tomonining
oldingi yuzasiga o‘tadi va qizilo‘ngach bilan birga qorin bo‘shlig‘iga kiradi. Bu


213
oraliqda sayyor nerv chap o‘pka va aorta hamda qizilo‘ngach chigallariga ancha-
gina tarmoqchalar beradi.
Sayyor nervlarning o‘pka va yurak chigallariga boruvchi tarmoqlari o‘ngda
– to‘g‘ri chiziq shaklida, chapda esa – S-simon chiziq shaklida yo‘naladi. Shun-
ing uchun ham operatsiya paytida o‘ng o‘pkani tortgan vaqtda nerv tarmoqlari
ham tortilib cho‘ziladi va buning oqibatida yurakning nerv apparatida qo‘zg‘alishni
vujudga keltiradi. Chap o‘pka tortilganda esa chap sayyor nervning S-simon
yo‘nalgan tarmoqlari tortilib to‘g‘rilanadi va yurak nervlarida hech qanday
o‘zgarish bo‘lmaydi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish