Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Simpatik chegara poyasi
Simpatik chegara poyasi (truncus simpaticus) ning ko‘krak bo‘limi noto‘g‘ri
uchburchak shaklidagi 10-12 ta ko‘krak tugunlari (ganglion thoracica) dan tuzil-
gan va bu tugunlar bir-birlari bilan tugunlararo o‘simtalar (rr.interganglionares)
orqali bog‘langan (133-rasmga qarang).
Simpatik poya o‘ngda va chapda qovurg‘a plevrasining ostida (orqasida),
qovurg‘a suyaklari boshchalari va qovurg‘alararo tomirlardan oldinda joylash-
gan.
Ko‘krak ichi fassiyasi (fascia endothoracica) ikkita varaqqa ajralib, simpa-
tik poyalar uchun fassiya g‘ilofini hosil qiladi. O‘ng simpatik poya toq venadan
orqaroqda va lateral tomonda; chapdagisi esa yarim toq venadan orqaroqda va
lateral tomonda yotadi.
Simpatik chegara poyasidan ko‘krak bo‘shlig‘i a’zolariga boruvchi nervlar-
ning tolalari hamda ichki a’zolarga boruvchi katta va kichik nervlarning hosil
bo‘lishida ishtirok etuvchi o‘simtalar chiqadi.
Simpatik poya bog‘lovchi o‘simtalar (rr.communicantes) orqali
qovurg‘alararo nervlar bilan bog‘langan.
Simpatik chegara poyasi pastga tomon yo‘nalib, diafragmaning lateral va
oraliq oyoqchalari orasidagi yoriqdan qorinparda orti bo‘shlig‘iga o‘tadi.
Ichki a’zolarga boruvchi katta nerv (n.splanchnicus major) V-IX ko‘krak tu-
gunlaridan chiquvchi o‘simtalardan; ichki a’zolarga boruvchi kichik nerv
(n.splanchnicus minor) X-XI ko‘krak tugunlaridan chiquvchi o‘simtalardan hosil
bo‘ladi. Ikkala nerv ham umurtqa pog‘onasining yon yuzalarida joylashadi; ular o‘ngda


223
toq vena, chapda – yarim toq vena bilan birgalikda diafragmaning medial va oraliq
oyoqchalarining orasidan o‘tib quyosh (qursoq) chigaliga boradi (119-rasm).
Ko‘ks oralig‘idagi nerv chigallari
Nerv chigallari ko‘krak bo‘shlig‘ining refleksogen zonalaridir. Simpatik poya-
lardan, adashgan hamda diafragma nervlaridan chiquvchi shoxlar ko‘ks oralig‘i
kletchatkasida bir-birlari bilan qo‘shilib, o‘zida nerv tugunlari va hujayralarini tutuv-
chi nerv chigallarini hosil qiladilar. Asosan, quyidagi nerv chigallari farq qilinadi:
1) yuza joylashgan chap yurak (yurak-o‘pka) chigali – aorta ravog‘i chap
qismining old yuzasida va chap o‘pka ildizi old tomonining yuqorisida joylash-
gan. Bu chigaldan aorta ravog‘iga, yurak va perikardga hamda chap o‘pkaga tar-
moqlar boradi (143-rasm);
2) chuqur joylashgan o‘ng yurak (o‘pka-yurak) chigali – traxeyaning oldingi
yuzasida, aorta ravog‘ining orqasida va o‘ng o‘pka ildizi old yuzasining yuqori qismi-
da joylashgan. Bu chigaldan aorta ravog‘i, perikard va o‘ng o‘pkaga tolalar boradi;
3) qizilo‘ngach nerv chigali – qizilo‘ngachning traxeya bifurkatsiyasidan
diafragmagacha bo‘lgan qismida joylashgan bo‘lib, qizilo‘ngach va o‘pkalarga
tolalar beradi (133-rasm);
4) umurtqa pog‘onasining oldidagi chigal – umurtqa pog‘onasining old va
yon tomonlarida joylashgan bo‘lib, asosan, simpatik poyalarning o‘simtalaridan
tuzilgan. Bu chigal III-IV ko‘krak umurtqalari sohasida hamda umurtqa
pog‘onasiga taqalib joylashgan tushuvchi aorta, toq va yarim toq venalar hamda
ko‘krak limfa yo‘lining atrofida yaxshiroq taraqqiy etgan.
Sanab o‘tilgan nerv chigallari o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish