Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


VII bob. QORINNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

VII bob. QORINNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Qorin (abdomen) gavdaning ko‘krak qismidan pastda joylashgan bo‘lib, qorin
bo‘shlig‘i va uning devorlaridan hamda qorin va qisman tos bo‘shlig‘idagi ichki
a’zolardan iborat. Qorinning old-yon va orqa devorlarini yuqorida (ko‘krak de-
vori bilan) xanjarsimon o‘siqdan qovurg‘a ravoqlari va XII qovurg‘a bo‘ylab XII
ko‘krak umurtqasiga o‘tkazilgan chiziq, pastda qov simfizining usti, qov dumbog‘i,
chov burmasi, yonbosh suyagining oldingi-ustki o‘tkir o‘sig‘i va qirrasi bo‘ylab
V bel umurtqasiga o‘tkazilgan chiziq chegaralaydi. Qorin bo‘shlig‘i old va yon
tomonda old-yon devor, orqada bel sohasi (orqa devor), yuqorida ko‘krak-qorin
to‘sig‘i, ya’ni diafragma, pastda chegara chizig‘i (linea terminalis) orqali
o‘tkazilgan shartli gorizontal tekislik bilan o‘ralgan, ichkaridan qorin fassiyasi
bilan qoplangan bo‘shliqdir. Qorin bo‘shlig‘i qorinning tashqi devorlariga nisba-
tan ancha katta, chunki, yuqorida diafragmaning gumbazlari ko‘krak bo‘shlig‘i
tomonga botib kiradi, pastki tomonda (chegara chizig‘idan pastda) esa qorin
bo‘shlig‘i kichik tosning qorinparda bo‘shlig‘i hisobiga kengayadi.
Qorinning shakli turli-tuman bo‘lib, qomatning tuzilishiga, yoshga, jinsga
va sh.k. larga bog‘liq. Qorinning 3 ta asosiy shakli farq qilinadi
(V.N.SHevkunenko):
1. Erkakcha shakl – ko‘pincha giperstenik (braximorf) qomat tuzilishidagi
odamlarga xos bo‘lib, erkaklarda ko‘proq uchraydi. Bunday qorin asosi yuqoriga
qaratilgan noksimon shaklga ega, ya’ni ko‘krak qafasining pastki aperturasi keng
bo‘lib, tos chanog‘i esa nisbatan tor bo‘ladi.
2. Ayollar qorni – ko‘pincha astenik (dolixomorf) qomatli odamlarga xos va
ko‘proq ayollarda hamda yoshi qaytganlarda uchraydi. Bunday qorin asosi pastga
qaragan noksimon shaklga ega bo‘lib, unda tos chanog‘i ko‘krakning pastki aper-
turasiga nisbatan keng bo‘ladi.
3. Oval yoki silindrsimon shakli – normostenik (mezomorf) larga xos bo‘lib,


226
unda ko‘krakning pastki aperturasining kengligi tos chanog‘inikiga barobar bo‘ladi.
Bolalarda, ayniqsa chaqaloqlarda, gavdaning katta qismini qorin egallaydi.
Buni qovurg‘alarning gorizontal joylashishi, jigarning kattaligi va tos chanog‘ining
yaxshi taraqqiy etmaganligi bilan izohlash mumkin. Shu sababli 7 yoshgacha
bo‘lgan bolalarning qorni erkakcha shaklga ega bo‘ladi.
Qorinning turli shakllari uchun uning old-yon devorining muayyan topografo-
anatomik tuzilishi xosdir. Masalan, chov oralig‘ining uchburchak shaklda bo‘lishi,
asosan, qorinning erkakcha shaklida uchraydi.
Qorin bo‘shlig‘ida ovqat hazm qilish va siydik chiqarish a’zolari joylasha-
di. Qorinparda bilan qay darajada qoplanganligiga qarab, bu a’zolar 3 turga
bo‘linadi: 1) intraperitoneal – qorinparda bilan butunlay o‘ralgan a’zolar; 2)
mezoperitoneal – qorinparda bilan yarmidan ko‘prog‘i, (ya’ni oldingi va yon yuza-
lari) qoplangan a’zolar; 3) ekstraperitoneal – qorinparda bilan faqat bitta (oldin-
gi) yuzasi qoplangan yoki umuman qoplanmagan a’zolar.
Qorin bo‘shlig‘ining ichida, o‘z navbatida 2 ta bo‘shliq mavjud:
·
qorinparda bo‘shlig‘i (cavum peritoneale) qorinpardaning pariyetal va
visseral varaqlari orasida joylashgan yoriqsimon bo‘shliq bo‘lib, pariyetal qorin-
pardani kesib bu bo‘shliqni ochish va unda joylashgan intra va mezoperitoneal
a’zolarni ko‘rish mumkin. Ushbu bo‘shliqda qorinparda ishlab chiqargan seroz
suyuqlik bor va bo‘shliq infeksiya nuqtai nazaridan steril hisoblanadi (155-rasm);
155-rasm. Qorin
bo‘shlig‘i va qorin
parda orti bo‘shlig‘i
qorinning ko‘ndalang
kesimida (sxema).
1–
m

r e c t u s
a b d o m i n i s
; 2 –
m
.
o b l i q u u s
e x t e r n u s
a b d o m i n i s
; 3 –
m
.
o b l i q u u s
i n t e r n u s
a b d o m i n i s
; 4 –
m
.
t r a n s v e r s u s
abdominis
; 5–
fascia
endoabdominalis
; 6–
pariyetal qorin parda;
7–
colon
ascendens
; 8–
m

latissimus
dorsi
; 9–
m

quadratus
lumborum
;
10–
m

psoas
major
; 11–
fascia
thoracolumbalis
(
fascia
lumbodorsalis

BNA
); 12–
m

erector
spinae
(
m

sacrospinalis

BNA
); 13–
colon
descendens
;
14–ingichka ichak tutqichining ildizi.
·
qorinparda orti (orqasidagi) bo‘shlig‘i (spatium retroperitoneale) – qorin-
pardaning qorin orqa devorini qoplovchi pariyetal varag‘i orqasidagi yoki pariyetal
qorinparda bilan chuqur bel muskullarini qoplovchi qorin ichi fassiyasi orasidagi
bo‘shliq bo‘lib, o‘zida yog‘ kletchatkasi va ekstraperitoneal a’zolarni tutadi (156-rasm).


227
156-rasm. Qorin
devorlari
kletchatkasi.
1–qorin parda orti
kletchatkasi;
2–qorin parda osti
kletchatkasi;
3–qorin parda oldi
kletchatkasi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish