Shashmaqom ijrochiligi
Buxoro va Xorazmda, asosan, Shashmaqom turkumini yaratish va uning ijrochiligini takomillashtirish borasida ish olib borildi. Buxoro qadimdan o'zbek musiqa madaniyatining o'chog'i hisoblanadi. Abdullaxon hukmronlik qilgan yillarda (XVI-XVI1 asrlarda) Buxoro Turkistonning musiqa markaziga aylanib, mumtoz musiqamizning o‘sishida ijobiy rol o'ynadi. XVIII—XIX asrlarga kelib ham o'zbek klassik musiqasi taraqqiyotida Buxoro o‘z peshqadamligini saqlab qoldi. Shu davrga milliy bastakorlik san’atining ijodiy muvaffaqiyatlari tan olindi. Bu yerda qadimgi o'n ikki maqom va boy xalq musiqasi asosida o‘zbek-tojik maqomlarining eng so‘nggi, mukammallashtirilgan shakli - Shashmaqom maydonga keldi.
Shashmaqom olti turli pardalarga moslab olingan va olti xil ladga asoslangan kuy va ashulalar yig'indisidan iborat. Shashmaqomga: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari kiradi. Olti maqomning har biri juda katta hajmdagi siklli asarlar bo'lib, ularning har biri tarkibida taxminan 20 dan 44 gacha katta va kichik maqom yo‘llari bor. Lekin, maqomlarning xalq orasida mashhur bo'lgan cholg‘u, ashula va surnay yo'llari bilan qo'shib hisoblanganda ularning qismlari 208 dan 250 tagacha boradi. Bu davrda Buxoroda Shashmaqom ijrochilari maktabi va Shashmaqom ijrochiligida maxsus uslub ham vujudga keldi. Shunday qilib, XVIII- XIX asrlar davomida Buxoroning yirik musiqa ustozlari, bastakorlari va musiqa nazariyotchilari. Shashmaqom ijrochilari - hofizlar o'zlarining yuksak san’atlari bilan Turkistondagi boshqa xonliklarning musiqiy hayotiga ta’sir qilgan edilar.
Xorazm ham o‘zbek musiqa madaniyati beshiklaridan biri. Xorazmlik Muhammad Xoksoriyning «Muntahab allug'ot» asarida «ag‘oni» so'zining «nag'ma va surudlar» deb izohlanishi, qadimda Xorazmda xilma-xil nag'ma va surud ashulalar bo’lganini ko'rsatadi. XVIII-XIX asrlarda ham Xorazm musiqa madaniyati taraqqiy etdi. Bu davrda, ayniqsa, o'zbek mumtoz musiqasi - Shashmaqomni yaratishga alohida e’tibor berildi va katta yutuqlarga erishildi. Bu yerda Shashmaqom shakllanguncha o*n ikki maqom keng tarqalgan edi. Qashqarlik mashhur musiqachi Xudoyberdi ustoz 1819-1831-yillarda Xorazmda yashab, ijod qildi. U o‘n ikki maqomni mukammal bilgan san’atkorlardar biri bo'lib, Xorazmda juda ko‘p shogirdlar yetishtirdi. Buxoro Shashmaqomi takomillashib, uning dovrug'i boshqa xonliklarga ham tarqala boshlagach, mashhur musiqa nazariyotchisi sozanda va bastakor
Niyozjonxo'ja XIX asr boshlarida Buxoroga borib Shashmaqomni o'rganib qaytadi.
Niyozjonxo'ja shundan so'ng Shashmaqomning Xorazm nusxasi ustida ish olib boradi va «Buzruk» maqomiga «saqil» qo'shib. uni «saqili Niyozjonxo'ja» deb ataydi. Natijada Xorazmda Shashmaqomning o‘ziga xos nusxasi maydonga kela boshlaydi. Shundan so'ng Xorazmda Shashmaqomchilar maktabi tashkil topib, Xorazm maqomlarining ijrochilari yetishadi. Maxsumjon qozi, usta Muhammadjon tanburchi va uning shogirdi Abdusattor Mahsumxo'ja kabi Xorazm musiqa namoyandalari Shashmaqomni takomillashtirish ustida ish olib boradilar.
1856-1865-yillarda hukmronlik qilgan Said Muhammadxon o'z saroyining shon-shuhratini oshirish maqsadida saroyiga Xorazm musiqa va raqs san’atining yirik namoyandalarini to'pladi. Shulardan biri davlat arboblaridan hisoblangan Pahlavon Niyoz bo'lib, u ham shoir, ham mashhur musiqashunos - bastakor edi. U bir qator Sharq mamlakatlariga va Peterburgga sayohat qilgan. 1873-yilda Kaufman Xivani bosib olganda «Rus -Xiva tinchlik ahdi»ga imzo chekkan ham shu kishi edi. Pahlavon Niyoz o'z she’r va musiqalarini «Komil» taxallusi bilan yozdi. U Xorazm Shashmaqomining «Maqomi Rost» qismida «Murabbai Komil» musiqasini yaratdi va 70-80-yillarda «Xorazm notasi» deb nom olgan notani kashf etdi. Bu o'zbek musiqa nazariyasi sohasida bir darajada oldinga siljish edi. Nazariyadagi siljish o'z navbatida amaliyotda ijro mahoratining takomillashishiga ilmiy asos bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |