Dostonlarda tomoshalar bayoni
Bu davr Farg'ona vodiysida Huvaydo, Akmal, Nizomiy Xo'jandiy, Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Xorazmda - Ravnaq, Andalib, Roqim, Nishotiy, Munis, Ziyrak, Ogahiy, Dilovoriy, Buxoroda - Jomiy, Mujrim Obid. Sayqaliy, Shavqiy kabi progressiv va iste’dodli shoirlarni yetishtirdi. Adabiyotning g'azal, hajv, masnaviy, ruboiy, muxammas, musaddas, murabba’, musamman, mufradot, mustazod, mukatta’d. tarix, muammo. chiston kabi janrlari rivojlandi.
XVIII va XIX asrning birinchi yarmida o'zbek adabiyoti erishgan yutuqlardan yana biri - Muhammad Sobir mudarris Buxoriy, Ibrohim mullo Boqiy Toshkandiy, Mullo Odil Toshkandiy, Abdul Hakim Shoshiy, Mullo Muhammad Sodiq Ho'qandiy, Muhammad Xojayi Buxoriy, Olloquli Xorazmiy, Mirzo G'oyib Marg'iloniy kabi xattotlar tomonidan Jomiy, Navoiy, Bobir. Hiloliy, Bedil kabi o'zbek va tojik shoirlarining qanchadan-qancha asarlarining ko'chirib kitobxonlarga taqdim etilishi bo'ldi. Bu davrda Xiva, Buxoro, Qo'qonda Navoiyning deyarli hamma mashhur asarlari xattotlar qalami bilan qayta-qayta ko'chirilib tarqatildi.
Ayrim mudarris, xattot va tolibi ilmlar «Tarixiy tabariy». «Ravzat us-safo», «Firdavs ul-iqbol», «Tarixi Roqimiy», «Tarixi Muqimxoniy», «Nisob us-sibyon», «Risola dar maxoriji xuruf», «Chand lug'ati arabiy va forsiy», «Risolayi aruz» kabi tarix, jug'rofiya, riyoziyot, xandasa, falsafa va adabiyotga oid kitoblarni ham ko'chirishga ahamiyat berdilar.
Bu davrda o'zbek adabiyolining bitmas-tuganmas chashmalaridan hisoblangan xalq og'zaki adabiyoti - folklor sohasida ham xilma-xil durdonalar yaratildi: «Alpomish» va «Go'ro'g'li» dostoni turkumidagi epik qissalar keng tarqaldi. «Tohir va Zuhra», «Yusuf va Zulayho», «Bahrom va Gulandom», «Gulfarax», «Sanobar», «Bo'z o'g'lon» yoki «Yusufbek va Ahmadbek» kabi o'nlab kitoblar yozildi. Bu epik asarlar haqiqatan ham xalq dahosining nishonasi bo'lib, uning sahifalarida oddiy kishilarning og'ir hayoti, baxt-saodat uchun kurashi o'z ifodasini topdi. Shuningdek, ularda bayramlar, sayillar, to'y, bazmlar ta’rifi berildi. Ayniqsa qahramonlarni to'ylardagi tomosha turlari alohida izohlangan.
Bu davr adabiyotida, demokratik qalamkashlar ijodida satira, yumor. masal va maqol, ertak va naqliyot janrlarining o‘sishi, uning keskin tus olishi tomosha turlarining an’anaviy o'zbek teatri rivojida ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki, adabiyotdagi mana shu demokratik tendensiya bilan o‘zbek teatrining estetik printsiplari xuddi ikki egizakdek bir-biriga tutashib ketadi. Adabiyotdagi tomoshalar bayoni orqali a’anaviy teatr. uning vakillari to‘g‘risida tushunchaga ega bo'lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |