Bobur - aruz san’ati haqida
Zahiriddin Muhammad Boburning estetik qarashlarida she’riy san’at, musavvirlik, shaharsozlik, musiqa haqidagi mulohazalari muhim o'rin tutadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur shoir, xattot, olim bo'lishi bilan bir qatorda musavvirlikka ham nihoyatda qiziqqan. U o'zining shoh asari bo'lmish «Boburnomawda tabiat manzaralarini, odamlar qiyofasini mohir musavvirlardek nazokat bilan tasvirlaydi. Shu bois musavvirlar, xattotlar «Boburnomawning o'nlab qo'lyozmalarini nafis suratlar bilan ziynatlaganlar. «Boburnoma»da hirotlik va samarqandlik musavvirlar - ustod Kamoliddin Behzod, Shod Muzaffar Boysunqur mirzo, Haydar mirzolarning nomlari tilga olinadi. «Boburnoma»da o'nlab musiqachilar, shoirlar, tarixnavislar ijodiga, ular san’atkorligining go'zal nuqtalariga ta’rif-tavsiflar berilgan.
«Boburnomawda adabiyot va san’atda musiqa sohasining o‘ziga xos o‘rniga katta e’tibor berilgan. Bobur XV-XVI asrda yashagan kamonchi, g‘ijjakchi. naychilarning eng atoqli ustodlari, peshqadamlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi, ularning musiqanavislik madaniyatimiz taraqqiyotida badiiy adabiyot bilan uzviy hamkorlikda rivoj topib yuksalgani ko'rsatilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning estetik qarashlari uning «Risolai aruz» asarida yaqqol ifodalangan. «Risolai aruziwda an’anaviy aruzning qonun-qoidalarigina bayon qilinmay, unda XV-XVI asr o'zbek poetikasi hamda eski o‘zbek tili fone- tikasining aruzga munosabati, og'zaki va yozma adabiyot o‘rtasidagi o'zaro ta’sir natijasida yuzaga kelgan adabiy janrlar, ba’zi tasvir vositalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, shuning- dek, o'zbek, ozarbayjon, fors-tojik adabiyoti namonyadalarining ijodi, asarlari haqidagi fikr-mulohazalari mo'jaz qilib ifodalangan.
«Risolai aruz»da aruzning 21 bahr, undagi 537 vazn tasnif qilingan. Alisher Navoiyning «Mezonul avzon», Sayfiy Buxoriyning «Mezonul-ash’or», aruz haqidagi boshqa risolalarda aruzning 19 bahri haqida ma’lumot beriladi. Bobur esa tavil bahri doirasi asosida hosil bo'luvchi ariz va amiq bahrlarini, ya’ni ikki bahr qo‘shib, bahrlar sonini 21 taga yetkazadi.
Boburning «Risolai aruziwda aruz haqida o'zigacha aytilgan fikr-mulohazalar bilan cheklanib qolmay, ularni yanada rivojlantiradi. Bu holni 21 bahrdan hosil bo'lgan 537 vazn keltirilishida ham ko'rish mumkin. Bobur fikricha, bu vaznlarning 280 tasi keng qo'llanilgan (musta’mal) bo'lsa, 189 tasi yangi vazn (muxtare)dir.
Bobur aruz haqidagi risolasida o'zbek nazmiyotini til qonun- qoidalari bilan bog'lab tekshiradi. Shuningdek, yozma va og'zaki ijod hamkorligida paydo bo'lgan yangi adabiy janrlar to'g'risida ham fikr bildiradi. Ayniqsa, g'azal. qo'shiq, tuyuq janrlari haqidagi nazariy fikrlar e’tiborlidir.
«Risolai aruziwda adabiyot nazariyasiga oid masalalar bilan birga adabiyot tarixini yoritishga doir bir necha e’tiborga loyiq fikr-mulohazalar bayon qilingan. Bobur o'zining nazariy fikrlarini
150
isbotlashda o'zbek. ozarbayjon, fors-tojik adabiyoti siymolari ijodiga murojaat qiladiki, bundan lining ulug‘ bir donishmand ekanini anglaymiz. Boburning «Risolai aruzi» asari o'zbek poetikasi tarixini o'rganishda emas, balki XVI asr o'zbek adabiy- badiiy va estetik qarashlarini o'rganishda ham qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.
Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari badiiy nutqning go'zal namunasidir. Bobur o'zi hammabop yozishi bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o'z o'g'li Xumoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan maktubni muallifning o'zi bir necha bor o'qib ko'rishi lozimligi. lining ravonligiga, so'zlarning ko'zda tutilgan ma’noni to'g'ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilishi, shundan so'nggina uni jo'natish mumkinligini ta’kidlaydi. So'zlarning xato yozilishi aytilmoqchi bo'lgan fikrni xiralashtiradi. «Boburnoma» memuar asar sifatida Bobur she'riyatining hayotiy asoslarini ochib beradi va shu bilan ularning ta’sir kuchini oshiradi. Boburning she’riy asarlari esa lining nasriy asarida aytilmagan ichki kechinmalari va qalb tug'yonlarini she’riyat vositalari bilan yanada ta’sirliroq qilib ifoda etadi.
Javohirla‘1 Neru: «Bobur dilbar shaxs, Uyg'onish davrining tipik hukmdori, ward va tadbirkor siymo bo'lgan», degan dono fikrini jahonda birinchi bo'lib aytgan. Bu fikrning yangiligi shundaki. 1950-yillarda Uyg'onish (G'arbda «Vozrojdeniye» deyilgan) tushunchasi hali Sharqdan chiqqan buyuk siymolarga nisbatan tatbiq etilmas edi.
«Boburnoma»ni ingliz tiliga tarjima qilgan V.Erskin yozadi: «Bobur siymosining mislsiz belgisi - uning tabiiyligi, hayotiy va samimiyligidir. Osiyo tojdorlari orasida Bobur singari daho darajasidagi iste'dodli kishilar kamdan-kam uchraydi» («Boburnomawning inglizcha nashri. 1921, 8-bet). "
Ko'rinadiki, nafaqat Boburning badiiy ijodi, hatto hayotining o'ziyoq ulkan saboq daryosi ekanligi sir emas. Boshqacha aytganda, Bobur shoh va shoir sifatida qanday uyg'unlashgan bo'lsa, uning ijod sarchashmasi bilan tashvishlarga to'la hayoti ham bir-biriga monand chirmashib ketgan. Ularni ayricha tasavvur etish aslo mumkin emas. Boburning badiiy notiqlik mahorati uning asarlarida shundaygina «Mana men» deb ko'rinib turadi. Uni faqat o‘qib his etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |