G‘azal - badiiy so‘z shakli
Mo'g'ul istilochiligi Amir Temur boshchiligidagi yirik davlatning tashkil topishi bilan barham topdi. Amir Temur davlatida ishlab chiqarish, savdo-sotiq, hunarmandchilik va shaharlar qurilishi rivojlandi.
Temur qaysi o'lkani borib olsa, undagi buyuk olimlar, katta ustalar, ulug‘ shoirlar, ulkan san’atkorlarni Samarqandga keltirar edi. Shu yo‘l bilan o'zining «poytaxt»ini dunyoning eng buyuk shahri qilishga tirishar edi. «Zubdatul-advor», «Maqosidu-1-alxon» ismli musiqiy kitoblar yozg'an Marog'ali Abdulqodir bilan «Sharqiyya» ismli musiqiy kitob yozg‘an urumiyalik Sayfiddin Abdumo'minga o'xshagan ulug‘ musiqiy ustodlari ham shu keltirilganlar qatorida edilar.
Temurdan burun ham O'rta Osiyoda asoslarini arab-erondan olgan musiqiy san’ati bor edi. Biroq Temurning buyrug'i bilan har tomondan keltirilgan ixtisoschi olimlarning g'ayratlari bilan bu san’at birdan jonlandi, oyoqqa bosti. Islom sharqining har tomonidan keltirilgan cholg'ular, cholg'uchilar bizning bu kungi klassik musiqamizning yuksalishiga, ko'tarilishiga xizmat qildilar. Oz zamonda yerlilardan ulug' musiqiyshunoslar yetishdilar. Hatto, «Tuxfatu-s-surur»ning aytishiga ko‘ra. «mashhur Ulug'bek M irzoning o‘zi ham musiqiy olimlaridan sanalg'an. Temur bolalari zamonida qonunchi Darvesh Ahmadiy (samarkentlik), nayehi-Sulton Ahmad (samarkentlik), turkcha, forscha ikki devon bilan musiqiyda bir risola egasi bo lg 'an qorako'llik Hisomiy, musiqiyda bir kitobcha yozg'an xorazmlik Abulvafo, tabib ham musiqiy olitni bo'lg'an balxlik Mavlono Sohib, o‘z zamonida atoqli bastakorlardan sanalg'an shahrisabzlik Abulbaraka kabi kishilar yetishib, musiqiyimiz uchun xizmat qildilar. Nog’orachi ham shoir bo'lgan Qadimiy Navoiyning musiqiy muallimi Xo Ja Yusuf Burhon, Navoiyning tog'asi Muhammadali G'aribiylar ham shut zamonning mashhur musiqiyshunoslaridan edilar.
Ulug'bek zatnonida mashhur Xoja Ahror valiyning soyasi ostida Samarkentda «diniy teskariehilik» (aksul-harakat) paydo bo'la boshlaydir. Shuning ta’siri bilan Ulug'bekning o'lkasida buzg'unliqlar yuz ко 'rsatiladi, Ulug'bekning o'lumi bilan natijalanadir.
Mana shut fojiali teskarichilikdan so'ng «go'zal san’atlar» markazi Samarkentdan Hirotqa ko'ehiriladir. Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning hinioyalari ostida chig'atoy adabiyoti, chig'atoy musiqiysining oltun davri» Hirotda qurula boshlaydir. Hirotda Husayn Boyqaro tegrasidagi musiqiy ustodlaridan so'zlaganda, boshlab Navoiydan gapirishning, qadrshunoslik yuzasidan lozini, deb bilamiz».
Bu davrda Ulug’bek, Ali Qushchi, Jamshid Koshiy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi jahon fani va madaniyatining ulkan namoyandalari bo’lgan bir qancha mutafakkirlar, san’atkorlar yashab ijod etdilar. Albatta, Amir Temur va temuriylar hukmdorligidagi mustaqil davlat faqat ichki zahiralar hisobigagina emas, balki boshqa yurtlami fath etish evaziga jamlangan boyliklarni o’zlashtirish hisobiga ham tiklanganligi va rivojlanganligini qayd etmoq zarur.
XV asr falsafiy. adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyoti silsilasi Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq. Buyuk shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy o’zidan keyingi avlodlarga ulkan adabiy- badiiy xazina, go’zallik bilan nurafshon bir meros qoldirdiki, bu meros hali to’la o'rganilgan emas. Navoiy falsafiy, adabiy-estetik qarashlari mehvarida komil inson tarbiyasi, uning go’zalliklari qurshovidagi hayot tarzi qanday bo'lishi kerak, degan masala turadi.
Alisher Navoiy ijodi - badiiy, tarixiy, ilmiy-falsafiy asarlarining har bir satrida so‘z dur-javohirga aylangan va go‘zallik bilan zarhallanib jilolantirilgan. Navoiy go’zallikni, nafis san’atni yuksak qadrlab, nafis san’at inson ma’naviy olami, kamoli uchun kalit ekanini ta’kidlaydi. Uning yozgan she’rlaridan birining mazmuni bunday: bizga yana bir shifo dorisi berilgan bo‘lib, uni san’at deb ataydilar, go’zallik yaratuvchi san’atkorlar chizgan rasmlar mo’jizakordir. Ular inson ruhiga mayin ta’sir qilish qudratiga ega.
Navoiy o'zining «Farhod va Shirin» dostonida Farhod devorlarni suratlar bilan bezab. ularda Shirin rasmini chizganligini, ayni vaqtda Shirin g'oyat go'zal hur-parilar qurshovida ham o'zining beqiyos husni bilan ajralib turgani tasvir etilganini hikoya hiladi.
Navoiyning adabiy, tarixiy va falsafiy asarlarida go'zallik, nafis san’at haqidagi fikrlar to'lib-toshib yotibdi. Shu bilan birga uning adabiy-estetik qarashlari «Majolis un-nafois», «Mezon ul avzon» va «Mufradot» asarlarida yanada yorqin ifoda topgan. «Majolis un-nafois»da 450 dan ziyod shoirlarning hayoti va ijodi haqida so'z yuritilib, ular ijodining eng cho'qqisini ko'rsatuvchi asarlaridan misoliar keltiriladi, yutuq va kamchiliklari baholanadi. Navoiy davrida kosiblar, hunarmandlar, ustalar, naqqoshlar, sozandalar, hofizlar, olimlar, amirlar va amaldorlar ham she’r yozganlar. U davrda shoirlik kasb bo'lmagan. Bular turli estetik nuqtai nazardagi kishilar bo'lib, ular orasida «izhori fazilat», «ermak» uchun she’r yozadigan shaklbozlar ham bo'lgan. Navoiy shu xil shoirlarni qattiq tanqid qiladi.
Navoiy zamonida she’riyatning g'azal janri keng tarqalgan edi. Ayni mahalda ruboiy, qit’a, muammo, tuyuq, qasida va boshqa janrlar ham e’tibordan chetda qolmagan edi.
Alisher Navoiyning badiiy so'zga munosabati «Mezon ul avzon» asarida yorqin ifodalangan. Buyuk mutafakkir bu asarida turkiy she’riyatning yozma va og'zaki namunalari asosida ularning o'zaro munosabatlari, vaznlar xilma-xilligini tadqiq etadi. Navoiy ilk bor yozma og'zaki adabiyot hamkorligida yuzaga kelgan janrlar (tuyuq...), og'zaki adabiyotning yozma adabiyotga kirib borishi (o'lan-changiy yoki yor-yor, qo'shiq...) masalalariga alohida to'xtaladi.
Bu misoldan ko'rinadiki, XV-XVI asrlarda turkiy-tarxoniy o'lan-qo'shiqlarning g'azal shaklida yaratilishi turkiy xalqlar og'zaki ijodidagi adabiy janrlar xususiyatining g'azal shakliga kirib borayotganidan shohidlik beradi. Alisher Navoiy ana shu muammoni ilk bor anglab, unga o'z munosabatini bildirdi.
Navoiy «Mezon ul avzon» asarida xalq qo'shiqlarining sakkiz tun (tuyuq, changi-turkiy, arzuvoriy. muhabbatnoma, mustahzod va boshqalar) haqida ma’lumot berib. ularning vazn xususiyatlarini ko'rsatadi.
Mashhur tarixchi Xondamir «Makorim ul axloq» asarida Navoiyning «Mezon ul avzon» asarining badiiy ahamiyati haqida bunday deydi: «Ehsonlar egalaridan eng go‘zalining tasniflaridan tag'in biri «Risolai niezon - ul avzon»dir. Bu kitob turkiy tilda aruz fani haqida yozilgan bo'lib, Oliy Hazratning chuqur va nozik she’rlar to'qishda Juda ko‘p iste’dodli va ortiq darajada mahorati bor ekanligi mana shu kitobdan aniq ma ’lum bo ‘ladi. Chunki, и o'tmishdagi olimlar va shoirlarning sezgilari nuri tushmagan bir qancha niaqbul bahr qo'shib, aruz doirasiga kiritgan».
Do'stlaringiz bilan baham: |