Navoiy - notiqlik san’ati haqida
Navoiy musiqa ilmini Xoja Yusuf Burhondan o‘rganib, musiqaning nazariy va amaliy qirralarini puxta o'zlashtirgan edi. «Boburnomawda Navoiyning mashhur asarlari sanalgandan keyin «Yana ilmi musiqiyda yaxshi nimalar bogdabdur, yaxshi naqsh ashulali kuylari), yaxshi peshrav (ashulasiz kuylari bordur» deyiladi.
Abdurauf Fitrat «O'zbek musiqasi va uning tarixi» asarida qadimda xonaqohlarda aytiladigan «Naqshi mullo» kuyi Jomiy asari, «Shashmaqom»dagi «Qari Navo» kuyi esa Alisher Navoiy asari ekanini eslatib shunday yozadi: «Ви kun O’zbekistonning ko’b o’rinlarida «Qari Navo» ismli bir kuy bor. Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda so ‘ylanib turadir. Buxoroning eski musiyqashunoslari orasida bu kuyning Navoiy asari bo'lg'ani so'ylanadir. Mana shu ma’lumotlardan so'ng «Qari Navo» kuyining Alisher Navoiy asari bo‘lg‘ani ehtimoli kuchlanib qoladir. Har holda biz shu ehtimolni ко 'zda tutub «Qari Navo» kuyining notasini asarimizga ilova qilishni munosib ko’rdik. Navoiyning musiqiyg 'a xizmati yolg 'uz kuylar bastalamak bilan qolmaydir. Navoiy eng buyuk musiqiy ustodlarini, eng iste’dodli musiqiy talabalarini o'z tarhiyasiga oldi. Ularning ma ’lumoilarini ortlirnioq uchun musiqiy risolalar yozdirdi. Bu to’g'rida Bobur Mirzo o'zining «Boburnoma»sida «Ustod Qulmuhammad-u Shayx Noviy va Husayn Udiykim, sozda (cholg'uda) saromad (ilgari bos'han) editor, bekning (Navoiyning) tarbiyat-u taqviyati bilan muncha taraqqiy-u shuhrat qildilar», deydir. Navoiyning o‘zi «Hamsatu~l- mutahayrin» kitobida ustod Qulmuhammadning shogirdlik vaqtida juda iste'dodli ekanini, bar narsani bot o'rganib, yaxshi chalg 'anini so ‘ylaydirda, musiqiyda uning nazariy ma ’lumotini orttirmoq uchun to'rt buyuk ustodga io'rtta tnusiqiy risolasi yozdirg'anini, risolalarni fani ta’lim yog'idan yararlik topmag'ani uchun, eng so'ng Mullo Jomiydan so'rab, beshinchi risola yozdirg'anini xabar beradir. Navoiyning o‘zi ham musiqiyda bir risola yozg'an deb so'lanmakdir».
XIV-XV asrlarda ajoyib musiqiy san’atkorlar sozandalar, bastakorlar, hofizlar, raqqoslar faoliyat ko'rsatdilar. Abduqodir Noyi, Quimuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G'ijjakiy, Mavlono Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Xoja Yusuf Andijoniy, Ustod Shodiy, Mavlono Najmiddin Kavkabiy o‘sha davrning mashhur san’atkorlari edilar. Ulug'bek, Jomiy, Navoiy, Binoiy kabi allomalar ham musiqa ijrochiligi, musiqa nazariyasi bilan shug'ullandilar.
Х-ХП asrlarda vujudga kela boshlagan duvozdah maqom (o‘n ikki maqom) yuqorida sanalgan musiqa san’ati ahllarining faoliyati va ijodkorligi bilan yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'tarildi, takomillashdi, yangi kuylar bilan boyidi. Duvozdah maqom ko‘pgina kuylardan tashkil topgan quyidagi o‘n ikki turkumni o‘z ichiga oladi: Rost, Isfahon, Iroq, Zirafkan. Buzruk, Hijoz, Busalik, Ushshoq, Husayniy, Zangula, Navo, Rahoviy. Bu maqomlarning har biri ikki asosiy sho'ba - qismdan iborat bo'Iib, 24 sho'bani tashkil etadi: Dugoh, Segoli, Chorgoh, Panjgoh, Muhayyar, Hisor, Muboraki, Nayrez, Nishopurak, Royi, Iroq, Mag‘lub, Rakb, Bayot, Zabul, Avj, Navro‘zi xora, Ma’mur, Ashiron, Navro'zi sabo, Humoyun, Nuhuft, G'azal, Arabon va Ajam.
O'zbek xalqining buyuk mutafakkiri, insonparvar shoiri Alisher Navoiy o'z ijodini hamisha ijtimoiy faoliyat bilan birga qo'shib olib bordi. Alisher Navoiy o'zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining asoschisi bo'lishi bilan birga barcha turkiy xalqlar adabiyoti va adabiy tiii rivojiga ulkan hissa qo'shganligi shubhasizdir. Navoiy turkiy tilda go'zal nutq tuzish va bu tilda ajoyib o‘lmas asarlar yozish mumkinligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotladi. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul lug'atayn», «Mahbub ul-qulub», «Nazmul-javohir» va boshqa qator asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lish bilan birga, tilning yuksalishiga ham katta hissa qo'shdi.
Bizning ota-bobolarimiz qadimdan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday zarti oltinlardan, ma’danu boyliklardan, duru gavharlardan ustun qo'yib kelishgan. Alisher Navoiyning: «Odami ersang, demagil odami, Onikim yo 'q, xalq g ‘amidin g ‘ami», misralari ham bu fikrimizning dalili sanaladi.
Hazrat Alisher Navoiy Husayn Boyqaroni «Sohibqiron» deb ulug'lagan bo'lsa, Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning turkiy tilda bitilgan «Hamsawsini o'qigach, «So'z sohibqironi», deb ataydi va Navoiyga bag'ishlangan risolasida buni qayd etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |