EKOLOGIYA FANINING PREDMETI, UNING MAQSADI VA
VAZIFALARI
REJA:
Ekologiya to’g’risida tushuncha, uning tarixi.
Ekologiya fanining vazifalari.
Ekologiya fanining asosiy yo’nalishlari.
Ekologiya fani integrative fan.
Ekologiya tushunchasi fan sifatida ilk bor 1866-yildan qo’llanila boshlangan. Qadimgi bobolarimiz tushunchani ancha ilgari anglab, uni o’z turmush tarziga aylantirilgan.
1993 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi Qonun 4- moddasiga binoan qanday mutaxassis ta’minlangandan qat’iy nazar barcha O’rta va Oliy yurtlarida fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini ta’minlash uchun ekologik o’quvchining majburiyatlari belgilab qo’yilgan.
XX asrda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblaniladi. Atrof-muhitni himoya qilish, ekologik norma tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlarga tejamkorlik bilan foydalanib yetkazish, bugungi kunda dolzarb muommodir. O’rmonlar, suv havzalari, tuproq, atmosfera havosi, o’simlik va hay von turlari kamayib borishining oldini olish uchun tabiatni o’rganish lozim’’.
Ekologiya faniga qiziqish insoniyatni dastlabki bosqichi boshlanishi bilan bog’liq. Ekologiya to’g’risidagi juda ko’p qiziqarli fikrlar, manbalar, qadimgi misrliklar, hindular, tibetliklar davridagi Geraklit (mil.av. 530-470), Giprokrat (mil.av. 460-370), Aristotel (mil.av. 384-322) bo’lgan davr manbalaridan ekologik omillar to’g’risidagi xabarlar bo’lgan.
Barchamiz o’z sog’ligimizga, atrofdagilarning salomatligiga mas’ulmiz. Nafaqat shunchaki sog’ bo’lish, balki haqiqiy salomatlikka erishish o’z qo’limizda ekanini bilishimiz kerak ekan. Inson ko’rimsiz, yoqimsiz chiqindi tepaliklarini paydo qiladi. Albatta, savol tug’iladi: nega bunday mas’uliyatsizlik? Unga javob izlash, topish amri mahol. Demak, inson o’ziga nisbatan shunday muhitni yaratmoqda.
Prezidantimiz shunday deganlar: “Har bir odamning sog’lig’i o’z qo’lida”. Bu gapni bejiz aytmaganlar. Chunki har bir inson yashashi uchun kurashishi kerak. Atrof-muhitga ta’sir ko’rsatayotgan omillarga qarshi chora-tadbirlar qo’llashi kerak. Ekologiya esa odamlar uchun qulay bo’lgan, bulg’anmagan tabiiy atrof- muhitni yaratish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, bu dolzarb muommoni hal qilishga yordam beradigan fan bo’lib qoladi.
EKOLOGIYA- ekologiya atamasini fanga 1-marta 1866-yil nemis biologi Ernest Gekkel kiritgan. ”Ekologiya” so’zi yunonchada “ekos”- uy, yashash joyi, maskan, “logos”- fan demakdir. O’z mazmuniga ko’ra “uy haqidagi, o’zining yashash joyi haqidagi fandir” degan ma’noni anglatadi. Boshqa barcha bilimlar yo’nalishlari kabi ekologiya insoniyatning butun tarixi davomida muttasil, ammo notekis rivojlangan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarida ekologik yo’nalish aniq ko’zga tashlanadi. Biroq yunonlar “Ekologiya” atamasidan foydalanishmagan.
Bizni o’rab turgan barcha o’rmonlar, muzliklar, tog’u dashtlar, havoyu suvlar, xullas tabiatning har bir shaxobchasi odamning a’zolari kabi bir-biri bilan uzviy, muvozanatli tarzda bog’langandir. Tabiatning biron-bir joyida sodir bo’ladigan o’zgarish, o’z navbatida,uning muvozanatga qandaydir ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, shuningdek tabiatga antropologik (insonning bevosita qatnashishi) ta’sir etishning toboro kuchayishi natijasida tabiiy omillarning o’zaro bog’lanishi ma’lum darajada muvozanatdan chiqmoqda, bu esa yer yuzida hayotiy jarayon risoladagidek kechishiga xavf solmoqda. Shu boisdan tabiiy muhitni asrash muommolari ko’p jihatdan ekologik tadqiqotlar bilan bog’lanadi.
Ekologiya fani organizmlarning o’zaro va ular yashaydigan muhit bilan munosabatlarini o’rganadi, ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hudud va akvatoriyalarga to’g’ri keladigan muhitlaridan iborat tizimlari tabiatini tadqiq etadi.
Populyatsiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ko’pincha umumiy ekologiya to’rt bo’lib o’rganiladi, ya’ni autekologiya, populyatsion ekologiya, sinekologiya va biosfera haqidagi ta’limotlardir.
AUTEKOLOGIYA- (“Autos” yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning ularning yashab turgan muhit bilan munosabatlarining turlarining qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
POPULYATSION EKOLOGIYA-(“Populyatsion” fransuzcha so’z bo’lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinomikasini, ma’lum
sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi)sabablarini tekshiradi.
SINEKOLOGIYA- (“Sin” yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” demakdir) biogeosenozlarning tuzilish va xossalarini ayrim o’simliklar va hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
BIOSFERA- (yunoncha “Bios”-hayot, “sfera- shar”) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig’i” hisoblanib,tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini tashkil etadi.
Ekologiya boshqa fanlarga nisbatan anchagina yosh. U tirik jonzotlarning yashash muhitini, o’zaro bir-biriga nisbatan munosabatlarini, hamda yashash sharoitlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni o’rganadi. Dastlab, ekologiya biologiya fanining bir qismi sifatida rivoj topa boshladi. Albatta, kimyo, fizika, geologiya, geografiya, tabobat, tuproqshunoslik va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’langan holda rivojlandi.
Demak, ekologiyaning bosh o’rganish obyekti- bu ekosistema, ekologik tizimdir. Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning yashash muhiti-makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya fanining vujudga kelishida Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil (evolyutsion) ta’limoti katta ro’l o’ynaydi. Bu fannining yuzaga kelganiga ham 143 yil bo’ldi, ammo alohida fan sifatida u XX asrning ikkinchi yarmida rivojlanib bordi.
Amerika olimi Ch.Adams (1913) ekologiya to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, chop ettirdi.
Ekologiyada organizm bir butun sistema sifatida ko’riladi. U tashqi muhit bilan o’zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib keldi.
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Ekologiya fanining rivojlanishi tabiatni o’rganish va tavsiflashdan boshlangan. Bu fransuz Jan Anri Faber o’zining mashxur “Entomologik estaliklar” (1870-1879) asarini yozgan davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakam rivoji ayrim turlar yashaydigan muhitni, ularning o’zaro munosabatlarini, simbiozini (grekcha-birga yashash), boshqa turlar bilan munosabatlarini o’rganishdan boshlangan. Bu ekologiyaning rivojida birinchi davrdir.
Ekologiya fanining rivoji ikkinchi davrida ekosistemalar, ya’ni ekotizimlarni funksional bir butun tizim sifatida o’rganilishiga asosiy e’tibor bera boshlagan. Bunda ekotizimlar o’zaro aloqador organizmlar va har qanday hududdagi atrof- muhit barcha elementlarining bir butunligidan iborat deb qaralgan. Ekologik tizimlardagi jonli va jonsiz tabiat elementlari bir butun holda o’z muvozanatiga va o’zaro aloqalariga ega bo’lib, bu muvozanat va aloqalar energiya hamda moddaning o’zgarishlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Ekologiya fani o’z rivojining uchinchi davrida ekotizimlarning o’zaro ta’sirini o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Endi ekologik tizimlarning o’zaro munosabatlarini (aloqalarini) o’rganish boshlandi. Yer yuzidagi barcha ekotizimlar birgalikda yaxlit biosferani tashkil etadi.
Biosferani o’rganish - ekologiya fanining rivojida to’rtinchi davrdir. Biosfera barcha jonli organizmlar va inson hayot kechiradigan muhitdir. U yerdagi o’zaro bog’liq barcha ekologik tizimlarning bir butunligidan iboratdir. Biosferada moddalarning aylanma harakati oziqlanish orqali ro’y beradi. Aytish mumkinki, biosferada har bir organizm bir-birini yeydi va hech bir jonzot yeyilishga mahkumlikdan holi emas.
Ekologiya fani o’z rivojining beshinchi davrida insonning biosferadagi o’rnini o’rganadi. Bu davr ma’lum darajada tugallangan evolyutsion sikldan iborat bo’lib, u ilmiy ma’noda biosferaning uyg’unlashgan qismi bo’lmish insonni takroriy ishlab chiqaradi.Inson biosferaning boshqa barcha tarkibiy qismlari bilan birgalikda evolyutsion yo’lni bosib o’tgan.
Shuningdek, atoqli tabiatshunos olim L.V.Peredelskiy fikricha, (2006 y) ekologiya fani rivojini 3 bosqichda ko’rish mumkin. Birinchisi, ekologiya fanining paydo bo’lishi va fan sifatida shakllanishi. Bu tirik jonzotlarning tabiiy muhit bilan o’zaro bog’langanligi hamda dalillar to’plash davri bo’ldi. Ayni shu faslda J.Lamark (1744-1829y) va T.Maltus (1766-1834y) singari atoqli olimlar kishilik jamiyatida birinchilar qatorida insoniyatning tabiatga ta’siri salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |