Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Temuriylar davrida husnixat san’ati



Download 0,91 Mb.
bet56/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Temuriylar davrida husnixat san’ati

«Tasviriy ish ustalarining nizomi»da keltirilgan bir rivoyatga ko‘ra, arab yozuvini Muhammad payg’ambar (s.a.v.) va ishni Ali ibn Abu Tolib (r.a.) yaratganlar. Hadislarda «Agar kimki tasviriy ish kimdan boshlangan, deb so'rasalar, Alloh tomonidan tayinlangan Muhammad payg'ambarimiz (s.a.v.)dan boshlangan deb javob qaytar, Agar musavvirlik vasiyat qilinganmi, shartmi, qonuniymi, tavsiya etilganmi, deb so‘rasalar. Alloh Jabroilga buyurganidan keyin vahiy bo’lib qoldi. Jabroildan Muhammad o‘rganganidan keyin shart bo'lib qoldi. Muhammad payg'ambar (s.a.v.) tasvir xatga zeb berganligidan so‘ng qonuniy tusga kirdi. Muhammad alayhissalom hazrat Usmon va hazrat Aliga o'rgatganlaridan keyin tavsiyali tus oldi, deb javob qilinglar», deyilgan.
Yuqoridagi risolalarda husnixat san’ati bilan estetik axloqiy vazifalar uzviy bog'liqlikda bayon etilgan. Chunki, o‘rta asrlar musulmon dunyosida husnixat va qo'lyozma kitob bezash (xattotlik) san’ati boshqa mamlakatlarga nisbatan yuksak estetik ahamiyati kasb etgan edi.
Risolalarda tasviriy san’atning ilohiy kuch-qudratga bog'liqligi «tasvir»ning «naqsh»dan farqi Allohga maqbul bo’lgan xattotlik. naqqoshlik va soyasiz tasvir (miniatyura) san’ati, har birining yo‘l, uslubi mustaqil ekanligi haqidagi fikrlar uqtirilgan. Masalan, Sodiqbek Afshar shunday yozadi: «Agar tasvirlash san’ati sening orzu-umiding bo‘Isa, unda faqat Allohning o'zigina senga ustoz bo'la olishi mumkin». Uning fikricha. voqea-hodisalarni tasvirlash ulardan oddiy nusxa ko’chirish emas, balki ulardan kelib chiqadigan o'ziga xos fikr-tuyg‘ularni, orzu-umidlarni. tasavvur kuch-qudratini aks ettirishdir.
Qozi Ahmad ibn Munshiy Al-Husayniy san’atkorning ijodiy yo‘li voqelikning asl mohiyati va mazmunini bilish, badiiy mahoratni sayqal toptirish yo'lidir, deb ta’riflaydi. Barcha san’atkorlar orasida faqat musavvirlargagina beqiyos tasavvur kuchi va nozik iste’dodga xos bo'lib, bu xislatlar aqliy va hissiy ijod uchun xizmat qiladi, deydi u.
Qozi Ahmad ijod jarayonida amal qilinadigan o'y-xayolning ikki ko'rinishi mavjudligini bayon qilib, ulardan biri ijodiy-badiiy yaratishga yo'nalganligini, ikkinchisi esa badiiy ijodga begona bo'lgan xom xayoldan boshqa narsa emasligini uqtiradi. Uning fikricha, san’atkor mahorati badiiy o'y-xayol bilan bog‘langan bo'lishi, ammo unga teng kelmasligi, u bilan qo'shilib ketmasligi lozim.
Temuriylar davri va umummusulmon san’atining nazariy va amaliy tajribalari umumlashtirilgan estetik qarashlarni Ovrupo Uyg'onish davri mutafakkirlari, san’atkorlari puxta o'zlashtirdilar. Bu qarashlar yangicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanayotgan vaqtlarda ham Ovrupo hududlari doirasida rivojlanib, yoyilib boraverdi. Bunga asosiy sabab, Sharq san’atkorlari g'arblik kasbdoshlaridan ancha oldin san’atning ilohiy va dunyoviy mazmunini qaror toptirishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Musulmon e’tiqodiga mansub bo'lgan xalqlar, jumladan, O'rta Osiyo xalqlari o'rta asr san’atining taraqqiyparvarligi va estetik jihatdan ahamiyatliligi xuddi ana shu tamoyillar bilan izohlanadi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish