Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Mashrabxonlik - she’riyat bayrami



Download 0,91 Mb.
bet61/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Mashrabxonlik - she’riyat bayrami

Qo'qon xonligida Mashrabxonlik keng tarqalgan. Mashrabxonlikning Farg'onada keng tarqalishini adabiyotda ham, musiqada ham xalqning orzu-umidlari demokratik fikrining ifodasi deb tushunmoq joizdir.
Lirik va isyonkorlik ruhida yozilgan she’r, kuylari uchun Mashrabni Ashtarxoniy sulolasining hukmdori Mahmud Qatag'on
161
dindorlar talabi biJan dorga osib o'ldirtiradi. Shundan so'ng mashrabxonlik yana avj oladi, xalq unga marsiyalar to‘qiydi, g'azallarni baralla kuylay boshlaydi.
Farg'onaning o'ziga xos musiqasi maydonga kelishida yana bit manba asos bo'lgan bo'lishi mumkin. Bir vaqtlar Andijon hukmdori Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx zamonasida Andijonda juda ko'p shoir va olimlar, sozanda, raqs hamda tomosha turlarining namoyandalari to'plangan. Farg'ona muzofoti va Qashqar vohasining poytaxti hisoblangan bu shaharda to‘plangan san’atkorlar juda ko'p musiqa kuylari. taronalar kashf etganlar va shogirdlar tayyorlaganlar. Natijada. Andijon qariyb ikki asr musiqa va o'zbek an’anaviy teatri san’atining markazi rolini o'ynagan. XVII asrda o'zbek xalqining buyuk musiqa nazariyotchisi Darvish Alining Andijondan chiqishi ham bejiz bo'lmasa kerak.
Bobur xonadonining Andijondan Hindistonga safaridan so'ng siyosiy san’atkorlar butun Farg'ona bo'ylab tarqalib ketdi. Ular xalq ichiga kirib borganlar va xalqqa yaqin musiqa, kuylar yaratganlar. Mashrabxonlik endi vodiydan butun O'rta Osiyoga tarqadi. Xalq yaratgan bu yangi uslubdagi she’riyat va musiqa keyinchalik Farg'ona xonligining poytaxti Qo'qon musiqa madaniyatiga asos bo'lgan bo'lishi ehtimoli bor.

    1. Farg'ona-Toshkent shashmaqomi

Farg'ona musiqasining alohida bir uslubda takomil topishida uyg'urmusiqasining ta’sirini ham alohida o'rganish mumkin. Qo'qon xonlarining Qashqarga bir necha bor yurishlari, iqtisodiy va madaniy aloqalar, Qashqarning ayrim tarixiy davrlarda Qo'qon xonligiga tobe bo'lishi, uyg'ur sozandalari, hofizlari, raqqoslarining Farg'onaga oqimi, Farg'ona musiqasi bilan uyg'ur musiqasi o'rtasidagi yaqinlikni keltirib chiqargan edi.
O'zbek va uyg'ur musiqa aloqalarining naqadar keng iz olganini, «Dodimga yetsang-chi», «Voy, zolim» kabi o'nlab kuylarning Qashqardan o'tib, Farg'onaga keng tarqalgani to'g'risida Hamza Hakimzoda Niyoziy ham yozib qoldirgan.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Farg'ona o'zbek musiqasida o'z uslubini yaratishda klassik musiqa merosidan yuz o'girmadi. Farg'onada ham o‘n ikki maqom va Shashmaqom keng tarqalgan edi.
Sharqshunoslik institutida 6977 inventar raqam bilan saqlanayotgan «Xudoyberdi ustoz bayozi» bunga dalil bo‘la oladi. Bu bayoz o'tgan asrda Muhammad Komil Niyozpolvon tomonidan tuzilib, unga XIX asr boshida Xudoyberdi ustoz tomonidan o'n ikki maqom turkumida Xorazmda aytib yurilgan «Maqomi Oro», «Navro'zi Xoro», «Siporish», «Taronai Segoh», «Taronai Buzruk», «Talqini Buzruk», «Maqomi Dugoh», «Daromadi Talqin», «Taronai Chorgoh» kabi ellikdan ortiq kuylar kiritilgan.
Bu san’atkorni Qo‘qon xoni Umarxon Xorazmdan Qo‘qonga oldirib kelgan, u Qo'qonda o‘z maktabini yaratgan edi. Bu shuni ko'rsatadiki, XIX asr boshida Farg'onada o‘n ikki maqom muayyan bir shaklda rivoj topgan. Xudoyberdi ustoz vafotidan so'ng Farg'ona va Toshkentga Buxoro Shashmaqomi ham kirib keladi. Farg'ona bastakorlari ham xorazmliklar singari Buxoro Shashmaqomi yo'llarini o'rganish va uni boyitishga astoydil kirishganlar. Chunonchi, Buxoro va Xiva Shashmaqomining «Sarahbori», «Talqin», «Nasir», vokal qismiga «Qashqarcha» qo'shganlar va hokazo. Bundan tashqari Farg'ona sozanda va bastakorlari musiqada yangi forma, uslub va janrlar qidirganlarida «Shashmaqom»dan keng foydalanganlar. Shashmaqomning butun Turkiston xonliklaridagi asosiy o'zagi bir bo'lgan. Masalan, Farg'ona va Toshkent Shashmaqomidagi «Bayot», «Dugoh Husayniy», «Chorgoh», «Gulyor shahnoz»ning asl o'zagi Buxoro va Xiva Shashmaqomlaridan kelib chiqqan. Biroq Qo'qon xonligida Shashmaqom tugallangan murakkab bir shaklda rivojlanmadi. Faqat u ko'proq vokal syuita formasida takomil topdi. Natijada, Qo'qon xonligida Shashmaqomning o'ziga xos Farg'ona-Toshkent nusxasi maydonga keldi. Qo'qon saroyida Shashmaqomning kam ijro etilishi, lining ijrochilari esa asosan xalq o'rtasida tarqalgani sababidan Farg'ona «Shashmaqom» ijrochilari o'ziga xos uslubni ham keltirib chiqargan edilar. Bu yerda Buxoro va Xiva saroyidagi «Shashmaqom» ijrochilaridek qat’iy uslub va qoidalarga rioya qilinmas, Shashmaqomning kuy va musiqalari ayrim-ayrim chalinishi yoki kuylanishi ham munikin bo'lardi.
XVIII va XIX asrning birinchi yarmida o'zbek musiqasining rivojlanish yo'li shunday. U o‘zining boy an’analariga, murakkab musiqa va rang-barang ashula san’atiga, musiqaning yirik namoyandalariga, iste’dodli bastakor, sozanda, ijrochi va hofizlarga ega edi. Biroq u o'zining taraqqiyot darajasida XIX asrdagi Yevropa musiqa madaniyati erishgan yutuqlarni qo'lga kirgiza olgancha yo'q. Unda Yevropa madaniyatida tug'ilgan simfoniya, opera, musiqali drama, xor kabi yangi janrlar va murakkab formalar hah o'sib chiqmagan edi. Turkistonda Yevropa singari musiqaning ilmiy asoslari, nota, garmoniya ilmi ham hali mavjud emasdi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish