Raqs - qadimiy kichik tomosha turi
XVIII va XIX asrda o'zbek raqs san’ati ham boy an’anaga ega bo‘lgan. O'zbek xalqi o'zining qadimgi xoreografiya san’atini va uning ustozlari, raqqos va raqqosalar, mohir o‘yinchilarning ijodi va kashfiyotlarini tuzumlar o'zgargan eng qaqshatqich yillarida ham ko'z qorachig'iday saqlab qola oldi.
Qadimgi ko'hna zamonlarda bo'iganidek, Turkiston xonliklarida uning xonadonlarida asrlarda biron xalq yig'ini yoki marosimi, sayil va tomoshalari, bayram tantanalari, ma’raka va to'ylari yoki bazmlari, mehmonxona o'tirishlari qo’shiq, musiqa va raqs san’atisiz o'tmasdi. Bizning asrimizgacha yetib kelgan rang-barang, turli janr va shakllarda ko'rinadigan o'zbek raqs san’atining chuqur ma’noga ega bo'lgani, undagi murakkab xoreografiya tili, raqs tuzilishidagi originallik, o'zbek xoreografiya san’atining uzoq asrlik yo'l bosib o'tganidan, tinimsiz taraqqiyot va boyish jarayonini boshdan kechirganidan dalolat beradi. San’atshunos olim L.Avdeeva o'zbek xalqining qadimgi xoreografiya san’ati va undagi tur va janrlarning rang-barangligi, boy an’analari kishini hayratda qoldiradi, deb yozadi. «O'zbek raqs san’ati, -- deydi u, odamning son-sanoqsiz sezgi, tuyg 'u, his, holat, chuqur tafakkur va hat to falsafiy fikrlarini, kuchli dramatik kechinmalarini, eng nozik tomonlarigacha to'la ifodalash qobiliyatiga ega».
L.Avdeyeva ilgarigi Turkiston xonliklaridagi professional raqqos va raqqosalar ijro etgan o'yinlarning bir-biridan o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qilganini ko'rsatib, o‘zbek raqs san’atining Farg'ona, Buxoro va Xorazm guruhlariga bo'linajagini to'g'ri ko‘rsatib beradi. Chunonchi, u Farg'ona vodiysida professional raqqos va raqqosalar tomonidan ijro etiladigan raqslarni ikki guruhga: «Katta o'yin» va «Xona bazm» guruhiga, Buxoro vodiysidagi raqslarni «Maqom o'yini» va «Xona bazm» guruhlariga, Xorazmda esa «Maqom o'yin», «Qayroq o‘yin» guruhlariga bo'lgan.
Buxoroda «Buxoro o'yini» deb nom olgan jamoa bo'lib o'ynaladigan yoki yolg'iz ijro etiladigan o'yinlar ijod qilingan. Bu o'yin o'zining aniq usul, sho'x va serzavqligi bilan boshqa xonliklardagi raqslardan butunlay ajralib turadi. Bundan tashqari bahorda «Guli surx» marosimlarida o'ynaladigan raqslar ko'p bo'limdan iborat. «Bozi kalon», «Qayroq o'yin», «Zang o'yin» ashula bilan ijro etiladigan va turli usullarni o'z ichiga olgan «Maqom o‘yin»lari mavjud. Buxoro xoni saroyida ham maxsus raqs ansambli ishlardi. Bu ansamblning o'yinlari - harbiy xarakterga ega bo'lib, bunday o'yinlar boshqa xonliklarda uchramaydi.
Buxoro xonligining Zarafshon vodiysi, xususan, Samarqand tumanlarining ham o'ziga xos raqslari mavjud bo'lgan. Chunonchi, M.Qodirov «Qarsak o'yin» nomi bilan yuritilgan katta turkumga ega raqslar to'g'risida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Bu o'yin «Besh qarsak» va «Mayda qarsak» guruhlariga bo'lingan. Bu qadimgi o'yinning ijrochilik xarakteri ham boshqa tumanlarda uchramaydi.
Xorazm xonligida ham bu davrda o'ziga xos «Masxaraboz o'yinlari», olti bo'limdan iborat «Maqom o'yinlari», «Qayroq», «Zang» o'yinlari. hamma xonliklarda bo'lganidek, turli maishiy- oilaviy va hayvonlarga taqlid o'yinlar pantomimalar keng tarqalgan edi.
XV1II-XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligida raqs san’ati, ayniqsa tez rivoj topdi. Murakkab syujetli «Qatta o'yin», «Kema o'yini» kabi guruhli raqslarni takomiilashtirish ustida ish olib borildi. Bu pallada Farg'onada «Xona bazm». «Xufya bazm» deb ataladigan va ashula bilan olib boriladigan turli shakldagi lirik va sho'x o'yinlar ham taraqqiy topdi.
Qo'qon saroyida XIX asrda o'ynalib yurgan «Kema o'yini» Farg'ona xalqining eng sevimli o'yinlaridan hisoblanardi. Uni raqs jamoasi ijro etar, ijrochilik spetsifikasi ham juda murakkab edi. M.Alibekov bu o'yinning bezaklari to'g'risida: «Raqqos va raqqosalar «tushib» olgan kemalar turli rangdagi shohi gaznwllardan drafirovka - qatarmali bezak qilingan, etagi yerga tegib turadi. O'ynovchining oyog'i ko'rinmaydi. Kemalarga bayroqcha va fonarchalar ilingan. Kenianing tumshug 'iga ajdaho rasmi chizilib, uning pastki qismiga chizilgan oyoqning surati csa xuddi kema haydab ketayotganga o'xshaydi», deb yozgan edi.
1872-yilda Qo'qon xoni saroyidagi raqs ansambli ijro etgan «Kema o'yini» va ularning badiiy mahoratiga rus elchilaridan I.Ibrohimov juda katta baho bergandi. «Ви guruhli o'yinlarda raqqos va «raqqosalar» Juda tez va abjir charx uradilar, ularning qo 7, oyoq va tana plastik, yuz ntitnika harakatlari nihoyatda boy va nafis, harnma birday harakat qiladi va bir chiziqda qadam tashlaydi. Bular hammasi bir ajoyib go ‘zallik va yoqimli nianzara tug 'diradi», deb yozadi.
Haqiqatan ham bezatilgan rang-barang kemalarga o'tirgan 60 kishidan iborat bo'lgan raqs ansambliningzavqli musiqa taronalarida bir saf bo‘lib, mayda qadam tashlab o'ynashlari, ilon kabi buraladigan besuyak tan va qo'llar, qiyg'ir bo'yinlar. yuzlaridagi noz- karashmalar, 40-50 martaga yetib boradigan va kishi ko'zini tindiradigan charxlar elchilarni hayratda qoldirgan bo'lishi mumkin. Bu esa Farg'ona raqqos va «raqqosalari»ning katta professional maktab ko'rganliklaridan darak beradi.
Farg'onada qadimdan o'ynalib yurgan «Qatta o'yin» tarkibida «Sarboz», «Chapandoz», «Yo'rg'a», «Jilva», «Sadr», «Qaytarma», «Gul o'yini», «Zang» kabi oltmishdan oshiq usul bo'lgan. Juda katta turkumni tashkil qilgan «Qatta o'yin» mantiqli syujetga ega bo'lib, uning har bir usuli maxsus kostyumlarda ijro etilardi. «Qatta o‘yin»dagi har bir usulning o'ziga xos chizig'i va harakat o'lchovi bo'lgan. «Qatta o'yin» ijrochilarining kostyumlariga ham katta e’tibor berilgan. Kostyumlarning beli qisiq. etagi keng, yenglari tarang tortilgan bo'lardi. Kostyumlar zar yoki shohi kimxoblardan tikilar, qo'l va oyoqqa charmdan tikilgan korsajlar kiyilardi. Ayrim usullar ijro qilganda oyoq va qo’lga zang taqilardi. Raqqoslar boshlariga maxsus tikilgan sosar telpaklar kiyar, «raqqosalar» esa tillaqosh taqardilar.
Ma’lumki, katta jamoalar uchun «Kema o'yini» yoki «Qatta o‘yin» kabi yaxlit o'yinlarni keng maydonlarda qo'yish, «mizanssena» chizib, guldasta yasash murakkab masala. Bu ustozning katta professional mahoratiga bog'liq. Ayniqsa, saroyning «mo'tabar» kishilari «raqqosalarwdan nihoyat nazokatli va nafis o‘yinlar ko'rsatishni talab qilardilar. Bunday o'yinlarni tayyorlash uzoq repetitsiyani talab qilardi.
XVIII va XIX asrlarda turli xonliklarda o'zbek raqs san’atining maxsus maktablari mavjud edi. Raqs san’ati ustalarining har birida 8-10 gacha, xon saroylarida esa 50 tagacha shogird tarbiya topardi. Raqs maktablarga eng qobiliyatli yoshlar tanlab olinardi. Maktablarda o'qish muddatlari noaniq bo'lgan. Har bir ustozning o‘z o'qitish uslubi. o‘z yo'li bo'lib, o‘zicha muddat belgilardi. Ayol o'yinchilar esa ayol ustozlarda tahsil olishgan.
N.S.Likoshin Qo'qon raqs san’ati maktabidagi o‘qitish usullarini quyidagicha hikoya qiladi: «Raqqosni nntsiqa ostida o'ynashga, qo'l va oyoq harakatlarining plastik va nafis bo'lishiga, tana harakatlarining epchil va silliq chiqishiga, ко ‘z va yuz mimikalariga, liar bir harakatning chuqur tna’noga ega bo'lishiga, hatto she’r о qishga о ‘rgatilardi. Buning ustiga raqqos shirin tovushga ega bo ‘lib, ularni ashula aytish, musiqa asbobida chalishga ham о 'qitilardi». Raqs maktablarida tarbiya topgan raqqoslar faqat erkak o'yininigina emas, ayollarning ham eng nozik raqslarini o'ynay olishlari shart. Chunki, islom erlar jamiyatida ayollarning o'ynashlarini man qilgan edi. Shuning orqasida erlar jamiyatida ayol o'yinlarini yosh yigitlar tomonidan ijro etish rasm bo'lib qolgan. Ular ayol raqsini o'ynaganlarida faqat ayol o'yiniga xos xususiyatlarnigina emas, hatto to'la ravishda ayollarning xarakteri, holati va ularning ichki, ruhiy kechinmalarini bera olar edilar. Shuning uchun raqqos zaifona o'yinlarni ijro etayotganida tashqi qiyofada ham, harakatlarining nafisligida ham. tovushida ham ayollardan ajratib bo'lmasdi.
Turkiston o'lkasi statistikasi uchun to'plangan materiallar ichida 1876-yilda ayol raqsini ijro etgan bir raqqos san’ati to'g'risida quyidagicha hikoya qilinadi: «Bir ayol kiyimidagi raqqos maydonga chiqib, sozandalar ro 'boro ‘sida tiz cho 'kadi, kokili bor, ichida qizil atlas ко ‘ylak va lozim, ustidan beqasam kamzul kiyib, belini shohi belbog' bilan bog'lab olgan. Bo'ynida taqinchoqlari bor. Bu childirmachi tiz cho 'kib childirmada usul tortadi. Raqqos о ‘ynab ashula aytadi, uning qadami va hamma harakati childirma taktiga monand. О‘yin tezlashadi. Raqqos davrani bir necha bor aylanib chiqadi, so'ngra bir joyda, bir oyoq uchi bilan juda tez va hisobsiz charx uradi, chir aylanadi, yelkalar nozik uchadi. Qo ‘liar ipak singari osmonga uchnioqda, bir qo ‘li havoga ко tarilsa, ikkinchisi belida, so ‘ngra tiz cho ‘kib, jozibador qiliqlar bilan kokilini silaydi, qo ‘llarini ravon va nazokat bilan titratadi, suyaksiz tana Hon kabi har tomonga nozik tashlanadi. Boshini orqaga tashlab, kalla va bo'ynini qiyg'ir singari о ‘ynatadi. Yana birdan charx boshlanadi, so ‘ngra maydonni tizzada yurib aylanib chiqadi... Bu raqqosni ikkinchisi abnashtiradi».
Afsuski, Turkiston xonliklarida XVIIJ va XIX asrning birinchi yarmigacha ijod qilgan raqs san’ati namoyandalarining nomlarini aniqlab bo'lmadi. Yozma adabiyotda Farg‘ona xonligida yashagan qo'qonlik usta Muhammadjon, Asqar bachcha, Makaylikbachcha, Farzinxon va Hamdambachcha, Saidbachchalarning nomlari uchraydi. Chunonchi, N.S.Likoshin o'tgan asrning oxiridaToshkentda juda katta muvaffaqiyat bilan gastrol qilgan qo'qonlik Makaytik bachcha san’ati to'g'risida juda baland zavq bilan yozadi. U deydi: «Макауlikda raqsga xos san’atning hamma go'zalliklari jam bojgan. Bu raqqos о ‘zi о 'ynab aytadigan kuylarni о ‘zi bastalab, she 'rlarini ham o'zi yozardi». Bunday ma’lumotlar Kaufman to'plamida ham uchraydi. XIX asrning oxirida rus etnograflaridan L.K.Kushnaryova o'zi qoladi. Toshkentda o'tgan bir sayilda u Hamdam bachcha tomonidan o'ynab, aytiladigan kuyning matnini keltirgan:
«Axbob uchun bugun bazm ayla mahbub raqamni, Do'st do'stiga fido aylar jon ila qadamni, Tashlang emdi bu bazm ichra g'am ila alamni, Bo'ling bedor. qaddin koTing bedor Hamdamni, Noz o'zgachayu Sitam bo'lakcha. Yoz o'tib. u qish bo'lakcha. Qish o'tib, u yoz bo'lakcha. Manga qarang, noz bo'lakcha. Mening otim Hamdambachcha. Noz o‘zgacha-yu, Sitam bo'lakcha».
K.Kushnaryovaning yozishicha, Hamdambachcha o'zining yuksak badiiy san’ati bilan o'n minglarcha tomoshabinni
zavqlantirar, hayajonga solar, iztirob chektirar edi. Bu san’atkor aslida shahrixonlik bo'lib. qo'qonlik ustozi Asqarbachcha qo'lida larbiya topgan ekan. Yuqorida zikr qilinmish professional mohir raqqoslar ijro etgan odamning his-tuyg'ularini, sezgi va holatlarini, uning psixologiyasini, fikr-zikrlarini badiiy ifoda, aniq tana harakatlarida namoyon qila olgan. Ular bag'oyat katta badiiy ta’sir kuchiga va chuqur ma’noga ega bo'lgan - «katta» va «kichik» o'yinlarda, shuningdek, maqom yoki qayroq o'yinlarida o'z mahoratlarini ko'rsatgan. Bundan tashqari Turkiston xonliklarida hayvonot olamini, insoniyatning maishiy hayotini, mehnat jarayonlarini yoki biron fantastik hodisaiarni o'zida aks ettirgan raqslar ham ko'p edi. Garchand bu guruhga kirgan raqslar ham o'ziga yarasha badiiy xususiyatga ega bo‘lgan. L.Troitskaya. L.Avdeeva, M.Qodirov, T.Obidovlarning yuqorida eslab o‘tilgan asarlarida bunday turkumdagi raqslar to'g'risida ma’lumotlar yetarlidir.
O'zbek xoreografiya san’atining Turkistonga rus teatri madaniyati kirib kelguncha bo'lgan yetuklik darajasi shunday edi. U boy an’anaga, o'zining badiiy professional maktabiga, rang-barang janr va turlariga, mohir raqqos hamda raqqosalariga ega bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |