Bog'liq Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)
Myuzikl - xoll: ovqatlanish va tomosha ko’rsatish joyi
Estradaning san’at turi bo'lib ajralib chiqishida «myuzik - xoll teatri» o’zining katta hissasini qo’shdi. Myuzikl - xoll inglizchada - «musiqa zali» ma’nosini angalatadi va bugungi «konsert zali» tushunchasiga teng. Myuzik - xoll XVIII asrning boshlarida. Angliyada «Salon - teatr», ya’ni «Kabak teatri» - ovqatlanish va tomosha ko’rish joyi ma’nosida paydo bo’ldi.
1830-yilga kelib «Kabak teatri» aktyorlari - qo’shiq, raqs va hazil -mutoyibalarni. sahna ko’rinishlari, ya’ni nomerlardan iborat tomoshalarini muxlislar taklif qilgan joyga «ko’chib» borib ko'rsatish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ko'chma holda - muxlislar chaqirgan joyga borib, biron tadbirni o’tkaza oldigan aktyorlar guruhini. konsert zalida - ovqatsiz tomoshabinlarni bir joyga to’plab. teatrlar kabi bilet sotib konsert berishni ta’minlash niyati «Myuzikl - xoll teatri»ni - ilk konsert zalini yaratdi.
Londonning «Choy ichadigan bog‘» nomli maskanida birinchi bo’lib «Myuzikl - xoll teatri» - konsert zali tashkil qilindi. Bu yo'nalish butun Angliyada juda tez rivojlanganini ko'rgan davlat xodimlari 1890-yilda «Algambra» nomli myuzikl - xoll teatrini tashkil qildi. Bu teatr aktyorlari tarkibini estrada va sirk ijodkorlarining mohir ustalari tashkil etdi. Uning repertuaridan asosan komediya yo'nalishidagi tomoshalar - fars, grotesk, ekssentrika, ya’ni bo’rttirilgan. shiddat bilan rivojlanadigan, hayrotomuz nomerlar o’rin oldi.
1904-yilga kelib «Kolizey» nomidagi myuzikl - xoll konsert zali bir kunda to’rt marta tomosha ko’rsatish darajasiga yetdi. Konsert zallarining Angliya bo’ylab ko’payib ketishi XX asrga kelib estrada konserti shaklida butun Yevropa va Amerikani egalladi.
Myuzikl - xoll teatri nomidagi maskanlar o’z sahnasida barcha tomosha turlarini, tryuklarni. fokus va gipnozlarni ko’rsata oldi. Uning sahna mashinalari - texnikasi, aktyorlar ijrosi va repertuari juda rivojlanib ketdi. Hazillar - keskin satiraga. sho’x raqslar - yarim yalang’och ayollar raqsiga, fokuslar - sahnaviy tryuklarga aylandi. Konsertlarda bezakli kiyimlar ko’rigini va yalang’och ayollar raqsini namoyish qiladigan qizlar guruhlari - «gyols» deb atala boshladi.
Myuzikl - xoll teatrlari tomoshabinlarni ko’proq jalb qilish maqsadida o’z konsertlariga «gyols» qizlarini taklif qilishni yoki teatr qoshida shunday truppa tuzish masalasini hal qila boshladilar.
XX asr boshlarida «gyorls» raqs guruhlari biian mashhur bo'lgan yirik myuzikl - xoll teatrlarini dunyo kezadigan zodogonlar yaxshi bilgan. Ular: Londonda - «Metropolilen» va «Palladum»; Parijda - «Mulen ruj» va «Kazino de Pari»; Nyu-Yorkda «Radio siti Myuzikl - xoll» edi.