Konsert - kichik shakldagi tomosha turlari to'plami
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, teatr kabi tomoshabin yig'adigan tomoshagohlar paydo bo‘la boshlagan. «Kichik shakldawgi tomoshalar majmuasi «konsert» deb ataldi. Konsert - lotinchada «kurashyapman», «aytishyapman» ma’nosini anglatadi. Dramatik teatr opera yoki balet teatri guruhlarining aktyorlari birgalikda ansambl bo'lib o‘z spektaklini yaratadi. Ular tomoshabin qalbini badiiy yaxlit «katta shakldagi» tomosha bilan zabt etadi. Asar g'oyasini ochish uchun aktyorlar iqtidoriga qo’shimcha rejissura, sahna xizmatchilari, grim va sahna jihozlari bilan birgalikda yaratilgan atmosfera - muhit ham xizmat qiladi.
Konsertda esa bir aktyor «kichik shaklda»gi tomosha - qo’shiq. raqs, she’r, monolog, yoki sirk nomeri bilan tomoshabin qalbini zabt etadi. Sahnada yolg‘iz turish va o‘zi o'ylagan rejasini badiiy shakldagi nomer orqali minglab odamlarning qalbiga singdirish qudrati faqat estrada aktyoriga nasib qila boshladi.
Shunday qilib oldindan rejalashtirilagan bir necha yakka chiqishlar to’plami «konsert» deb nomlana boshlandi. Chunki, tomoshabinning oldiga yakka chiqib keladigan har bir artist endi o‘z nomeri bilan o‘zidan oldin sahnaga chiqqan ijrochi uchun chapak chalgan tomoshabin e’tiborini qozonish uchun «kurashadi». Bu kurash tomoshabinlarda «endi sizlarni yana nima bilan hayratga solaylik» degan katta qiziqishni uyg'otdi. Bu izlanish hashamatli teatr binolari va uning badiiy yaxlit tomoshalari bilan raqobatdosb bo'la oladigan konsert zallari va uning «kichik shakldagi» tomoshlar to'plami - konsertni paydo qiladi.
Zerikkanlar va charchaganlar uchun bu «kichik shakl»dagi tomoshalar to‘plami ham ma’qul bo’ldi. Endi mazkur yo'nalish faqat bayramlar va sayillarda namoyon qilinadigan kichik shakldagi tomoshalar sahna san’ati turlari orasida «estrada san’ati» maqomini oldi. Chunki, teatr san’ati - she’riyat, qo‘shiq, raqs, musiqa va sirk nomerlari kabi mustaqil tomosha turlaridan faqat spektakl g‘oyasini ochish uchungina foydalanar edi. Shuning uchun teatr o‘z aktyoridan serqirra ijodkorlikni - qo'shiq aytish va raqsga tushish mahoratini ham talab qilgan.
Estrada san’ati esa - har bir tomosha turini sof holda, yuqori saviyada, o'z yo'nalishining eng mohir ustalari ijrosida, san’at darajasida ko'rsatdi va ularni bir konsertda jamlay oldi. Konsert yana xuddi shuning aksi bo'lgan - she’riyat, qo'shiq, musiqa, raqs va sirk tomoshalarida «yulduzlikka da’vogamlarning zaif tomonlarini ochadigan parodiyalar ham ko'rsata oldi. Shuningdek, ular omuxtasidan - aralashib ketishidan paydo bo'lgan orginal, yangi va takrorlanmas tomoshalarni ham faqat konsert jarayoni ko'rsata oldi. lining aksi bo'lgan «orginalikka da’vogarwlar ustidan kula olishi bilan ham konsert o'zining keng qamrovligini namoyon qildi. Tomosha turlari to'plamini namoyish qiladigan konsertlar - yakka ijrochilar hamda nomerlar ko'rsatdi, mardi maydon, ya’ni «estrada san’ati» bo'lib o'z muxlislariga xizmat qila boshladi.
XVIII asrga kelib konsertlarga bilet sotila boshladi. Konsertda, avvalo, musiqa ijrochilari: skripka, fortepiano, kamerna orkestri - kichik shakldagi ijrochilar guruhi va simfonik orkestr - katta shakldagi ijrochilar guruhi muvaffiqiyat qozondi. Keyinchalik badiiy o’qish, monologlar, baletdan yoki operadan parchalar va sirk nomerlari ham konsert ishtirokchilariga aylandi.
Shunday qilib, konsertlardagi «kichik shaklda»gi nomerlar bilan muxlislarni hayratga soladigan tomoshalar - estrada san’ati, ya’ni «kichik shakldagi san’at turi» deb e’tirof etila boshlandi. lining ishtirokchilari esa estrada aktyori, ya’ni 5-10 daqiqalik nomer ko'rsatib olqish oladigan va o'z nomini tomoshabinlar eslab qolishiga erishadigan qobiliyat egasi bo'lib hurmat qozondi. Maydon va bayramlarda, konsertlarda yakka tartibda tomosha ko'rsata oladigan serqirra ijodkor aktyorlar: Fransiyada - janglyorlar; Germaniyada - sipilmanlar; Rossiyada - skomoroxlar; O'rta Osiyoda - dorboz va masxarabozlar deb atalgan. Endi konsert yo'nalishidagi yopiq bino ichida namoyish qilinadigan tomosha turlari va uning evolyutsiyasiga bir nazar tashlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |