Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet65/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Ayollar tomoshasi

Turkistonda qadimda ayollar truppasi ham bo'lgan. VII asrda arab istilosidan so'ng ilgarigi erlar va ayollar uchun umumiy bo'lgan teatrdan ayollarning ajrab chiqishi, ichkaridan joy olishi, mustaqil ravishda ayol truppalarini ham maydonga keltirgan. Qadimgi teatr madaniyatining izlari bo'lgan bu teatr, islom udumlariga amal qilib, ichkarida o'z badiiy mahoratlarini namoyon qilib. bu an’analar asrlardan-asrlarga, avloddan- avlodga o'tib bizgacha yetib kelgan.
XVIII-XIX asrlarda Qo‘qon xonligidagi mavjud ayollar truppasi to'g'risida birinchi ma’liimotni rus elchisi M.Alibekov asarida o‘qiymiz. U Xudoyorxon saroyida xon oyimlar va kanizaklar uchun maxsus truppa bo‘lganini va ular spektakl ko'rsatib turganlarini yozadi. Biroq Alibekov ayol aktyorlarning nomlari, ularning repertuari to‘g‘risida yetarli ma’lumot bermaydi. Ammo ayol truppalari asosan xalq ichida tarqalgan bo'lib, xalq ideologiyasini ifodalar edi.
Chunonchi, Turkistonga ruslar kirib kelganidan so'ng, ya’ni 1884- yilda Namanganning bir karvonsaroyida ayollar truppasi tomonidan bir necha spektakllar ko'rsatilgani to'g'risida rus etnograflari V.Nalivkin va M.Nalivkinaning ma’lumotlari juda qiziqarlidir. Ularning yozishicha, tomoshada ayollar nihoyat ko'p bo'lgan. Afsuski, ular ham o'ynalgan repertuar va ijrochilarning nomlarini yozib qoldirmaganlar. Shunday bo'lsa-da, ayollarning shahar karvonsaroylarda spektakl qo'yishi. unda mingga yaqin tomoshabinning to'planishi Namanganda ayol truppalarining katta kuchga ega bo'lganidan darak beradi.
«Vsemirnaya illyustratsiya» jurnalining 1874-yil, 12-tomining 5- nomerida Samarqand ayol aktrisalaridan Qurbonxonim to'g'risida bir muhim ma’lumot bosilgan. Katta iste’dod cgasi bo'lgan bu ayol ashula va raqsda butun Turkistonda dong chiqargan. XIX asrnnng oxiridan boshlab esa Qurbonxon o'z konsertlarini rus san'atkorlari bilan birgalikda ko'rsata boshlagan. Jurnalda aktrisa zamondoshlarining Qurbonxonim san’atiga bergan yuksak baholari ham bosilgan.
1902-yilda «Russkiy Turkestan» gazetasida xotinlar truppasining rahbari Rustam bibining nomi tilga olingan.
Farg'ona muzofotida qadimgi davrlardan buyon mavjud ayollar truppalari to'g'risidagi ilgarigi taassurotlarni A.Troitskaya birmuncha to'ldiradi. Chunonchi, Madalixon davrida Bidiyorshumning xotini Zuhra qiziq Qo'qon xotinlar truppasining rahbari bo'lganini yozadi.
A.Troitskaya Xudoyorxon zamonida ayol truppasi aktyorlaridan Iqlim dodho, Qora to'qay, Dushan kampir, Zebiniso, Jahon otin nomlarini keltiradi. Yusufjon akaning so'ziga qaraganda, XIX asrda Farg'onada yana Huvaydo otin, Oynisa hofiz, Ellikboshi hofiz, Isirg'a otinlar ham ijod qilganlar. Qo’qonda o’tgan mashhur O'g’il hofiz Iqbol dodxoning qizi ekan.
Atoqli olim M.Qodirov O’zbekistonning turli tumanlarida. Samarqand, Toshkent, shuningdek, Farg’ona vodiysida bir talay ayol truppalarini aniqiagan va ular qo'yib yurgan «Kundoshchilik», «Bozor», «Tom tepish», «Tantiq xotinning nozi», «To’lg’oq tutib qolgan xotin», «Ора va qizning to’yga borishi» kabi 20 ga yaqin katta- kichik pyesalarini yozib olgan. Garchi mazkur truppalar qadimgi mohiyati va barqarorligini yo’qotgan bo’lsa ham, bu ma’lumotlar qadimgi ayollar teatriga aloqador bo’lgani uchun ham qimmatlidir.
Ayollar truppasi repertuari ma’lum ijtimoiy sharoitlar orqasida erlar teatri repertuaridan o’ziga xos maxsus mavzulari bilan farq qilgan. Ular o‘z spektakllarida ko’proq xotin-qizlarning og’ir hayotlarini aks ettirar, zolim erlar, ruhoniylar, ko‘p xotinli boylar. buzuq erlarni fosh qilar edilar.
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, o’tmishda ayollar truppasi tarkibida og’zaki pyesalaming ijodkorlari, iste’dodli aktrisalar, ularning ustozlari rejissyorlar bo'lgan. Ammo islom aqidalariga, ularning faoliyat doirasini uy-ro‘zg‘or bilan cheklab qo'yadi, ma’naviy qobiliyatlarining o’sishiga imkon bemnaydi. Bu hoi ayol aktyorlaming sahna san’ati rivojiga salbiy ta’sir qilmay qolmadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayollar truppasi o’tkazadigan o’yinlarda spektakl qo‘yishdan ko’ra musiqa, kuy, lapar, yalla, ashula va raqs san’ati, ya’ni kichik shakldagi tomoshalar ustunlik qilardi. Ularning tarkibi qiziqchilar, dutorchi, childirmachi, ashulachi, raqqosalardan iborat bo’lardi. Ayol san’atkorlar dutor va childirmadan boshqa asbob chalmas edilar. Ularning repcrtuarida link va serzavq ashula, lapar, satirik sahnalar bo’lardi.
Shunday qilib, o’zbek teatri XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida katta va kichik shakldagi tomoshalaming badiiy merosiga o‘z an’analariga, o’ziga xos badiiy estetik tamoyillarga boy repertuariga, iste’dodli aktyor va ustozlariga ega bo’lgan. O’zining ildizlari bilan tarixning uzoq asrlari ichiga kirib borgan bu teatr o’zbek xalqining musiqa va raqs san’ati bilan uzviy bog’langan holda o’sib borgan. Ammo Turkistonning XVII asrdan boshlab mayda xonliklarga bo’linib ketishi orqasida o’zbek teatr san’atining rivojlanish darajasi bir xil bo'lmagan. Boshqacha qilib aytganda. bu tarixiy davrda yagona teatr madaniyati sifatida. bir estetik tizim va bir uslubda taraqqiy topa olmagan. U har bir xonlikdagi qadimiy an’analar, mavjud ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sharoit hamda xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir jug'rofiy viloyat va tumanda o'zbek aktyorlik san’atining o'ziga xos uslublarini maydonga keltirgan.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish