Kuplet - fransuzcha poeziyadagi juftlik she’r degani. Bu she’riyat osonlik bilan qo'shiqqa aylangan. Kuplet qo'shiqlar satirik va siyosiy yo'nalishda bo‘lib, ijtimoiy hayotdagi sodir bo'layotgan voqealarga bildirilgan munosabat edi. Ayniqsa, uning naqorati so'z o'yiniga qurilgan bo'lib, unda sodir kulguli voqealar ifodalangan.
Kuplet ijrochilari o'zlarning badihago'yliklari, quvnoqliklari bilan tomoshabinlarga ma'qul bo'lgan. Bayramlarda. xalq sayillarida kuplet ijrochilari juda katta shuhrat qozongan. Kuplet ijrochilari hayotdagi dolzarb masalalarni qo'shiq qilib ayta olgan. Qo'shiqning naqorati mavzu g'oyasini ochgan. Syujet esa yangi - yangi voqealarni qo'shiqqa darhol olib kirishga sharoit yaratgan. Kuplet ijro qiladigan aktyorlar repertuari asosida «yarmarochniy» - «maydon teatri» vujudga kelgan. Bu teatrning badihago‘ylik va hazil-mutoyiba qudratini va maydondan yopiq bino ichiga olib kirish natijasida «vodevil» janri paydo bo'lgan.
Vodevil - ko'ngil ochar tomosha
Vodevil - fransuzcha kulguli yengil qo'shiq ma’nosini bildiradi. Vir va Normandiya daryolari o'rtasidagi «Van de Vir» vodiysida tug'ilgan xalqning sevimli qo'shiqchi shoiri O.Boslen ilk bor kulguli she’rlar yozgan. Uning she’rlari xalq orasida barcha kuylay oladigan yengil qo'shiqlar bo'lib tarqalgan. Shunday qo'shiqlarga qurilgan vodevil ishtirokchilari dialogi va anekdot - latifalar syujeti kulguli voqealarga boy bo'lgan. Uchburchak sevgi - ikki kishining bir qizga oshiq bo'lib qolishi yoki aksincha ikki qizning bir yigitni yaxshi ko'rib qolishi sho'x qo'shiqlarga. kulguli voqelarga, oh-vohli «ko'z yoshlariga», ochiq ehtiroslar izhoriga asos bo'lgan.
Xalq sayillarida sinovdan o'tgan yengil qo'shiqlar janri asosida Parijda, 1792-yilni maxsus teatr ochildi va unga «vodevil» deb nom berildi. Bu teatr muxlislarining ko'payishi navbatdagi «Trubadirlar teatri» vodevillar asosida qurilgan tomoshagohni paydo qildi. Navbatdagi siyosiy kulguli qo'shiqlarga va sho'x raqslarga boy vodevil teatri «Arlekin», ya’ni «afishalar yelimlovchi» nomi bilan mashhur bo'ldi.
Vodevil janrining tez tarqalishiga va muxlislari ko'payishiga asos sodir bo'lgan voqea yoki mish-mishlar darhol tomosha mavzusiga aylanishidir. Dramaturg uni 2-3 kunda yozsa, aktyorlar uni 2-3 kun ichida sahnaga olib chiqardi. Vodevilda yangragan sho*x qo'shiqlar tezda xalq orasida tarqalib, uni xirgoyi qilib yurishardi. Bunday qo'shiqlar darhol konferanselar tomonidan ijro qilinishi tomoshabinlarga yoqqan. Bunday tezkorlik bilan teatr repertuarining yangilanib turishi esa hammaga ma’qul bo'lgan.
Vodevil janri - hozirjavobligi. siyosatdagi o'zgarishlarga sha’masi. quvnoq dialoglari, sho'x qo'shiqlari. ehtirosli raqslari bilan teatr ijodkorlarini maftun qila olgani uchun XIX asrda butun Yevropa bo'ylab keng tarqaldi.
Vodevil aktyorlarga o'z mahoratini yorqin namoyon qilishga imkon berdi. Qo'shiq aytib, raqsga tusha oladigan aktyorlardan yana yumorni his qilish, yengil harakatlar bilan o'zehtirosini tabiiy namoyon qilish ham talabqilindi. Bunday talab bir qator komediya janrida ijod qila oladigan qobiliyatli aktyorlarni estrada konsertlarida elga tanitdi. Bu janr bir spektaklda o'z qiyofasini bir necha bor o'zgartira oladigan. darhol yangi qiyofa yaratishga qodir estrada aktyorlarini yaratdi. Xotinidan jazmani bilan yurishini yashirishga harakat qilgan erni darhol boshqa qiyofaga kirishi tomoshabinlarda samimiy kulgu uyg'otgan. Ehtiyotkorlikka qurilgan vodevil shart-sharoitlari komediya janri ijrochilarining hamda estrada aktyorlarining mahorati o'sishiga ijodiy sharoit yaratgan.
Noqulay sharoitga tushib qolgan er yoki xotin, undan chiqib ketish uchun tomoshabin bilan muloqotga kirishadigan daqiqalar vodevil janrini yanada xalqqa yaqinlashtirdi. Janrning bu talabi aktyorlaming badihago'ylik qobliyatini rivojlantirdi. Tomoshabin bilan muloqotga kirishib. uni sharoit talab qilgan kulguli holatda «ushlab turishi» hamda voqea ishtirokchisiga aylantirish jarayoni aktyorlarining yangi ijodiy qirralarini - badihaga boyligini. topqirlik mahoratini namoyon qilgan. Qo'shiq aytgan. raqsga tushgan. dialoglarni boplagan aktyor endi tomoshabinni ham spektakl ishtirokchisiga aylantira oldi. Bu tajriba o'z navbatida estrada tomoshalanda ishtirok etgan konferanselarni elga mashhur qilgan. Chunki konsertda u yolg'iz o‘zi - o'z nomerlari bilan o'zligini namoyon qilgan.
Vodevilning aktyorlar mahorati shakllanishidagi va sayqallanib. yuqori darajaga ko'tarilishdagi beqiyos o'rnini K.S.Stanislavskiy alohida ta’kidlaganining boisi yuqoridagilardan ma’lum bo'ladi.
Tomoshabinlarning sevimli janriga aylangan vodevil ijodkorlari uning asosida, estrada sahnasida mashhur bo‘lgan operetta - kichik opera hamda komik operalarni ham yaratishdi.