Tasodifiy xodisa nima?
Tasodifiy xodisaning ehtimolligi nima?
Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar xaqida aytib bering
Uzluksiz tasodifiy miqdorlarning taqsimot qonunlari xaqida gapirib bering.
Tasodifiy miqdorlar uchun sonli xarakteristikalari.
Aloka texnikasida eng ko‘p ishlatiladigan taqsimot qonunlari.
Tasodifiy jarayon deganda nimani tushunasiz?
Qanday tasodifiy jarayon stasionar tasodifiy jarayon deyiladi?
Tasodifiy jarayonning qanday sonli xarakteristikalari mavjud?
Tasodifiy jarayonning o‘rtacha qiymati va dispersiyasi tushunchalari nimani anglatadi?
Korrelyatsiya funksiyasi va korrelyatsiya oralig‘iga ta’rif bering.
Bir o‘lchamli normal taqsimot qonuni ifodasini yozing va uning grafigini chizing.
“Oq shovqin” deganda qanday shovqin tushuniladi?
Tasodifiy jarayon spektri zichligi va korrelyatsiya funksiyasi orasida qanday bog‘liqlik bor?
Fure to‘g‘ri va teskari almashtirishlari ifodalarini yozing.
DISKRET SIGNALLARNI OPTIMAL QABUL QILISH
Xalaqitbardoshlik nazariyasining asoslari
Real aloqa kanallarida signallar uzatilganda ularga zararli ta'sir etuvchi halaqitlar ta'sir qiladi. Buning natijasida signallar hato qabul qilinishi mumkin. Halaqit deb signallarga zararli ta'sir etuvchi har qanday turdagi elektromagnit ta'siriga aytiladi. Uning ta'siridan signallarni to‘g‘ri qabul qilish ehtimolligi kamayadi. Xalaqitlar uchta asosiy turga bo‘linadi:
1. Fluktuasion xalaqitlar.
2. Garmonik halaqitlar (spektri bo‘yicha cheklangan xalaqitlar).
3. Impul'sli halaqitlar ( vaqt bo‘yicha cheklangan xalaqitlar).
Halaqitlarning signallarga bo‘lgan zararlari ta'sirini yo‘qotib bo‘lmaydi. Faqatgina uni kamaytirish mumkin.
Xalaqit bilan kurashish zarur bo‘lgan joylar.
• Xalaqit xosil bo‘lgan joyda.
• Signallarning tarqalish yo‘lida.
• Signallarni qabul qilish joyda.
Diskret aloqa sistemasining strukturaviy sxemasi 9.1.- rasmda keltirilgan.
9.1-rasm. Oq shovqin spektri
9.1.- rasmda quyidagi belgilashlar keltirilgan:
XM – Xabar manbayi;
AL – Aloqa liniyasi, signalni yo‘naltiruvchi muhit;
XI – Xabar istemolchisi;
UT – Uzatish tomoni;
QQT – Qabul qilgich tomoni;
AT – Aloqa tizimi;
XSA – Xabarni signalga aylantirgich – xabarni birlamchi elektr signaliga aylantirib beradi;
Uz –Uzatgich – birlamchi elektr signalini aloqa liniyasidan uzatishga moslashtirilgan signalga aylantirib beradi;
QQ – Qabul qilgich - aloqa liniyasidan kelgan signalni qabul qilib uni birlamchi elektr signalga aylantirib beradi;
SXA -Signalni xabarga aylantirgich - birlamchi elektr signalini xabarga aylantirib beradi;
ai(t) – xabar;
bi(t)- birlamchi elektr signal;
Si(t)-aloqa liniyasi bo‘yicha uzatishag moslashtirilgan signal;
Z(t)-qabul qilingan signal.
Real aloqa kanallarida signallarga xalaqitlar ta'sir qiladi. Agar xalaqit signal bilan qo‘shilsa u aditiv halaqit deyiladi:
Bunday halaqitlarga atmosfera shovqinlari, razryadlari, industrial xalaqitlar va boshqa aloqa tizimlarini ishlashidan kelib chiqqan halaqitlar kiradi.
Agar xalaqit bilan signal ko‘paytirilsa u multiplikativ halaqit deyiladi:
Bu turdagi xalaqitlar aloqa kanallarining parametrlarini tasodifiy o‘zgarishlaridan xosil bo‘ladi.
Qabul qilish tomonida signallar to‘g‘risida oldin ba'zi bir ma'lumotlar ma'lum bo‘ladi. Modulyasiya turlari, tashuvchilarning chastotasi, signalning spektr kengligi, signalning uzatish tezligi, ammo signallarning to‘plamidan qaysi birini kelishi oldindan noma'lum.
Aloqa tizimlarining turiga va vazifasiga qarab signallarni qabul qilishda qo‘yidagi uchta vazifa bajarilishi mumkin:
• Signallarni bor yo‘qligini aniqlash;
• Signalni farqlash;
• Signallarni shaklini tiklash.
Qabul qilgich signalni qabul qilib uzatilishi mumkin bo‘lgan signallardan qaysi biri yuborilganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Agarda uzatilgan va qabul qilingan signallar teng bo‘lsalar u xolda qabul qilgich qaror chiqarishda xato qilmagan va signal to‘g‘ri qabul qilingan. Agarda ular teng bo‘lmasalar qabul qilgich qaror chiqarishda xato yo‘l qo‘ygan va signal noto‘g‘ri qabul qilingan. Demak qabul qilgich xalaqit ta'sirida signalni to‘g‘ri xam noto‘g‘ri qabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |