MAVZU: ABONENT TERMINALLARI
REJA:
KOMPYUTERLI TELEFONIYA
RADIOTELEFONLI ALOQA TIZIMLARI
UYALI RADIOTELEFON ALOQA TIZIMLARI
Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ATS yoki kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda, tarmoqqa ikki juft mis sim – abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) ega, u orqali ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi.
ATSlar bir-biri bilan ulovchi liniya deb ataladigan liniya orqali ulanadi – hozir deyarli barcha umumiy foydalanish tarmoqlarida 4 ta simli raqamli liniyalar qo‘llaniladi (bir juft sim signallarni har bir yo‘nalishda – bir ATSdan boshqasiga va teskarisiga – uzatish uchun qo‘llaniladi).
Muassasa ATS bu axborot-kutubxonaning hamma bo‘limlari ichki aloqasini tashqi shahar telefon tarmog‘iga murojaat qilmasdan ta’minlaydi.
Direktorlik telefon aloqasi, bu rahbarlarni o‘zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo‘yicha aloqasini ta’minlaydi.
Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga ofis ATS axborot-kutubxonalarida biror miqdordagi qo‘shimcha ichki telefonlarni tashkil etish uchun ishlatiladi: hamma tashqi chaqiruvlar ATS tomonidan qabul qilinadi va ichki telefonlarga bevosita yoki qo‘shimcha raqamlar bilan o‘tkaziladi. Abonentning tashqi liniyaga chiqishi, odatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri terish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Kompyuterli telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo‘ng‘iroqlarini bajarish va kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish uchun qo‘llaniladi. Kompyuterli telefoniya ko‘z oldimizda hamma sohalarga kirib borayotgan telekommunikatsion texnologiyaga aylanmoqda. Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilishi, amalda olib borilayotgan ish ko‘lamining dolzarbligi hozirgi kunining asosiy vazifasi hisoblanadi. Axborotga bo‘lgan talab kundan kun ortib borayotgan bir paytda har bir sohada, shu jumladan, axborot-kutubxona tizimi mutaxassislarining oldiga ham alohida vazifalar qo‘ymoqda. Shu o‘rinda, o‘rta maxsus bo‘g‘inda tayyorlanayotgan mutaxassislarni o‘qitishda axborot-kutubxona texnologiyasi fani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot-kutubxona texnologiyasi fani o‘quvchilarga bilim berishda axborot-kutubxona tizimining avtomatlashtirilgan tizimida ishlashni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatadi. Axborot-kutubxona texnologiya fani axborot-kutubxona muassasalarida mavjud bo‘lgan texnika vositalari, axborot-kutubxona texnologiyalari haqida ma’lumot beradi va ulardan mustaqil foydalanishni o‘rgatadi.
Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining vazifasi axborot-kutubxona ishi, kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxassisligini egallashda olib borayotgan talablarni qondirish hamda avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida audiovizual texnika vositalari, proyeksion texnika apparatlari, video- magnitafon va videokameralarda ishlash, audio va video konferensiyalar tashkil qilish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vositalari va ular bilan ishlash, nusxa o lish va nusxa ko‘paytirish texnikasi, axborot tizimi, Internet tizimi, elektron pochta xizmati, telekommunikatsiya va aloqa vositalari, axborot-kutubxonalarda transport vositalari, axborotga ishlov berish, ma’lumotlarga ishlov berish, kitoblarni saqlash va qidirish, muqovalash texnika vositalari haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilarda axborot-kutubxona texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rgatish, ularni mustaqil ishlatishni, axborot texnologiyalarining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanish asoslarini tushuntirishdir.
Asosiy e’tibor – axborot texnologiyalari asosida elektron il miyta’limiy resurslar bilan ta’minlash, axborot-kutubxona texnologiyalari nazariyasining umumiy masalalari, predmeti, o‘rganilayotgan tizim va obyektlarni tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyati, modellarni ishlab chiqish texnologiyasi, obyekt va tizimlari muammolarini yechish usullari, rejalashtirish, dasturlashtirish natijasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash hamda zaruriy yechimlarni qabul qilish ko‘nikma va malaklarni shakllantirishdir.
Radiotelefonli aloqa tizimlari, chet elda esa Wireless Local Loop (WLL) deb ataluvchi telefon aloqaning simsiz tizimlari keyingi yillarda juda rivojlandi. Ular ko‘pincha mobil (mobil – «harakatlanadigan») abonentlar bilan aloqa uchun hududiy telefonli tizimlar sifatida hamda simli telefon liniyalari bo‘lmagan hollarda aloqa uchun ishlatiladi.
Uyali radiotelefon aloqa tizimlari. 1991- yildan boshlab uyali radiotelefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir necha kompaniyalar O‘zbekistonda ish boshladi. Uyali radiotelefon aloqalari radiotelefonning yangi bosqichdagi rusumi hisoblanadi. Bugungi kunda butun jahon bo‘ylab milliardlab odamlar uyali telefonlarni ishlatadilar. Xususan, O‘zbekistonda 20 million nafar kishi uyali aloqa xizmatlaridan foydalanadi. Chunki bu aloqa vositasi bilan muloqot qilish oson va kam xarajatdir. Radiotelefon bilan uyali aloqa telefonining farqi shundaki, radiotelefonda gapirayotgan paytda navbat bilan so‘zlaydilar – biri gapiradi boshqasi eshitadi. Uyali telefonda esa bir vaqtning o‘zida ham suhbatdoshingizni eshitib ham unga gapirishingiz mumkin.
Uyali telefonning rusumiga qarab quyidagi avzalliklarini ko‘rishimiz mumkin: kerakli ma’lumotlarni saqlash, bajarish kerak bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzish, kalkulator amallarini bajarish, o‘yin o‘ynash, SMS matn xabarlarini yuborish, MP 3 pleyer yordamida musiqa eshitish, televizor ko‘rish, Internetga ulanish kabi xususiyatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |