O‘rta asr tilshunosligi. Umumiy grammatikalarning yaratilishida matniq ilmning o‘rni. A.Arno va K.Lanso tomonidan “Umumiy ratsional grammatika”ning nashr qilinishi, 1675 yili A.Arno va P.Nikolyaning “Mantiq yoki tafakkur qilish san’ati” asarining chop etilishi. Bu asarlarning Por-Royal grammatikasi va logikasi nomi bilan mashhur bo‘lishi. Por-Royal grammatikasining qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari negizida yaratilganligi. Bu grammatikalarning fonetika va grammatika qismlaridan iboratligi. Birinchi qismning olti bobida- tovush va harflar, urg‘u, bo‘g‘in ko‘chirish masalalarining tadqiq etilishi, ikkinchi qismning 24 bobdan tashkil topganligi, 23 bob morfologiya, so‘nggi bobning esa sintaksisga bag‘ishlanganligi.So‘zlarning ikki tur, ya’ni ot , artikl, olmosh, sifatdosh, predlog va ravish , 2) fe’l, bog‘lovchilar va undov so‘zlarga taqsimlaganligi. So‘nggi bobda so‘z birikmasi xususida fikrning mavjudligi. Formal sintaksis masalalari borasida fikrning ilgari surilishi. Por –Royal grammatikasining mantiq va mantiqiy, strukturaviy va matematik tilshunoslikning taraqqiyotidagi o‘rni. Mantiqiy grammatikaning Rossiyada yoyilishi. 1810 yili N.YAzvitskiyning “Umumiy falsafiy grammatika”ni nashrdan chiqarishi. Asarning so‘z turkumlari haqidagi umumiy nazariyalar hamda umumiy sintaksis qismlaridan tashkil topganligi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanishi. Yevropada 16-18 asrlarda me’yoriy (normativ) grammatikalarning yuzaga kelish omillari. Qator mamlakatlarda ona tili grammatikalarining yozilishi. M.Lomonosovning “Rus tili grammatikasi”ning yuzaga kelishi. Me’yoriy –stilistik xarakterdagi bu asarning qismlari. Evropada lug‘atlarning yaratilishi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning 19 asr boshlarida shakllanishi. Lotin, yunon, german, eron, slavyan tillari materiallarini tadqiq etish va ularning sanskrit bilan qarindoshligining aniqlanishi. Germanistikaning shakllanishi va taraqqiy etishida F.Bopp, R.Rask, YA.Grimm, A.SHleyxer, K.Lotner, A.Leskin kabi lingvistlarning roli. YA.Grimm asarlarida ilk bor german tillarining boshqa hind-evropa tillari bilan qarindoshligi masalasining kun tartibiga qo‘yilishi. Olim tomonidan 1818 yili boltiq va slavyan tillarining qarindoshligi masalasining ilgari surilishi. German va kelt tillariaro munosabatning o‘ta qadimligi xususidagi fikri.Undoshlar birinchi qonunining YA.Grimm tomonidan tasdiqlanishi.
F. Boppning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanishidagi salmoqli roli. Uning “bobo” til to‘g‘risidagi dunyoqarashi. R.Raskning “Qadimgi shimoliy yoxud island tilining kelib chiqishi” nomli tadqiqoti. Island tilining frakiya ( lotin va yunon) timllariga aloqasi. Skandinaviya filologiyasi asoschisi R.Raskning qiyosiy –tarixiy metodning shakllanishidagi o‘rni. Slavyanshunoslikning oyoqqa turishida A.Vostokov asarlarining mavqei. Y.Dobrovskiy va F. Mikloshichlarning slavyanshunoslikka qo‘shgan ulushi. A.SHleyxerning tilninsh biologik xarakterga egaligi xususidagi ta’limoti. Tillar tasnifi, tillar shajarasi, hind-evropa bobo tili. V.Gumboldtning til falsafasi. Til va nutq antinomiyasi. YOsh grammatikachilar maktabi vakillari, izlanish ob’eklari, yutuqlari va kamchiliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |