Deskriptiv lingvistika (Amerka strukturalizmi) F. Boas, E. Sepir, L. Blumfild tomonidan shakllantirilishi. Mazkur ta’limotning yuzaga chiqish sabablari. Aniq tilning ichki xususiyatlarini deduksiya asosida emas, balei induksiya usuli bilan o‘rganish zarurligining olg‘a surilishi. F.Boas tomonidan tilning tashqi-formal tomoniga asoslangan tekshirish metodi – deskriptiv metodning zarurligi borasidagi g‘oyasi. E.Sepirning tilning madaniyat, til hodisalari bilan ijtimoiy jihatalr munosabati, tilning tipologik tasnifiga oid qarashlari. Uning “Til” (1921; 1933), “Lingvistikaning fan sifatidagi holati” (1929) kabi asarlari. Etnolingvistikaning shakllanishi. Sepir-Uorf gipotezasining mohiyati.
Praga lingvistik maktabi( funksional lingvistika). PLMning shakllanishda chex va rus tilshunoslarining roli. V.Matezius, N.Trubetskoy, S.Karsevskiylarning Praga maktabi nazariy asoslarining yaratilishidagi xizmati. PLMning G‘arbiy Evropa va rus tilshunoslari bilan aloqasi.F.Sossyur, Boduen de Kurtane, L.SHcherba, F.Fortunatov, A.SHaxmatov , Peshkovskiy asarlaridagi an’anlarning PLM vakillari tomonidan qabul qilinishi, takomillashtirilishi. PLM ning asosiy prinsiplari: Tilning ifoda vositasi tizimi ekanligi. Tilga xos xarakter va mohiyatni belgilashda sinxroniya va diaxroniyaning maqbul usul ekanligi. Tilning tovush tizimiga alohida e’tiborning qaratilishi. Til hodisalaridagi asimmetrik dualizm prinsipini asoslash. Ifodalovchi va ifodalanuvchiaro asimmetrik munosabat masalalasi. N.Trubetskoyning “Fonologiya asoslari” asari va uning fonologiyaning shakllanishidagi muhim ahamiyati. PLM vakillarining morfologiyaning qator muammolariga doir mulohazalari. Morfemaning til morfologik tizimida asosiy birlik sifatida belgilanishi. Sintaksis va sintagmaga doir dunyoqarash. Tilning taraqqiyotida ekstralingvistik omillar o‘rnining rad etilmaganligi.
Lisoniy tadqiqot metodlari. Tilshunoslikdagi metodlarning o‘z xarakteriga ko‘ra umumiy metodlar va lingvistik tahlil metodlariga taqsimlanishi. Umumiy metodlarning ijtimoiy sohaning barcha ko‘rinishlari uchun amal qilishi. Jumladan, umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga, analizdan sintezga( va aksincha), oddiydan murakkab tomon tahlil qilish metodlarining deyarli bircha fan sohalari uchun mushtarakligi.
Lingvistik tahlil metodlarining tilshunoslik uchungina xosligi. Hozirgi tilshunoslikda asosan quyidagi lingvistik tahlil metodlarining qo‘llanishi: 1) gap bo‘laklari metodi; 2) tarixiy-qiyosiy metod; 3) substitutsiya ( almashtirish) metodi; 4) distributiv metod; 5) tarkibiy qismlarga ajratish metodi; 6) transformatsion metod; 7) statistik tahlil metodi; 8) ma’no komponentlarini tahlil qilish metodi va h.k.
Gap bo‘laklari metodi yordamida gapning bo‘laklarga ajratilishi, so‘zning gapdagi funksiyasiga asoslanib gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari aniqlanadi; qanday so‘z turkumi gap bo‘lagi vazifasida kelishi belgilanadi. Gap bo‘lagi vazifasida kelayotgan so‘zning grammatik shakllari izohlanadi. Bu metodning faqat sintaksis uchungina xizmat qilishi. Qiyosiy –tarixiy metodning dunyo tillari o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlarni aniqlashdagi roli, unda retrospektiv va prospektiv qiyoslash metodlarining afzalligi. Substituatsiya metodi bilan nutqda muayyan bir o‘rinda turgan gap birliklarining boshqa muqobili bilan almashtirish tushuniladi. Distributiv metodning til birliklarining boshqa til birliklari bilan birika olish imkoniyatlarini tahlil qilishi. Tarkabiy qismlarga ajratish metodining har qanday butunlikni hokim va tobelik munosabatida bo‘lgan qismlardan iborat birlik sifatida tahlil qilishi. Bu metodning morfologiya va sintaksisda ishlatilishi. Transformatsion metodning Z.Xarris tomonidan tavsiya etilib, N.Xomskiy tomonidan rivojlantirilgani. Statistik metodning tilning barcha sathlariga oid universal metod ekanligi. Ma’no komponentlarini tahlil qilish metodining so‘z lug‘aviy ma’no ko‘lamini alohida qirralarga ajratib tahlil qilishi.