Transformatsiya metodi. Transformatsiya metodi dastlab deskriptiv lingvistika nazariyotchilaridan biri Z.SXerris tomonidan tavsiya kilingan edi. Uning fikriga ko‘ra, transformatsion tahlil (TT) BI metodi duch kelgan murakkabliklarning bir qancha qismini bartaraf qilishga yordam beradi. TT ko‘p jihatdan til tuzilish tahlilining algebraik metodini namoyon qiladi. Z.S.Xerris tomonidan tavsiya etilgan TM uning shogirdi N.Xomskiy tomonidan rivojlantirildi.
L.S.Barxudarov transformatsion lingvistika (TL)ni ham o‘z ichiga olgan generativ lingvistikani (GL) struktur lingvistikadan farklagan holda, uni tilshunoslikning struktur lingvistikadan keyingi bosqich deb hisoblaydi. U tilshunoslik tarixini olamni bilishning dialektik nazariyasi belgilab bergan uch bosqichning qaysisiga tayanib ish ko‘rish belgisiga ko‘ra uch bosqichga - uch grammatik nazariyaga bo‘ladi: a) an’anaviy, b) struktur, v) generativ (tug‘diruvchi) lingvistika.
L.S.Barxudarov fikriga ko‘ra, yuqoridagi uch tilshunoslik bilishning uch bosqichiga asoslanadi. Dialektik falsafa bilishning bevosita kuzatish, analiz va sintez bosqichlarini e’tirof etadi. An’anaviy tilshunoslik bil ishning birinchi bosqichiga, struktur tilshunoslikning deskriptiv yo‘nalishi ikkinchi bosqichiga, struktur tilshunoslikning glossematika va TL yo‘nalishi esa sintez bosqichiga tayanadi. XX asrning 50-yillarida shakllanib, rivojlanish bosqichiga o‘tgan struktur tilshunoslikning deskriptiv maktabi vakillari an’anaviy tilshunoslikning aniq lingvis-tik tadqiqot tamoyillari yo‘q ekanligini tanqid qilgan holda, o‘z oldilariga tilni o‘rganishning formallashtirilgan tahlil tizimini ishlab chiqishni maqsad qilib qo‘ydilar. Ana shunday tahlil asosida tadqiqotchi ob’ektni o‘rganishda har qanday sub’ektivlikdan holi bo‘lgan obyektiv xulosaga kelishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Lekin struktur tilshunoslikning glossematika yo‘nalishida substansiyani shakldan ajratish shu darajaga etdiki, natijada shakl o‘zining substansiyasidan ajralib qoldi.
Bu esa struktur tilshunoslik bag‘ridan yangi yo‘nalish-generativ lingvistikaning o‘sib chiqishiga olib keldi.
Hozirgi kunda empirizm nomi bilan yuritilayotgan tilshunoslik yo‘nalishi L.Blumfild nomi bilan bog‘lansa, unga qutbiy zidlanishda turuvchi ratsionalizm yo‘nalishi-dagi generativ lingvistika N.Xomskiy nomi bilan bog‘-liqdir. Bu ikki yo‘nalish o‘rtasidagi muhim farqlovchi belgilar empirizm va ratsionalizm, mentalizm va antimentalizmdir. L.Blumfild ma’nodan holi bo‘lgan shaklni o‘rganishni targ‘ib qiladi. Shuning uchun uning g‘oyasi antimentalistik xarakterga ega.
TMga muvofiq, har qanday tilning sintaktik sistemasini yadro gaplar nomi bilan yuritiluvchi eng kichik (elementar) gaplar tiplari yig‘indisi sifatida gavdalantirish mumkin. Yadro gaplar deb sodda, yig‘iq, darak gap tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo‘lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik sistemasining asosini tashkil etadi. Yadro gaplardan turli shakliy o‘zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi transformatsiya hisoblanadi. Bu metod gapning shakliy va mazmuniy tuzilishlarining o‘zaro munosabati zaminida vujudga keladi.
TM gapning ichki va tashqi strukturasi va bu struktura birliklarining o‘zaro munosabatiga tayanadi. Deskriptiv lingvistikada qo‘llanuvchi ichki struktura gapdan anglashil-gan ma’no tuzilishini, tashqi struktura esa muayyan mazmu-niy tuzilishining shakliy, ifoda tomonini bildiradi.
V.S.Xrakovskiy ta’kidlaganidek, matn tarkibidagi har qanday gap (jumla) nutqiy faoliyatning yakuniy hosilasi sanalib, murakkab, ko‘p qirrali xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun uni turli tomondan atroflicha o‘rganish mumkin. Bir yo‘nalish doirasida nutqiy jarayonda gap hosil qilishga oid masalalar asosiy o‘rganish ob’ekti bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish doirasida gap modellari ro‘yxatini, inventarini belgilash bilan bog‘liq sof lingvistik masalalar o‘rganiladi. A.V.Isachenkoning fikriga ko‘ra, sintaktik modellarning yakuniy modellarini izlash ilmiy sintaksisning birlamchi va asosiy vazifasidir. Lekin tadqiqot maqsadi faqat gap modellarining statistik tavsifi bilangina cheklanib qolmasligi lozim. Sistemaviy sintaksis uchun sinxroniyadagi u yoki bu sintaktik modellar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yoritish, statistik tav-sifni dinamik tavsif bilan to‘ldirish zarur bo‘ladi.
Transformatsion tahlil ana shunday zaruriyatni qoplash vazifasini bajaradi. TM uchun yadrogao, transformatsiya qoidasi va hosila gai tushunchalari muhim sanaladi.
Yadro gap, ya’ni transformatsiya uchu« asos bo‘lgan gap operand, hosila gap transform yoki transformand, operanddan transformandni hosil qiluvchi vosita tansformatsiya operatori deb yuritiladi. Z.Xerrisning fikriga ko‘ra, transformatsiya bir gapning ikkinchi gap shakliga shunday o‘zgarishiki, unda asos gap hosila gap o‘rtasida ham leksemalar tarkibi, ham ma’nosi nuqtai nazaridan bir xillik mavjud bo‘ladi. Demak, mazmuniy mun-darija transformandlar uchun invariant sanaladi.
Operand bilan transformand o‘rtasida transformatsiya munosabati mavjud bo‘ladi. Ular ikkisi o‘zaro transformatsiya munosabati bilan bog‘langan bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘zaro transformatsiya munosabatida bo‘lgan gaplar bir xil leksik maqomga ega bo‘lib, bir xil elementar ma’nolar kombinatsiyasidan tashkil topgan holda, turli xil grammatik (shakliy) maqomga ega bo‘ladi.
Transformatsiya maxsus transformatsiya qoidalari orqali amalga oshiriladi. J.Bo‘ronov ta’kidlaganidek, transformatsion qoida asosiy va hosilaviy modellar o‘rtasidagi munosabatlarni topish usuli sanaladi.
Transformatsion qoida BIga ajratish qoidasini, transformatsion modellar yaratish qoidasini va morfofonemik qoidalarni o‘z ichiga oladi. Transformatsion qoida bitta konstruksiya yoki gapning ma’nosini ochishda bir qancha hosilaviy konstruksiya yoki gaplardan foydalana oladi.
Demak, transformatsiyaga asos bo‘lgan konstruksiya va transformandlar bir umumiy ma’no va barqaror leksik birliklar zanjiri asosida birlashib, bir sintaktik paradigmani hosil qiladi va unda yadro gap paradigmaning bosh a’zosi sanaladi.
Ko‘rinadiki, yadro gap modeli va uning turli hosilalari ro‘yxatining olinishi u yoki bu tilda muayyan axborotni turlicha ifodalash imkoniyatlarini ochib beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, yadro gapning shaklini o‘zgartirish bilan uning turli transformandlarini hosil qilish ma’lum transformatsiya qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik mualliflar tomonidan transformatsiyaning to‘rtga qoidasi qayd etiladi:
1) O‘rin almashtirish transformatsiyasi yoki permutasiya transformatsiyasi. Bunda yadro gap tarkibidagi sintaktik birliklarning o‘rni almashtiriladi. Lekin bu qoida amalga oshirilganda, sintaktik birlikning mohiyati o‘zgarmasligi kerak.
2) Substitutsiya, ya’ni yadro gal tarkibidagi bir elementni o‘zaro substitutsiya munosabatida bo‘lgan boshqa element bilan almashtirish.
3) Ad’yunksiya, ya’ni yadro gap tarkibiga boshqa elementlarni qo‘shish.
4) Ellipsis, ya’ni yadro gap tarkibidan ayrim elementlarni soqit qilish.
TMning DMdan quchli tomoni shundaki, DM 40-50-yillargacha faqat faktlarni tahlil qilish bilan cheklangan bo‘lsa, TM tahlil metodlarini ishlab chiqishga asosiy e’tiborni qaratdilar.
Agar distributiv tahlil va BI metodlari jumla qanday mayda qismlardan tashkil topadi, degan savolga javob berishga harakat qilgan bo‘lsa, TM bu jumla qanday gapning transformatsion qayta shakllanishidan hosil bo‘lgan, degan savolga javob berishi lozim bo‘ldi. F.M.Berezin to‘g‘ri ta’kidlaganidek, TMning ojiz tomoni ana shunda namoyon bo‘ladi. Chunki TT bevosita lingvistik ma-terialdan kelib chiqmaydi, balki dastlab sof empirik asosga quriladi, so‘ngra til materiali asosida tekshiriladi. Bundan tashqari, TMning qo‘llanilish doirasi va turli tillardagi yadro gaplar tiplarining miqdori aniq belgilanmagan.
Bundan tashqari, sintaktik sathda transformatsiya bilan derivatsiya o‘rtasidagi o‘xshashlik va farq ochilmaydi. Yadro gapning mohiyatini o‘zgartirib yuboradigan shakliy o‘zgarishlar ham transformatsiya doirasida o‘rganiladi. Masalan, transformatsiya qoidasi sifatida alohida tur qilib nominalizatsiya ajratiladi. Bunda yadro gap kesimidagi kesimlik shaklining yo‘qotilishi transformatsiya vositasi hisoblanadi.
An’anaviy va sistem tilshunoslik munosabati masalalari. Mustaqillik sharoitida o‘zbek tilshunosligada ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sho‘rolar davrida o‘zbek tilshunoslari asosan o‘zbek tilining ichki tuzilishi, adabiy til va dialektlar munosabati, o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, boyish manbalari singari o‘zbek tilining o‘ziga xos muammolari bilan cheklangan bo‘lsa, mustaqillik sharoi-tida umumiy tilshunoslikning nazariy muammolari bo‘yicha ham o‘z fikrlarini dadil bayon qila boshladilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida turli xil qarashlar, yo‘nalishlarning o‘ziga xos atamalar sistemasi maydonga keldi. Fan maydonida turli qarashlar-ning mavjud bo‘lishi va bu qarashlarni olg‘a surgan tilshunoslar o‘rtasida bahs-munozaralarning vujudga kelishi shu fanning rivojlanishi uchun turtki bo‘lishi tabiiy. Ana shunday qarashlardan biri "an’anaviy" va "zamonaviy tilshunoslik" muammolari masalasidir.
Aslida "an’anaviy tilshunoslik" "hozirgi tilshunoslik" yoki "zamonaviy tilshunoslik"ka zidlanmaydi. Bu o‘rinda "an’anaviy tilshunoslik" sof xronologik ma’noni, ya’ni "hozirgacha bo‘lgan tilshunoslik" ma’nosinigina bildirmaydi, balki gnoseologik ma’noda bilishning ikki bosqichiga asoslanuvchi va ontologik nuqtai nazardan til tabiati va mohiyatiga ikki xil yondashuvchi fan sifatida baholanadi va sistemaviy tilshunoslik deb yuritiluvchi tilshunoslikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Ular til ontologiyasiga yondashuv nuqtai nazaridan ham, uni tekshirish metodologiyasi va metodi nuqgai nazaridan ham bir-biridan farq qiladigan tilshunoslikning teng huquqli ikki yo‘nalishi sanaladi. Tilshunoslikning bu ikki yo‘nalishi bir-birini rad etmaydi, balki biri ikkinchisining natijalariga asoslanadi. Shuning uchun ham har ikki tilshunoslik hozirgi kunda ikki uloqchi otdek bab-baravar qadam tashlamoqda.
An’anaviy tilshunoslik substansiyaning (substansip ma’nosi F.de Sossyur talqini bo‘yicha qo‘llanilmokda keyinchalik bu atama mohiyat ma’nosida qo‘llanila boshlandi) muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topganligiga asosiy e’tiborni qaratsa, sistemaviy tilshunoslik substansiyani tashkil etgan qismlarning o‘zaro munosabatini, ana shu munosabatlar orqali namoyon bo‘layotgan farqlovchi (markaziy, differensial, dinstinktiv) va farqdamaydigan (chegara, nodifferensial, nodinstinktiv) belgilarini aniqlash va ana shu yo‘l bilan shakl (mohiyat)ni, lingvistik birliklarning modelini belgilashni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Chunki, ularning fikricha har qanday o‘rganilayotgan ob’ekt abstrakt konstrukt darajasiga olib chiqilgandagina o‘zining haqiqiy ilmiy talqinini topadi. Shuning uchun sistemaviy tilshunoslikda jiddiy e’tibor moddiy tomonga emas, balki munosabatga qaratiladi. Boshqacha aytganda, haqiqiy lingvistik reallik sifatida muayyan bir tilning alohida fakti emas, balki sistema sifatidagi til e’tirof etiladi. Sistema esa elementlar majmuasi sifatida qaralmaydi. Har bir elementning butunlik doirasida boshsya element bilan munosabati tufayli mavjud bo‘lishi sistema tuzilishini zamondan tashqaridagi munosabatlap tashkil etishi tan olinadi.
Sistemaviy tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan uchinchi farqi shundaki, tilga belgilar sistemasi sifatida qaraydi va tilshunoslikni belgi nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi semiotikaning tarkibiy qismi deb baholaydi. "Substansiya" va "shakl"ni bir-biridan ajratish fonologik sathda shu darajaga etdiki, tovushlarning artikulyasion-akustik belgilari tilshunoslik doirasidan chiqarildi, tabiiy fanlar ob’ektiga aylantirildi.
An’anaviy tilshunoslik substansiyani o‘rganishga e’tibor qaratganligi uchun tilning akustik-artikulyasion vositalar yordamida bevosita yuzaga chiqish jarayonini o‘rganishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
Sistemaviy tilshunoslik an’anaviy tilshunoslikdan gnoseologik nuqtai nazardan ham farq qiladi. An’anaviy gilshunoslik sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi, bevosita kuzatishda berilgan moddiy vositalarni o‘rganish bilan shug‘ullanib, bilishning induktiv usuliga asoslansa, sistemaviy tilshunoslik moddiy vositalar yordamida voqelanuvchi, ularning har birida barqaror belgi, konstanta sifatida takrorlanuvchi mohiyatlarni, immanent birliklarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun L.Yelmslev "Struktura pog‘onaviylik bilan xarakterlanishi va bu pog‘onaviylikni deduktiv yo‘l bilangina yoritish mumkinligi"ni bayon qiladi va ob’ektni induktiv usul orqali o‘rganishga asoslangan an’anaviy tilshunoslikdan farqlanishini ta’kidlaydi.
Ko‘rinadiki, an’anaviy va sistemaviy tilshunoslik tilning ichki tuzilishiga yondashuv, bu ichki tuzilish birliklarini o‘rganishda qo‘llaniladigan tadqiqot usullari nuqtai nazaridan o‘zaro farq qiladigan ikki xil yo‘nalishdir.
L.S.Barxudarov an’anaviy tilshunoslik struktur tilshunoslikda bo‘lgani kabi distributsiya, transformatsiya, BI bo‘yicha tahlil, binar oppozitsiya singari qat’iy ilmiy tadqiqot metodlariga ega emasligini ta’kidlagan edi.
An’anaviy tilshunoslikka zid qo‘yilayotgan sistemaviy tilshunoslikni "ilg‘or tilshunoslik" sifatida talqin qilish ham noo‘rin. Avvalo, sistemaviy tilshunoslik vakillarining qarashlari bir xil emas, hatto ko‘p hol-larda bir-biriga zid keladi. Qolaversa, hozirgi tilshu-noslikning qator muammolari uning nazaridan chetda qoladi. Xususan, F.de Sossyurning o‘zi tilshunoslikni ichki va gashqi lingvistikaga ajratgan holda, faqat ichki lingvistika yuzasidan fikr yuritadi. Tashqi lingvistika uning nazaridan chetda qoddi. Bu an’ana hamon davom etib kelmoqda. Tilning ichki tuzilishi, ichki tuzilish birliklari o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish sistemaviy gilshunoslikning asosiy vazifasi bo‘lgani holda, til va jamiyat, til va so‘zlovchi shaxs, til evolyusiyasi, adabiy gil va xalq shevalari o‘rtasidagi munosabat, til va tafakkur, matn lingvistikasi singari qator masalalar uning nazaridan chetda qoladi. Bu muammolarni hal qilishda an’anaviy tilshunoslik ustunlik qiladi. Aflosev bundan salkam qirq yil oldin yuqoridagi ikki metod o‘rtasidagi farq haqida fikr yuritar ekan, bu farq shakl va mazmunni abstrakt-metafizik ajratishga asoslanganini, an’anaviy (klassik) lingvistika asosiy e’tiborni mazmunga qaratsa, struktural (sistemaviy) lingvistika til shakliga asoslanganini, ana shu jihat har ikkisining ham cheklangan tomoni ekanligini bayon qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, strukturalistlar tilning munosabatlar sistemasi ekanligini birinchi planga olib chiqishi to‘g‘ri bo‘lsa ham, lekin bu g‘oyaga o‘ta berilib ketgan holda, lingvistik munosabatlarni tilning o‘zidan uzib qo‘ydilar, til haqida mazmundan tashqaridagi fanni yaratishni orzu qildilar. Ayni paytda, an’anaviy metod
ham tilning munosabatlardan tashqarida mavjud bo‘lmasligini e’tiborga olmadi. Lekin shaklning mazmunsiz yoki mazmunning shaklsiz bo‘lmasligi dunyo dialektikasi tomonidan allaqachon tasdiqlanibgina qolmay, umuminsoniy sog‘lom fikrning tayanch nuqtayiga aylangan.
Shunday ekan, bu ikki tilshunoslik tekshirishning ikki usuliga asoslangan, bir-biridan oziqlanadigan va har ikkisi o‘zining yutuq va cheklangan tomonlariga ega bo‘lgan teng huquqiy tilshunoslik yo‘nalishlaridir. Hozirgi kunda har ikki yo‘nalishning ojiz tomonlarini bartaraf qilish uchun ularning afzal tomonlarini uyg‘unlashtirish, tadqiqot jarayonida ularning kuchli tomonlaridan hech ikkilanmay foydalanish davr talabidir.
Matematik tahlil usuli. Statistik usulning lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyati barchaga ma’lum. Uning yordamida lisoniy birliklarning qo‘llanish koeffitsienti, ya’ni nutqiy (yozma va og‘zaki) faollik darajasi aniqlanadi. Statistik tahlil natijalaridan amaliy maqsadlarda, masalan, yozma yodgorliklar sirlarini ochishda, kriminalistikada (noma’lum muallifni aniqlashda), lug‘atlar tuzishda, stilistik tahlilda va boshqa sohalarda foydalaniladi. Statistik tahlil, so‘z shakllari va gaplar qurilishining‘ analitik qoliplarini tuzish bir tildan ikkinchi tilga mashina (avtomatli) tarjimaning matematik asosini yaratish imkonini beradi. Hozirgi kuida turli xil tarjima avtomatlari paydo bo‘lgan va har bir shaxs ulardan foydalanish imkoniga ega. Ammo bu turdag‘i mashinalarning‘ qobiliyati anchag‘ina cheklanganligini ham unutmaslik lozim, ularning‘ “tishi” faqatg‘ina sodda, unchalik murakkab bo‘lmag‘an matnlarga “o‘tadi”. Faqatg‘ina avtomatik lug‘atlarning (masalan Yaponiyada keng ko‘lamdagi qo‘llanishda bo‘lgan ierogliflar lug‘ati) imkon darajasi anchagina keng. Ammo bu turdagi mashinalarning qobiliyati anchagina cheklanganligini ham unutmaslik lozim, ularning‘ “tishi” faqatgina sodda, unchalik murakkab bo‘lmagan matnlarga “o‘tadi”. Faqatgina avtomatik lug‘atlarning (masalan Yaponiyada keng ko‘lamdagi qo‘llanishda bo‘lgan ierogliflar lug‘ati) imkon darajasi anchagina keng.
Matematik metodlarni (ba’zan ularni “aniq” yoki “jiddiy” metodlar deb ham atashadi) tilshunoslikka tadbiq etish tarafdorlari til tizimida tovush, so‘z, morfema kabi qiymatlar (kattaliklar) mavjud va ularni miqdoran tahlil qilish mumkin, deb hisoblaydilar. Biroq ushbu qiymatlarning o‘zaro nisbati matematik xususiyatga ega bo‘lmasa kerak va shu sababli bu nisbatni matematik ishoralar vositasida ifodalash qiyin masala. Masalan, “notinchlikda” so‘z formasini morfemalar yig‘indisidan (no+tin+ch+lik+da=notinchlikda) iborat deb hisoblasak, morfemalarni ramziy belgilar bilan almashtirish mumkin: no-(prefiks) - p; tin - (o‘zak) - o‘; -ch -(suffiks) - s; lik - (suffiks) - s; -da - (flektiv qo‘shimcha) - f; uida quyidag‘i teng‘lama hosil bo‘ladi: p+o‘+s+s+f. Lekin bunday tuzilmani matematik formula sifatida talqin qilish mushkul, chunki bu yerda matematik o‘zgarish amallarini (qo‘shilayotganlar o‘rnini almashtirish, bir qiymat o‘rniga ikkinchisini qo‘yish, qavsdan chiqarish kabilar) bajarib bo‘lmaydi. Demak morfemalarning‘ o‘zaro munosabati butunlay boshqachadir. Matematika, biologiya, fizika kabi aniq fanlarga xos metod va usullarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisoniy tahlil doirasiga ko‘chirish metodologik jihatdan noto‘g‘ridir. Bu yo‘sindagi urinishni, masalan, matematik glottoxronologiya metodi qo‘llanishida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu metod tarafdorlarining‘ fikricha, til lug‘at boyligining yangilanishi ma’lum vaqt davriyligida ma’lum foizda yuzaga keladi. Shunga binoan ikki qarindosh tilning bir-biridan ajralish davrini yoki umuman tilning bir taraqqiyot holatining ikkinchisiga o‘tish vaqtini aniqlash mumkin emish.
Birinchisida quyidagi formula taklif qilinadi: s1 = 1o§ s 2 1o§ g (ajralish payti saqlangan lug‘aviy birliklar foizi logarifmini saqlanish koeffitsienti logarifmiga ikki hissa ko‘paytirishiga teng).
Ikkinchi formula: 1o§ g = 1o§ 1; + (1000 yil davomida saqlanish koeffitsienti logarifmi lug‘atlar o‘rtasida moslik foizining logarifmiga teng. Bunda lug‘atlar mosligi foizi element hosil bo‘lgandan buyon o‘tgan davr mikdoriga taqsimlanadi). Masalan, arxeologik qazishlar jarayonida topilgan ko‘mir tarkibiga asoslanib, yong‘in bo‘lib o‘tgan vaqtni aniqlashadi. Lekin, lison - ijtimoiy hodisa, uning‘ taraqqiyoti «o‘lik» dunyo mavjudotlaridan tubdan farq qiladi. Til lug‘at tarkibi qisqa muddatda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirib, keskin yangilanishi hech gap emas. (masalan, XI asrda normanlar istilosi natijasida ingliz tili lug‘at tarkibining qariyb yarmini roman o‘zagidagi so‘zlar tashkil qila boshladi. Huddi shuningdek, mustaqillik davrida o‘zbek tili lug‘ati yangi atamalar hisobidan keskin boyib bormokda). Shuning bilan birgalikda, ayrim tillar lug‘at boyligi asrlar davomida sezilarli darajada o‘zgarmasdan qolishi mumkin. (masalan, litva tilida bu hodisa kuzatilgan). Bundan tashqari, tillarning ajralish davriga oid yozma yodg‘orliklar bo‘lmasa (yoki ular kam mikdorda saqlangan bo‘lsa), ushbu tillar lug‘at tarkibini to‘lig‘icha aniqlashning imkoni yo‘q. Demak, matematik glottoxronologiya metodining‘ qo‘llanishi har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Ammo glottoxronologiya metodining‘ kamchiliklarini ko‘rib, uni butunlay unutish lozim degan xulosa paydo bulishi aslo mumkin emas. Lisoniy tahlilda matematik amallardan foydalanish imkoniyatlari ko‘p va tilshunoslikning «aniq» fanlar bilan birga rivojlanishi, o‘z muammolari yechimini topishda aniq fanlarga xos metodlardan samarali foydalanish imkoniga ega ekanligining allaqachon guvohi bo‘lganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |