Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

(Ul baxti qaytqon eshittikim, cherik ta'yin boʻlubtur, boshini qoʻligʻa olib, 
dunyodin chiqar.
[“Boburnoma”,2002:265]),tengri hukmini butkarmish 
(Chanderiyni muhosara 
qilgʻonda xabar keldikim, Kobulda Tengri hukmini butkarmish.
[“Boburnoma”, 2002:131]), gardi 


198 
fanogʻa 
ketmoq 
(Va 
Hasanxon 
Mevatiyga 
miltiq 
tegib, 
gardi 
fanogʻa 
ketti.
[“Boburnoma”,2002:264]). Bulardan tashqari «oʻlim» semali frazemalarning
tengri 
rahmatiga bordi, juvonmarg boʻldi, ajal yetti, olamdin kechti, shunqor boʻldi, shahid boʻldi, 
tengri rahmatiga bordi, olamdin kechdi, ajal yetdi, oʻqqa, qilichqa, suvgʻa bordi, qilichqa 
bordi,olamdin safar qildi,qora oldurmay
kabi shakllari ham uchraydi. 
«Boburnoma»da «oʻlmoq» tushunchasi oʻn toʻqqiz xil shakldagi ibora bilan ifodalangan. 
Asarning oʻttizga yaqin oʻrnida «oʻlmoq» tangri nomi bilan bogʻlab aks ettirilgan . Oʻlim semali 
frazemalarni nutqida ifodalashga qadimdan xalqimizda juda ehtiyotkorlik bilan yondashilgan. 
Sababi, har bir insonga noxush xabar aytilganda yoki yetkazilganda eshituvchi inson
tomonidandoim ham bosiqliq bilan qabul qilinavermagan. Shuning uchun ham xalqimizda 
«oʻldi» ma’nosini beruvchi bir necha soʻz yoki birikmalar mavjud boʻlgan. «Boburnoma» 
matnida «oʻlim» semasini ifodalovchi 20dan ortiq frazemaning borligi biznnig ushbu fikrimizga 
yaqqol dalildir.
6. «Jazo» semali frazemalar: qatli om qilmoq-«barchani oʻldirmoq» 
(Elni tamom qatliom 
qildi.
[“Boburnoma”,2002:82]), qoratayoq qilmoq-«urmoq» 
(Axsining bir pora lavand va 
avboshni barin qilib, qoratayoq qilib, Axsining tosh qoʻrgʻonidagilarni zarbi rost arkka 
tiqib...,
[“Boburnoma”,2002:68]), kalla minora qoʻpormoq-«kalladan minora tiklash», boʻynigʻa 
urdurmoq-«oʻldirmoq» 
(Shayboqxon 
Samarqandning 
Chorsuyida 
boʻynigʻa 
urdurdi.
[“Boburnoma”,2002:105]), yasoqqa yetti-jazo turi 
(Ba'zi sultonlari va sarkashlarikim, 
ilikka tushib edi, yasoqqa yetti.
[“Boburnoma”, 2002:105])yasoqqa yetkurdi, burnini teshdi-jazo 
turi 
(Kishilar yiborib besarliq qilgʻon elning ba’zisini yasoqqa yetkurub, ba’zisini burnini 
teshib, oʻrdadin evrurdilar.
[“Boburnoma”,2002:166]) 
7. «Muomala» semali frazemalar: yomon maosh qilmoq- «yomon muomala qilmoq» 
(Uzun Hasan va Sulton Ahmad Tanbal viloyat eliga bisyor zulmlar oʻtkarib, yomon maosh qilib 
edilar.
[“Boburnoma”,2002:68]), yaxshi maosh qilmoq-«xushmuomala boʻlmoq» 
(Bu jihattin bu 
togʻ eli birla yaxshi maosh qilmoq vojib va lozim edi.
[“Boburnoma”,2002:166]), ziddona maosh 
qilmoq-«kelishmaslik
»- (Chun Ustod Aliquli ziddona maosh qilur edi, bu jihattin Mustafoni 
burongʻorda Xumoyunning olida ta'yin qilildi),
musolaha oragʻa solib - «sulh taklif qilish» 
(Chun elchi yiborib, qadimdanturkka aloqador viloyatlarni tilab, musolaha oragʻa solilib 
edi,tavjih qilgʻon yarmoqlaraksar ilikka tushti.
[“Boburnoma”,2002:169]). 
8. Harbiy tushunchalarni ifodalovchi frazemalar: til tuta yiborildi-«aygʻoqchilikka 
yubormoq» 
(Xoja Kalonning navkari Haydarqulini til tuta yiborildi.
[“Boburnoma”,2002:191]), 
qochmoqqa yuz qoʻydi-«chekinmoq» 
(Bu holatni koʻrub moʻljor toʻgʻrisidagʻi qalin bangaliy 
kemalari suv quyi qochmoqqa yuz qoʻydilar.
[“Boburnoma”,2002:258]), ilik qoʻshmoq-
«qoʻshilmoq» 
(Sultonlargʻa kishi chopturdumkim, oʻtganlarni yaxshi yigʻib, ul oʻtrudagʻi farjgʻa 
yovuq yeta yonidin yurub, gʻanimgʻa ilik qoʻshung,
[“Boburnoma”,2002:258]), qoʻlgʻa olmoq-
«tutmoq
» (Aning xizonasini osonligʻ bila qoʻlgʻa olduk.
[“Boburnoma”,2002:246]), ahdgʻa 
turmay-«xiyonat qilmoq» 
(Tusni sekkiz oy qabab, sudh bila olib, ahdgʻa turmay, tamom el 
atogʻlarini qirib, xotinlarini asir qildilar.
[“Boburnoma”,2002:214]), gʻalaba bosh yibordi-
«isyonchilarning boshini olib joʻnatmoq» 
(Borib, yiroqdin ilgʻob, bu afgʻonlarni yaxshi bosib, 
qalin kishisini qirib, gʻalaba boshlar yibordi.
[“Boburnoma”,2002:217]), band qildi-«asir olmoq» 
(Rustamxon degan bir mardak Miyoni duobdagʻi tarkashbandlarni yigʻushturub, kelib Koʻyilni 
olib, Kichik Alini band qildi.
[“Boburnoma”,2002:223]), bosh koʻtarib-«isyon qilib» 
(Ikki suvni 
orasigʻa bosh koʻtarib, Koʻyil qasabasini urushub olib edi.
[“Boburnoma”,2002:264]). 
Koʻrinadiki, «Boburnoma»da sinonim va uyadosh frazemalardan unumli foydalanilgan. 
Iboralarning bir guruhi garchi sinonim boʻlsa-da, ular oʻrtasida ma'lum uslubiy farqlar mavjud. 
Masalan, shunqor boʻldi frazemasi shunchaki «oʻlmoq» ma’nosini ifodalasa, juvonmarg boʻldi 
frazemasi «yosh vafot etdi» ma’nosini bildirib, yosh ketganlik holatiga urgʻu beriladi.Xulosa 
qilib aytganda, bir umumiy ma’noni bildiruvchi turkum frazemalar «Boburnoma»da oʻrinsiz 
takrorlar, uslubiy gʻalizliklar boʻlmasligiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ifodaning 


199 
ravonligi, bayonning musiqiyligini ham ta'minlaydi. Tilshunoslik nuqtai-nazaridan bunday 
sinonim va uyadosh frazemalarni, ayniqsa ularning tarixiy shakllarini oʻrganish yangi-yangi 
ma'lumotlar, aniq xulosalarga asos boʻlishi mumkin. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish