.
Quyida tarixiy kasb-hunar otlarini koʻrib chiqamiz.
Alamkash
soʻzi eski oʻzbek adabiy tilida
bayroqdor, bayroq koʻtaruvchi
ma`nolarini
anglatgan:
Gar oʻlsa falak sori alamkash,
Bor erdi koʻziga toʻtiyovash.
[Alisher Navoiy, 1965:89]
Diramsanj
– pul oʻlchovchi.
Kosib kunji kafi zar olgʻinchi erur,
Ikki qoʻli mezoni diramsanji erur.
[AlisherNavoiy, 1967:23]
Jallod
– jon oluvchi, oʻlim hukmining ijrochisi.
Maqsudi ani sayyod qilmoq va oʻziga jonligʻlar qasdigʻa jallod qilmoq,
[Alisher Navoiy, 1966: 57]
Kanizak
– yosh choʻri ayol.
…
shodurvonida necha ming sohibjamol kanizak erdikim, alardin necha yuz mugʻanniya
aedilar.
[AlisherNavoiy, 1967:522]
Shigʻovul
– xudaychi (podshoh saroyida tantana marosimlarini boshqarib va nazorat qilib
turgan katta amaldor).
Yana bir “vov” va “lom” ba`zi lafzga ilhoq qilib bir maxsus sifatqa ta`yin qilurki,
salotinning xoh ramz asbobi uchun va xoh bazm jihoti uchun mu` tabardur. Andoqki, hirovul…
shigʻovul va daqavulkim, alar mundin ulviydurlar.
[Alisher Navoiy, 2000:23]
Eski oʻzbek tilida
bakovul
(xon dasturxonchisi yoki bosh oshpaz),
soʻzovul
(qochoq
askarlarni oʻz toʻdasiga qaytaruvchi amaldor),
tamogʻchi
(tamgʻa bosuvchi, boj oluvchi
amaldor),
tunqotar
(tungi qorovul, amal nomi),
chovush
(xudoychi, eshik ogʻasi),
eshikogʻasi
(darvoza soqchisi),
yasovul
(intizom saqlovchilik amali),
ayogʻchi // ayoqchi
(soqiy, may
quyuvchi),
bitikchi
(xat yozuvchi, kotib),
bovurchi
(oshpaz),
borschi
(yoʻlbars oʻynatuvchi),
olgʻinchi
(toʻplovchi),
oʻzanlar
(cholgʻu chalib, yalla, ashula qiluvchi shaxslar),
oʻtmakchi
(novvoy) kabi unvon, mansab nomlarini bildiruvchi quyidagi kasb-hunar nomlari ham bugungi
kunga kelib tarixiy soʻzga aylandi.
Arxaik va tarixiy soʻzlar, qoʻshimchalar badiiy va ommaviy uslublarni hosil qiladi.
Tarixiy kasb-hunar nomlarini tarixiy davrni tasvirlash uchun, uslubiy ma`noda esa asar
qahramonini ta`riflash, uning eskilikka moyilligini koʻrsatish masadida qoʻllanadi.
Alisher Navoiy asarlaridagi kasb-hunar nomlarining salmoqli qismi me`morchilikka
oid:
banno, boniy, doygar, me`mor, naqshpayvand, naqshsoz, naqqosh, navkash, rozaliq,
sabbogʻ, sangtarosh, binokor
kabi.
Banno
– usta, binokor, me`mor:
Har kun ul ish ki qilsa bannosi,
Shah kelib aylagay yamoshosi.
[Alisher Navoiy, 1958:8]
Boni // Boniy
– binokor, quruvchi, imorat yasovchi:
Boʻlub me`mori qudrat anda boni,
Suvdin qilmay xarob andoq binoni.
[Alisher Navoiy, 1966: 97]
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida
banno, boniy
kasb-hunar nomlari eskirib, iste`moldan chiqib
ketgan.
Doygar
soʻzi eski oʻzbek adabiy tilida
paxsakash, loydevor ustasi
degan ma`nonlarni
anglatgan:
Boʻlub har doygar gardungʻa payvast,
Qolib bel urugʻuchi bolchigʻ aro past.
[Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati,
1983, I: 498]
201
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida
doygar
eskirgan arxaik kasb-hunar nomidir. Uning oʻrnida
Do'stlaringiz bilan baham: |