Maygʻa ohang et, Navoiykim, mugʻanniy har zamon
Aysh tahrisin ayon aylar lisoni ud ila.
[Xazoyin ul-maoniy, II b. – 542]
202
Arabcha
mashshoq
soʻzining asl lugʻaviy ma`nosi
oʻqituvchi, ustoz; usta
boʻlib, hozirgi
oʻzbek adabiy tilida
xalq cholgʻu asboblarida musiqa asbobi chaluvchi sozanda
ma`nosida
qoʻllanadi:
Barot polvon “dodxoh kelibdi, shekilli”, deb samovar tomonga qaragan edi, dutor,
tanbur, gʻijjak, nay, doira koʻtarib kelayotgan mashshoqlarga koʻzi tushdi.
(M. Ismoiliy,
Fargʻona tong otguncha)
Demak,
mashshoq
soʻzining ma`nosi hozirda toraygan.
Cholgʻuvchi
soʻzi ham
cholgʻu chaluvchi sozanda; musiqachi
ma`nosi anglatadi:
Ozodaxon cholgʻuvchilar bilan yangi aytiladigan qoʻshiq haqida pichirlashib turgan edi.
(N.
Aminov, Qahqaha.)
Alisher Navoiy asarlarida
raqqos
soʻzi quyidagi ma`nolarda qoʻllangan:
1) oʻyinchi:
2) tipirlovchi, bezovta. [Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati,1983. – II ж.: 615]
Raqqos
soʻzi asli arabcha boʻlib,
oʻyinga, raqsga tushuvchi
ma`nosini anglatadi. Hozirgi
oʻzbek adabiy tilida
raqsga tushuvchi san`atkor erkak; oʻyinchi
ma`nolarida ishlatiladi.[Oʻzbek
tilining izohli lugʻati,2008. – 3-ж.: 361]
Oʻyinchi
1) Oʻyinchi. Sfdsh; oʻyinga tushuvchi, oʻynayotgan, yaxshi oʻynaydigan.
Oʻyinchi yigit chetga chiqishi bilan kipriklariga surma qoʻygan… yoʻgʻon bir juvon oʻrtaga
chiqib, yoʻrgʻalay boshladi.
(P.Tursun, Oʻqituvchi.)
2) raqsga tushuvchi shaxs; raqqos yoki raqqosa.
Shoʻx yigitlar oʻyinchiga xushomad
qilar, qiyqirishar edi
. (P.Tursun, Oʻqituvchi.) [Ўзбек тилининг изоҳли луғати,2008. – 5-ж.:
140]
Hofiz
– 1. saqlovchi, himoya qiluvchi:
Qur`ongʻa sen oʻlgʻan kibi yakson hofiz,
Boʻlsun sanga barcha ishda Qur`on hofiz.
[Xazoyin ul-maoniy, I b. – 756]
2) yoddan biluvchi; Qur`onni yoddan biluvchi qori:
…
Alar naz holatida va mavt sakarotida erdilar, hech hofiz hozir ermas erdikim, alar boshida
qur`on oʻqugʻay. Bu mahalda Xoja Dehdor yetishti. Alarning vido diydorlarigʻa musharraf
boʻlub, qur`on oʻqugʻali boshladi…
[Xamsat ul-mutaahayyirin, XIV– 63]
3) ashula aytuvchi, hofiz:
Chekti bulbul kibi ming lahn ila doston hofiz,
Yoʻq aningdek yana bu davrda xushxon hofiz
.[Xazoyin ul-maoniy, II a. – 162]
Hofiza
– yodlash, yoddan saqlash, yodlash mahorati, yodlab qolish quvvati:
Debturki, haq subhonahu va taolo manga hofiza berib erdiki, har ne qalamim taxtigʻa kirsa,
yodimdin chiqmas erdi.
[Nasoyim ul-muhabbat, XV – 119]
Navogoʻ
– kuychi, ashulachi, mutrib:
Koʻzining nozi eldin eltib uyqu,
Anga uyqu keturmakka navogoʻ.
[Farhod va Shirin, 34]
Xonanda
– hofizlik, ashula aytishlik.
Kasb-hunar nomlarining ifodalovchi lugʻaviy birliklar koʻproq
-chi
affiksi vositasida
hosil qilingan va bu an`ana turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tilining barcha taraqqiyot
bosqichlarida saqlanib qolgan. Fikrimizni Alisher Navoiy tomonidan fors-tojik tilida
kuzatilmaydigan, oʻzbek tiligagina xos boʻlgan
-ch va -chi
affikslari bilan mansab, hunar
ma`nosidagi otlar yasalishi haqida fikr yuritilib, oʻnlab dalillarni keltirilgani ham tasdiqlaydi.
A.Nurmonovning koʻrsatishicha, u garchi soʻz yasalish tuzilishi boʻyicha fikr bildirmasa
ham, lekin soʻz yasashga asos, yasovchi vosita va yasalma tushunchalari haqida ma`lumotga ega
boʻlgan[Nurmonov, 2012: 305]. Xususan,
-chi
yasovchi vositasining imkoniyati kengligi, asos
qismga qoʻshilib, bu qismning ma`nosi bilan bogʻliq turli shaxs otlarini hosil qilishini bayon
qiladi:
203
“Yana bir adolari borki, ba`zi alfozning soʻnggʻida “ch”, “yoy”ki, “chi” lafzidur,
ottururlar, yo mansabning yo hunarning yo peshaning izhori uchun; forsiyda yoʻqtur, balki alar
ham turkcha ayturlar.
Mansabda andoqki, qoʻrchi va suvchi va xizonachi va kerak-yarogʻchi va chavgonchi va
nayzachi va shukurchi va yurtchi va shilonchi va axtachi yoʻsunligʻ koʻptur”[Alisher Navoiy,
2000:22]. Jumladan,
“hunar va pesha egasi”
ma`nosini bildiradi:
qushchi, qoʻruqchi, tamgʻachi,
jibachi, yurgʻachi, xolvochi, kemachi, qoʻychi, qozchi, quvchi, turnachi, kiyikchi, tovushqonchi
kabi soʻzlarni ham
-chi
bilan yasalishi haqida fikr yuritilgan
.
Bundan koʻrinib turibdiki, hozirgi
oʻzbek tilidagi
-voz
(kaptarvoz),
-paz
(shirimonpaz, holvopaz),
-boqar
(qoʻyboqar),
-soz
(tamgʻasoz) kabi bir qator ot yasovchilar vazifasini ham Alisher Navoiy davrida, eski oʻzbek
eski oʻzbek tilida
-chi
affiksi bajargan. Shuningdek, hozirgi oʻzbek adabiy tilida
-chi
affiksi bilan
yasalgan kasb-hunar nomlarining salmogʻi koʻpligi ham mulohazalarimizning yorqin dalilidir.
Hatto hozirda ham
-chi
vositasida kasb-hunar nomlari yasalishi davom etmoqda:
biznechi,
birjachi, kompyuterchi, tijoratchi, soliqchi, paynetchi
kabi.
Xullas, Alisher Navoiy asarlarida 300 dan ziyod kasb-hunar nomlari qoʻllangan:
adib,
ayolgʻuchi, alamkash, anjumshunos, atibbo, bazzoz, bakovul, baxshi, baxyasoz, bovurchi,
borkash, bogʻbon, buzkash, vazir, voiz, gozur//kozur, gulchin, dabir, dalk, dallol, darbon,
dehqon, didbon, donarez, doyagar, doranda, jodu, jat, jomabof, zorib, zakotchi, imom, itmakchi,
yirov, kaniz, kemachi, lashkar, lahnapardoz, maktabdor, malloh, marzbon, massoh, matbaxiy,
misohat, moshita, muboshir, muzdur, mulozim, munshiy, murabbiy, musavvir, muhaddis,
muhandis, muhosib, muhrdor, mavokash, mavosoz, mavkar, najjor, nayzachi, naqshband,
naqshsoz, naqqosh, novakash, nozir, novvoy, notiq, obposh, oshpaz, ohangar, payk, poykor,
sabbogʻ, sabukash, savdogar, savdopesha, sayyod, sakbon, tabbox, tabib, tahvildor, temirchi,
teshavor,ustod, farrosh, chokar, choʻpon
kabi[Alisher Navoiy,1983-1985].
Bulardan
ayolgʻuchi,
anborkash,
anjumshunos,
atibbo,
attor,
afsona-guzor,
afsonapardoz, afsonasaroy, axtarshunos, axtachi, bazzoz, bakovul, banno, barbatnavoz,
barzagar,boni//boniy,doygar, naqshpayvand, novakash, rozaliq, vazzon, gozur//kozur, gulchin,
goʻrkan, goʻyanda, dabir, darbon, daryogard, daryokash, didbon, diramsanj, doygar, itmakchi
kabi kasb-hunar nomlari eskirgan,
alamkash,diramsanj, zakotchi, jallod, kanizak, kohin, sayrafiy,
sarrof, shigʻovul
kabi kasb-hunar nomlari tarixiy soʻzlar qatlamidan oʻrin olgan.
Eski oʻzbek tilida iste`molda boʻlgan
adib, baxshi, me`mor,muhandis, muallim,
murabbiy, musavvir, novvoy, oshpaz, raqqos, savdogar, sozanda, suvchi, tabib, temirchi,
farrosh, xattot, naqqosh, sangtarosh, bogʻbon, voiz, dallol, dehqon
kasb-hunar nomlari bugun
ham iste’molda faol qoʻllanmoqda.
Tahlillardan anglashiladiki, har qanday semantik maydonning taraqqiyotini oʻrganishda
tilga oid tarixiy manbalarmuhimilmiyvaamaliymanbaboʻlaoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |