209
Annotation:
ensuring the security of the Uzbek language. Finding Turkic equivalents for
the adopted internationalism words. Use the term “label” instaed of the term “brand”. Use the
term “bozorlama” instaed of the term “marketing”. Issues in the appropriate use of the term
“market”.
Key words:
marketing. Brand. Market. Security. Development. Protection. Information
technology. Innavation. New methods.
Bugungi tahlilga tortilgan mavzuyimiz aynan sarlavhada
keltirilganidek marketing
sohasiga oid baʼzi terminlardir. Fandagi har qanday rivojlanish, taraqqiyot ilmiy terminlarning
yuzaga chiqishi yoki oydinlashishidan darak beradi. [Dadaboyev, 2019;4] Biz bilamizki,
marketing bugungi kunda juda ham faol sohalardan biri hisoblanadi. Marketing – bozor holatini
har tomonlama oʻrganish va oldindan baholash asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni
tashkil etish hamda shu tariqa yaxshi foyda topishni uyushtirish. [Mamanazarov,2012;238].
Marketingning oʻzi deyarli barcha sohanining tarkibiy qismiga aylandi. Marketing inglizcha
market – bozor soʻzidan olingan “ing”
tashkil qilish, shakllantirish degan maʼnolarni beradi.
Bundan kelib chiqadiki, marketing sotishni tashkillashtirish, joyi va vaqtidan qattiy nazar
bozorni tashkillashtirish degan maʼnolarni beradi. Marketing bu –jarayon nomi, narsa yoki
buyumning nomi emas. Misol uchun: bank–aniq bir tashkilotning nomi boʻlib, hisoblanadigan
faoliyat turlari majmuasini amalga oshiradigan yuridik shaxs. Marketingda
esa savdo bozorini
tashkil qilishda ijodkorlik, strategiya, reklama, tarmoq internet, motivatsiya, sezgirlik, gʻoya va
yana shu kabi koʻplab jarayonlar kerak boʻladi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki,
marketing sohasidagi terminlarning deyarli 90 foizi jarayon nomlaridir. Marketing tushunchasi
tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida АQSh da ilk bor qoʻllanilgan.
Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajasida toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida
monopoliyalar hukuronligi xalqaro bozorda keskin raqobatni vujudga keltirdi, bu esa pirovardida
mahsulotni
sotish
muammosini
obyektiv
tarzda
birinchi
oʻringga
chiqardi.
[Mamanazarov,2012;239]. Demak marketing bu-mahsulotni toʻgʻridan–toʻgʻri sotish emas, balki
boshqa tadbirli usullar bilan sotishni amalga oshirish ekan.
“Market” - bozor boʻlsa, –“ing” qoʻshimchasi “to be” feli bilan kelsa davomiylikni
bildiradi, “ing” ning oʻzi kelsa otlashgan Fe’l boʻlib, harakat nomini bildiradi.
Аynan shu
qoʻshimchani oʻz holicha tarjima qiladigan boʻlsak bu –“la” qoʻshimchasi bilan beriladi, –“ma”
qoʻshimchasi esa oʻzbek tilida feʼldan ot yasaydi, yaʼni shu feʼl bilan amalga oshirishni
anglatadi. Bozor-la-ma soʻzi marketing soʻzini toʻliq almashtira oladi. Bozor aslida forscha soʻz
boʻlsada, unga oʻzbekcha –la, –ma qoʻshimchalari qoʻshilib “bozorlama” soʻzini tashkil etsa
boʻladi. Bozor–la – yaʼni “la” qoʻshimchasi oʻzbek tilida otlarga qoʻshilib feʼl yasaganda,
yasashga asos qismidan anglashilgan narsa predmet bilan maʼnolarni bildiradi: oʻgʻit-la, moy-la.
Yana bir xolatda esa yasashga asos qismidan anglashilgan narsani yuzaga keltirish maʼnosini
ham beradi: urugʻ-la, bola-la. [Xojiyev, 2007; 38]. Biz aynan bozor-la shaklini olamiz, “bozorni
oʻrgan” maʼnosida. -ma– qoʻshimchasi bilan qoʻllanganda “bozorni tashkil et” maʼnolarida
qoʻllaniladi. Bozorlama deyish marketing soʻzini toʻliq almashtira oladi. Turk tili izohli lugʻatida
marketing terminini aynan “pazarlama” shaklida qabul qilgan va isteʼmoldagi shakli ham aynan
“pazarlama” deyiladi.
Bugungi kunda “market” degan yozuvni har qadamda uchratamiz. Doʻkonlar peshtoqiga
“market” deb yozish urf boʻlgan. Toʻgʻri bugungi kundagi bu hodisalar tilimizga boʻlayotgan
taʼsirlarning namoyishi. Oʻtgan asr oxirlarida “market” degan termin oʻrnida “doʻkon”
termini
qoʻllanilar edi. Chunki oʻsha paytlarda oʻzbek tiliga rus tilining taʼsiri katta boʻlgan. Yusuf Xos
Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarida “kichik doʻkoncha” maʼnosini beruvchi
“kebit
”[Yusuf Xos
Hojib, 1990.52]. termini qoʻllangan. Bugun biz ingliz tilidan oʻzlashgan Minimarket,
Supermarket, Gipermarket terminlarini qoʻllayapmiz. “Minimarket” kichik bozor, “supermarket”
aʼlo darajadagi bozor, “gipermarket” esa ulkan bozor maʼnolarida tushuniladi va qoʻllaniladi.
210
Chunki barchamizga maʼlumki bugungi kunda ingliz tili rivojlangan mamlakatlarning munosabat
tiliga aylangan.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2020-yil “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish” yili deb nomlandi. Bu harakat respublikamizda iqtisodiyotning va taʼlim
tarbiyaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishiga va yangidan yangi innovatsiyalarni
qoʻllash imkonini berdi. Insonlarning tadbirkorligi oʻsdi. Bu tadbirkorlik
deganda faqatgina
iqtisod nazarda tutilgani toʻgʻri emas. Tadbirkorlik bu juda keng maʼnodagi tushunchadir. Har
bir ishni tadbir bilan qilish bugungi kunning talabidir. Butun dunyoni qamrab olgan ulkan
pandemiya inson omilida ham, iqtisodiyotda ham, ilm fanda ham, doimiy yoʻnalishlardan
butunlay yangicha usullarga oʻtishga sabab boʻldi.
Insoniyat maorifni, taʼlim tarbiyani, ilmni zamon talabiga mos tadbirli strategiyalar bilan,
axborot texnologiyalar asosida amalga oshirishga oʻrgandilar va oʻrganmoqdalar.
Savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan shugʻillanadigan tadbirkor insonlar bir-biri bilan
ijobiy maʼnoda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.
Mahsulotlarni eksport ham
qilmoqda, chet eldan impotr mahsulotlarni ham olib kirmoqdalar. Bugungi kunda mahsulot va
tovarlarning eng yaxshisiga nisbatan
“BREND”
mahsulot degan termin qoʻllanmoqdamiz.
Brend maxsulot, brend tovar, brend mol. Аslida esa ingliz tilidan olingan, soddalashtirilgan va
tor maʼnoda talqin qilingan ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning
yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristkasi va
vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. [Mamanazarov,2012;90]. Bu taʼrifdan kelib
chiqadiki (mahsulotning faqatgina eng yaxshisiga emas) har qanday
ishlab chiqarilayotgan
mahsulot demak “brend” hisoblanar ekan. Chunki har qanday mahsulotning ishlab chiqruvchi
tamonidan belgilangan oʻz belgisi, nomi bor. Turkiy til tarixida aynan shu maʼnoda “tamgʻa”
leksikasi qoʻllangan.
Tamgʻa
–“ajratish, kimga tegishli ekanligini qoʻrsatish uchun
qoʻllaniladigan belgi”. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli “bogʻla–
”, “yopishtir–” maʼnosini anglatgan taq– feʼlidan –ma qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik
Do'stlaringiz bilan baham: