Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jumanazarova G. Aql uzvli iboralar //Oʻzbek tili va adabiyoti. №2. Toshkent,
2012.–b.78.
2.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Nashrga tayyorlovchi S.Hasanov. –
Toshkent, 2002.
3.
Rashidova U. Oʻzbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili.
(koʻz, qoʻl va yurak komponentli iboralar misolida) PhD avtoreferati. Samarqand-2018.-b.6.
4.
Rahmatullayev Sh. Fe’l frazeologik birliklarda mavjudlik kategoriyasi. //Oʻzbek
tili va adabiyoti. 1963. №4 .b 36.
5.
Gʻaniyeva Sh. Oʻzbek frazeologizmlarning struktur tadqiqi.Toshkent-2013. –b.29.
Alisher Navoiy asarlarida qoʻllangan kasb-hunar nomlarining leksik-semantik
xususiyatlari
Lexico-semantical properties of professional names used in Alisher Navoi’s works
Muhammadaliyeva Madina Nosirjon qizi
Annotation:
The article describes the lexical and semantic features of professional names
in the works of Alisher Navoi: meaning, changes in meaning, meanings and applications in
modern Uzbek.
Key words:
old Uzbek language, professional names, historism, archaism, historical-
etymological source, affix.
XII
–
XIII asrlardan XX asr boshlarigacha amalda boʻlgan eski oʻzbek tili hozirgi oʻzbek
tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos boʻlgan.Eskioʻzbek tili lugʻat tarkibida eskirgan
va tarixiy kasb-hunar nomlari salmoqli oʻrin tutadi. Eski oʻzbek tilida Alisher Navoiy asarlari,
ijodi muhim oʻrin tutganligi sababli bu davr uchun uning asarlarini asos qilib oldik.
Kasb-hunar nomlari ma`noviy guruhining tarixiy taraqqiyotinieski oʻzbek adabiy tili,
jumladan, Alisher Navoiy asarlari misolida koʻrib chiqamiz.
Alisher Navoiy asarlarida
adib
soʻzi
tarbiyachi, murabbiy, oʻqituvchi
ma`nolarini
anglatgan:
Ey Navoiy, uddek har dam koʻrarasen goʻshmol,
Goʻyiyo sen tifli rah, charxi muxolifdur adib.
[AlisherNavoiyasarlaritiliningizohlilugʻati, 1983, I: 34]
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida esa
adib
soʻzining yuqoridagi ma`nolari eskirgani holda
yozuvchi
tushunchasini anglatadi. Jonli muloqotda koʻproq
adabiy asarlar yozish bilan
shugʻullanuvchi shaxs, yozuvchi
ma`nosida qoʻllanadi. Masalan,
Bizga adiblar, shoirlar, haqiqiy
jasur kurashchilar lozim.
(Oybek, Nur qidirib).
Hozirgi koʻzga koʻringan yirik adib va shoirlar
shu dargoh laboratoriyasidan yetishib chiqqan kishilardir
. (X.Yodgorov, Hayot toʻlqinlari)
[Oʻzbektiliningizohlilugʻati, 2006,1:40]. Koʻrinadiki, hozirgi oʻzbek adabiy tilida soʻzning
ma`no tuzilishida oʻzgarish roʻy bergan.
Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi; onomastika66@mail.ru.
200
Soʻz oʻzi ifodalagan tushuncha bilan eskirgan va hozirda mavjud boʻlmagan, tarixiy,
oʻtmishda boʻlgan narsa, voqea-hodisalarni ifodalovchi soʻzlar istorizmlar yoki tarixiy soʻzlar
deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |