196
Soʻnggi yillarda frazeologiya keng tadqiq etilayotgan sohalar qatoriga kirdi. Oʻzbek tili
frazemalarining ma’noviy xususiyatlari, yondosh til
hodisalari bilan munosabati, iboralar
oʻrtasidagi omonimiya, sinonimiya va antonimlik hodisalari, gap ma’nosini reallashtirishdagi
oʻrni
va uslubiyati, frazemalarni boshqa tillar bilan qiyosiy oʻrganish boʻyicha qator ishlar
amalga oshirildi. Frazeologizm ikki va undan ortiq soʻzlarning barqaror bogʻlanishidan hosil
boʻlgan ikkilamchi nominatsiya sanaladi. Frazemalar leksikadan yuqori,
gapdan quyi sathda
turadigan til hodisasi sifatida ham e'tirof etiladi [Jumanazarova,2012:18]. Frazeologik ma’no
frazeologizm tarkibidagi soʻzlarning leksik ma’nolari yigʻindisidan kelib chiqmaydi, u umumiy
yaxlitlik xususiyatiga ega. Frazeologik ma’no bilan leksik ma’no oʻrtasida umumiylik boʻlishi
bilan birga, bir qator oʻziga xos belgilar mavjud. Umumiy belgilar bu ikki hodisa oʻrtasidagi
oʻxshash jihatlarni koʻrsatib tursa, oʻziga xos belgilar farqlovchi (differentsial) belgi sifatida
ularning til sistemasida yashovchi alohida hodisalar ekanligini koʻrsatadi.Ma'lumki, erkin va
turgʻun birikmalarning differentsial xususiyati «tayyorlik» yoki «barqarorlik» belgisidir. Bu
belgiga koʻra oppozitsiyaga kirishuvchi soʻz birikmasining turgʻun birikma a'zosi kuchli,
markerlangan, erkin a'zosi esa kuchsiz, markerlanmagan a'zo hisoblanadi[Gʻaniyeva,2013:59].
Turgʻun birikmalar «tayyorlik», «barqarorlik» belgilariga koʻra umumiylikni hosil qilsa ham, oʻz
ichida ma'lum differentsial belgilariga koʻra farqlanadi vashu asosda kichik guruhlarga boʻlinadi.
Frazemalartil birligi sifatida tayyor holda mavjud boʻladi.
Tilning barcha qatlamlarida, tarixiy
taraqqiyot bosqichlarida faol qoʻllanib kelmoqda.
Frazemalarning lingvistik taraqqiyot bosqichlariga xos xususiyatlarini tarixiy, badiiy vaadabiy
manbalar tilini tadqiq etish orqali aniqlash mumkin. “Boburnoma” yirik hajmli, uslubiy jihatdan
yetuk asar boʻlganligi sababli uning tilini frazemalarsiz tasavvur qilish qiyin. Asarda qoʻllangan
iboralarni, xususan, Fe’l-atvor vaholat bildiruvchi
frazemalarni tuzilishi, semantikasi, tarkibiy
qismlariga koʻra ma'lum guruhlarga boʻlib oʻrganish mumkin.
“Boburnoma”da qoʻllanilgan frazemalarni semantik jihatdan quyidagicha tasniflash mumkin:
1.“Harakat-holat” semali frazemalar: gunohini bagʻishlab-kechirmoq
(Xoja Kalonning
shafoati
bila
gunohlarini
bagʻishlab,
ahl
va
ayollarini
alarga
qaytib
ruxsat
berildi.
[“Boburnoma”,2002:162], ta'ziyat tutmoq-aza tutmoq
Do'stlaringiz bilan baham: