192
6. Sirojiddinov Sh. A.Navoiy dahosi // Oltin bitiklar,№1, -T.,2018,-B-5.
7. Qayumov A. Muhokamat ul-lugʻatayn, 3-jild. - T.: Mumtoz soʻz, 2009, -B-368.
8. Qoshgʻariy Mahmud, Devonu lugʻatit turk, 1-tom. – T.: Fan, 1963, -B-44.
“Qutadgʻu bilig”dagi nodir turkiy soʻzlar
Rare turkish words in “Kutadgu bilig”
Xolmuradova Mushtariy Faxrutdin qizi
Annotation:
This article summarizes the Turkish words used in the “Kutadgu bilig”. In
this article was analyzed lexical-semantic features Turkish words and their relation present. In
modern uzbek and foreign language there is a discussion.
Key words:
Turkish words, lexical-semantic features, uzbek literary language, lacuna,
relation, poem.
“Qutadgʻu bilig” turkiy tilda bitilgan ilk badiiy doston. Asar matnidagi turkiy soʻzlarning
ma’lum bir qismi hozirgi oʻzbek adabiy tilida qoʻllanilmaydi. Bu esa adabiy tilda ma’lum bir
lakunalarni yuzaga keltiradi. Lakuna (fran. Lacune-boʻshliq, chuqurlik).
Muloqot jarayonida
muayyan madaniyatning boshqa madaniyat vakili tomonidan toʻliq yoki qisman
anglashilmaydigan oʻziga xos milliy unsuri [Zokirov, 2016:11]. Ya’ni tushuncha mavjud, lekin
uni ifodalaydigan soʻz yoʻq. Mana shunday boʻshliqlarni yuzaga keltirmaslik uchun esa, har bir
til oʻz ichki imkoniyatlari, oʻz qatlam leksikasidan foydalanishi kerak.
“Qutadgʻu bilig” matnida shunday nodir turkiy soʻzlar
mavjudki, ular ifodalaydigan
tushunchalar bilan oʻzaro bogʻliq.
Asar matnida keltirilgan
tamγa
soʻzi diplomatik aloqalarda faol qoʻllangan.
Mahmud
Koshgʻariy lugʻatida ikki xil ma’nodagi, ya'ni omonimik munosabatdagi
tamγa
soʻzi
izohlangan: I. Shoh va boshqalarning tamgʻasi, muhri; II. Dengiz, koʻl va vodiylarga quyiladigan
suvning bir tarmogʻi. Daryoda qayiq toʻxtaydigan joy ham
tamgʻa
deyiladi (DLT, I, 1963: 400).
“Qutadgʻu bilig”da
tamγa
soʻzi bilan bogʻliq tamγačï termini ham keltirilgan.
Tamγačï
alohida saroy lavozimlaridan biri boʻlib, “tamgʻani qoʻriqlovchi shaxs” ma’nosini
anglatadi:
köni bolsa qïlqï bolur tamγačï
(DTS,1969: 530). Eski oʻzbek adabiy tilida bu soʻzning
oʻrnini
muhrdor
termini egallaydi.
Tamγa
turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim
oʻrin tutadi.
Tamγa
nafaqat davlat belgisi, balki ijtimoiy turmush tarzi bilan bogʻliq muhim belgi
sifatida ham ahamiyatga ega boʻlgan. Chorvachilik bilan shugʻullangan
turkiy xalq vakillari
hayvonlarni maxsus tamgʻalar (uy-roʻzgʻor buyumlari, hayvonlar) shakli bilan muhrlashgan. Bu
tamgʻalar urugʻ-qabila nomlari sifatida qoʻllanib, etnonimlarga aylangan:
choʻmichli, tamgʻali,
qursoqli.
Bu ma’lumotlar qadimdan turkiy xalqlarda devon xizmati faoliyat yuritganidan darak
beradi. Keyinchalik bojxona roʻyxatidan oʻtgan ashyolar ham tamgʻachilar tomonidan
muhrlangan hamda boshqa tillarida saqlanib qolgan bojxona ma’nosini bildiruvchi “таможня”
soʻzi shakllangan.
Öktam
soʻzi semantikasida oʻzaro zid ma’noni kuzatish mumkin. Öktam“Qutadgʻu
bilig”da“kibor, kibrli, yaramas, maqtanchoq” ma’nolarida qoʻllangan:
Kötürmä, bayïtmä ẹsiɀ ögtämig,
Aχïr qïlγa šaksiz seŋä ot emig.
Yaramas, maqtanchoq (kishilar)ni koʻtarma, boyitma,
(U) oxiri shaksiz senga dori-darmon qiladi [ya'ni boshingga yetadi] (QBN, 1972: 5405).
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, PhD;
xolmurodova@navoiy-uni.uz
193
“Qadimgi turkiy lugʻat”da ham shu ma’noda qayd etilgan (DTS,1959: 381).Bugungi
kunda
öktam
soʻzi
ijobiy sema kasb etgan boʻlib, “boshqalarga oʻz ta’sirini, soʻzini oʻtkazadigan;
shijoatli, oʻtkir” ma’nolarini ifodalaydi (OʻTIL, V, 146). Fe’l-atvorni bildiradigan bu soʻz
aksariyat oʻrinlarda tashqi koʻrinish, gavda tuzilishini ifodalashda
chiroyli, koʻrkam
sifatlariga
sinonim tarzda qoʻllanadi. Bunday zidlikning yuzaga kelishi, soʻz
semantikasida zid
ma’nolarning hosil boʻlishi
enantiosemiya
deb yuritiladi. Soʻz semantikasi bilan bogʻliq
boʻlganenantiosemiya hodisasi, ya'ni bir leksema semantikasida qarama-qarshi semalarning
mavjudligi soʻzning qoʻllanish doirasi, semalar taraqqiyoti bilan belgilanadi. Enantiosemiya
(yun. enantios - “qarama qarshi” + sema -belgi) bir soʻzning
semantik tuzilishida zid
ma’nolarning taraqqiy etishi, antonimik ma’nolarning yuzaga kelishidir [Hojiyev, 2002:134].
F.Abdujabborova öktam soʻzining shakllanish tadrijini shunday koʻrsatadi: ög ˃ ögdäm
˃ögtäm˃ öktäm.
“Pok, toza” ma’nosini anglatgan
arïγ
soʻzi “pok, toza” ma’nosini anglatgan ar sifatidan –
ï qoʻshimchasi bilan yasalgan (OʻTEL, I, 31). “Tozalamoq, poklanmoq” ma’nosidagi
arï=
Fe’liga
–γ
qoʻshimchasini qoʻshish orqali arïγ oti yasalgan. Bu soʻz ilk bor “oliyjanob, saxiy”
ma’nosida “Toʻnyuquq” bitiktoshida qoʻllangan (DTS,1969: 52). “Qutadgʻu bilig”da soflik
ma’nosida kelgan:
Közi toq keräk keδ yemä köŋli bay,
Arïγlïq keräk häm yüzi körki ay.
Juda koʻzi toʻq, yana koʻngli boy (boʻlishi) kerak,
Soflik darkor ham yuz chiroyi oy (dek boʻlishi) kerak (QBN, 1972: 2803).
Muloyim, yumshoq tabiatli kishilarga nisbatan qoʻllangan
Do'stlaringiz bilan baham: