190
tilshunoslikka oid "Muhokamatul-lugʻatayn" (Ikki til muhokamasi) asarini yozib, turkiyzabon
xalqlarning buyuk adabiyoti rivojiga zamin yaratdi.[Sh.Sirojiddinov, 2018:5]
Mutafakkir shoir Alisher Navoiy oʻzining "Muhokamat ul-lugʻatayn" asarida til va
tafakkurning ba`zi umumiy masalalari haqida fikr yuritib tilga ijtimoiy hodisa deb qaraydi. Til
insonni barcha mahluqotlardan ajratuvchi "gavhar sharif" tafakkurning ifoda qurolidir deydi.
Uning fikricha, kishining koʻngli (fikri) daryo, soʻz-dur, soʻzlovchi esa gʻavvosdir. Asarida
Navoiy shunday ta`riflaydi: "Ma`ni adosida ilfos tilga kelur va ul alfosdin ma`ni fahm boʻlur"
[Navoiy,2000:8]. Navoiy til bilan tafakkurni bir-biridan ajratmaydi, balki ularni uzviy birlikda
oladi. U ma`noni birlamchi, shaklni ikkilamchi deb hisoblaydi, ma`noga soʻzning joni, deb baho
beradi. Demak "Muhokamat ul-lugʻatayn" da endi soʻz soʻz aytuvchining qadrini koʻrsatadigan
koʻngil izhori ekaniga urgʻu beradi. Agar daryodan gavhar olib chiqqan gʻavvos qadrini u olib
chiqayotgan gavhar belgilasa, inson qimmati koʻngildan chiqayotgan gavhar-soʻz bilan
baholanadi. Har bir odamning, har bir jamoatning oʻziga xos soʻzlari boʻlib, bu soʻzlar ularning
murod ma`nilaridan belgi beradi. Kimni kim ekanligini koʻrsatadi.[Madayev,2018:226]
Zero soʻz gavharlarining duru gavharlardan qiymati ortiq, martabasi balanddir. Yaxshi
soʻzdan inson taniga pok ruh etadi.Yomon soʻzdan esa, hayotliq jismiga halokat
keladi.[Qayumov,2009:368]
Alisher Navoiy "Xamsa" asriga kirgan besh dostonning hammasida soʻz, soʻz ta`rifi
haqida qimmatli va hikmatli fikrlarni bildirib, soʻzlarga ijodkor shoir va yetuk olim sifatida baho
bera boshlaydi. "Muhokamat ul-lugʻatayn" da soʻz va soʻz aytuvchining qadrini koʻrsatadigan
koʻngil izhori ekaniga urgʻu beradi.Badiiy adabiyotning quroli soʻz boʻlgani uchun Alisher
Navoiy soʻzlarni ifodalayotgan ma`nosidagi farqqa qarab ajratadi.
Qadrli ustozim Omonulla Madayev aytganidek, Alisher Navoiyning ona tilini qanchalar
mukammal bilishi hech qiynalmay foydalanishiga qoyil qolamiz. Ayni chogʻda shoirimizning
fors tilini ularning oʻzlaridan yaxshiroq oʻzlashtirganini his qilib turamiz. Ana shunday paytlarda
Navoiydek buyuk ajdodimiz borligidan qalbimizda fahr tuygʻulari joʻsh uradi. Asar bilan
tanishgan oʻquvchi shoirimizning tilshunoslik ilmida ham yetuk olim maqomiga erishganligiga
amin boʻladi. Oʻzingiz baho bering, alloma oʻzi yashagan XV asr oʻzbek tili haqida fikr yuritib,
ona tilimizda tovush orttirilishi bilan soʻz ma`nosida kuchayish belgisi hosil boʻlishigacha
aniqlab qoʻygan.
Bu oʻrinda oppoq, qop-qora, qip-qizil, sap-sariq, yum-yumaloq, yap-yassi, chup-chuqur
kabi soʻzlar koʻrsatiladi.“Vov” va “Lom” qoʻshilib, hirovul, qarovul, chingdovul, yasovullar
hosil boʻlishi aytiladi. Tilimizning mana shunday ajoyib fazilatlariga ta’rif berilganidan soʻng
turkiy ijodkorga qarata hamon ona tilimizning shunchalar goʻzal va boy ekaniga dalillar olgan
boʻlsangiz oʻzga tilda dil izhori qilmasangiz yaxshi boʻlar edi: «Va agar ikkala til bila aytur
qobiliyatlari boʻlsa oʻz tillari bila koʻprak aytsalar erdi va yana bir til bil ozroq aytsalar erdi»,
deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: