Barcha kimyoviy reaksialar belgisiga qarab 2 ta guruxga ajratiladi: I tur va II tur reaksiyalar.
I tur reaksiyalar:
1) Almasinish reaksiyalari: AB + CD = AC + BD;
AgNO3 + KCl = AgCl + KNO3 .
2) Birikish reaksiyalari: A+B=C;
Na2O+H2O = 2NaOH.
3) Parchalanish reaksiyasi: A=B+C;
CaCO3 = CaO+ CO2
4) O`rin olish reaksiyalari: AB + C = AC+B;
CuCl2 + Zn = ZnCl2 + Cu
II tur reaksiyalar: Element atomlarining oksidlanish darajalari o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalardir. Bunday reaktsiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari deyiladi:
II tur reaksiyalar: Element atomlarining oksidlanish darajalari o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalardir. Bunday reaktsiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari deyiladi:
Mg + H2SO4 = MgSO4 + H2
Zn + HCl = ZnCl2 + H2
Oksidlanish darajasi nima? Element (yoki ion)ning oksidlanish darajasi deb, shu elementni uz tarkibida saklagan molekuulani faqat ionlardan iborat, deb faraz qilinsa va molekula umumiy zaryadining yig`indisi nolga teng bo`lishi uchun xar bir element atomining (ioning) ayni paytdagi (effektiv) zaryadi qiymatiga aytiladi.
Takrorlash uchun savollar. 1. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining moxiyatini tushuntiring.
2. Oksidlovchi va qaytaruvchi nima? Qanday moddalar oksidlovchi yoki qaytaruvchi bo`la oladi?
3. Elektron balans usulining moxiyati nimadan iborat?
4. Ion-elektron usuli deganda nimani tushunasiz va uning afzallik tomonlari nimada?