Mental arifmetika
Ko‘pchilik odamlar daholar aynan daho bo‘lib tug‘iladi, deb hisoblaydi. Amaliyot esa aksini ko‘rsatadi. Yangilik dasturlarida aqliy salohiyati yuqori bo‘lgan bolalar haqidagi xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda. Buning hech qanday hayratlanarli joyi yo‘q. Agar miyasining har ikkala yarimsharini rivojlantirsa, har qanday bola o‘qish yo ijodiyotda aqlbovar qilmas yutuqlarga erishishi mumkin. Bunda unga qiyosi yo‘q fan — mental arifmetika yordam beradi.
Ma’lumki, faqat 5 foiz odamgina o‘zini turli sohalarda ko‘rsatib, hayotda o‘zi xohlagan cho‘qqilarga chiqa oladi. Qolgan 95 foiz odam o‘z oldiga faqat maqsad qo‘yadi, lekin hech qachon ularga yeta olmaydi. Bunga sabab, bu odamlar miyasining chap yarimshari o‘ng yarimshariga nisbatan tezroq rivojlanadi. Mantiqiy fikrlash borasida tengi yo‘q hisoblangan bu kishilar tabiat in’om etgan ichki hissiyot va tasavvurdan foydalanmaydi.
Mental arifmetika miyaning har ikkala yarimsharlari bir xilda rivojlanishiga imkon beradi. 2000 yil avval Yaponiyada paydo bo‘lgan bu fandan ko‘zlangan maqsad — hisob-kitob (abakus) bo‘yicha arifmetika hisoblash yordamida butun aqliy salohiyatni faollashtirishdir.
Mental arifmetika mayda motorika va aniq arifmetik harakatlar yordamida chap yarimsharni rivojlantirishga ko‘mak beradi. O‘ng yarimshar o‘ng va chap qo‘llarni ishlatish, “xayol” (tasavvur)dagi ish davomida harakatga keladi. Mashg‘ulotlar samarasi o‘laroq bolada faollik va tashabbuskorlik jihatlari o‘sadi. Bola charchashdan to‘xtaydi, maktabdagi darslarni oson o‘zlashtiradi, ijodiy va texnik to‘garaklarga qiziqish bilan qatnaydi, xorijiy tillarni tez o‘rganadi. Bundan tashqari, bolada mustaqillik, o‘ziga ishonch va yetakchilik sifatlari shakllanadi.
Ayniqsa, biz o`qituvchilar o`quvchilarga boshlang`ich ta’limni berar ekanmiz, o`quvchilarda hisoblash malakalarini shakllantirish uchun bolaga eng qulay usullarni tanlab olishimiz va ularni darslarda tadbiq etib borishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Mental arifmetika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, mental arifmetika o`quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o`z fikrlarini aniq, to`g`ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. Matamatika kursining dastlabki savodxonlik davridayoq hisoblashda barmoqlardan foydalanishni o`rgatib boramiz. O`quvchilar uchun barmoqlari doimiy yordamchiga aylanib boradi. Keyinroq hisoblashning og`zaki va yozma usullarini, sonlarning tarkibini mukammal organib bo`lishgach, hisoblash malaklari avtomatizm darajasiga yetadi. Bunda o`z-ozidan o’quvchi hisoblashda barmoqlariga ehtiyoj sezmay qoladi.
Boshlang`ich sinfda ko`paytirish jadvali barchaga ma’lum bo`lgan an’anaviy usul – yodlatish orqali amalga oshiriladi.
Lekin biz ikkinchi sinfda ko`paytirish haqidagi bilimlarni berish jarayonida yana barmoqlarga murojaat etishni lozim topdik. Bunda barmoqlar ishtirok etib, o`quvchilarning tez yod olishiga va yodlarida uzoqroq saqlanishiga yordam beradi. Ko`paytirish jadvalini mukammal yodlagan o`quvchi misol va masalalarni qiynalmasdan bemalol yecha oladi. Yodlash qobiliyati barcha bolada bir xil emasligini biz yaxshi bilamiz. Bu usulni har bir o`quvchi hech bir qiyinchiliksiz, oson o`rganib olishi mumkin.
Bunga barmoqlarimiz yaqindan yordam beradi. Kichik barmog’imizdan yuqoriga qarab 6,7,8,9 deb nomlab olamiz, rasmdagi kabi,Bizga 7×8 kerak bo’lsa, bitta qo’limdan 7, ikkinchi qo’limdan 8 ni birlashtiraman. Birlashgan barmoqlarimdan o’zi va pastki barmoqlarni sanayman, 5 ta barmoq, 5×10=50, yuqoridagi barmoqlar bir tomondagi 3 ni ikkinchi tomondagi 2 ga ko’paytiramiz, 2×3=6, 50+6=56 , 7×8=56
Yana, 9×7 ni topish kerak bo’lsa, bir kaftdan 9 ni, ikkinchi kaftdan 7 ni birlashtiramiz. Birlashgan barmoqlardan pastki qismini sanaymiz, 6 ta. 6×10=60, Yuqori qismi 1 ni 3 ga ko’paytiramiz. 1×3=3, 60+3=63. Demak, 9×7=63
Original: https://nafosatziyo.uz
Copyright 2019. All rights reserved.
Опубликовано Июнь 22, 2018 nafosat в категории "Mavzular yoritilishi", "mental arifnetika", "ментал арифметика
Do'stlaringiz bilan baham: |