Виртуал карталарнинг ўзига хос жихатлари
Карточкани олиш қулайлиги
Электрон тижоратдан фойдаланиш
имкониятларини кенгайтириш
Хавфсизлик
Анонимлик
Электрон
тижоратданфойдаланишимкониятлариникенгайтириш
15.1-rasm. Virtual kartalarning o’ziga xos jixatlari
Mobil pullar – terminio’zmoxiyatigako’ramobil telefon vositasiorqali,
ixtiyoriykiritilganvatugatilganmolyaviytranzaktsiyalardir. Mobil
pullarorqalitaklifetiladiganxizmatlarturlishakldabo’lishimumkin. Bu xizmatlarquyidagilarnio’zichigaoladi:
Mobilto’lov;
Mobilbanking;
Mobilo’tkazmalar.
Mobil pullarmobil tijorat uchunmo’ljallangan vosita hisoblanadi.
194
15.2-rasm. Mobil pullar orqali taklif etiladigan xizmatlar turlari.
PC-Banking– offlayn tizimida bank kartalari hamda hisob-raqamlarini boshqarish xizmati, barcha turdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Oldingi ma’lum bo’lgan Bank-Mijoz xizmatining evolyutsion rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo shifrlash mexanizmiga ega bank serveri bilan bog’langan holatda mijozlik komponentlarini avtomatik yangilashni ta’minlaydi, jamoa bo’lib ishlash imkonini yaratadi hamda buxgalteriya dasturlari bilan o’zaro aloqada ishlash imkoniyatiga ega.
PC-Banking tizimi ―yirik‖ hamda ―nozik‖ mijozlarga mo’ljallangan tizimlarga bo’linadi. Oxirgi yillarda banklar chakana xizmatlarining shakli ―nozik mijozlar‖ uchun mo’ljallangan bo’lishi tarafdori bo’lishmoqda, chunki Internet-bankingda mijozlar har qanday internet tarmog’iga ulangan kompyuter yordamida maxsus dasturiy ta’minot o’rnatmasdan turib ham ishlash imkoniyatiga ega
195
bo’ladilar.―Yirik mijoz‖ esa ko’proq yuridik shaxslar bilan ishlash uchun qulay hisoblanadi.
Mobile-banking – bank kartalari yoki hisob-raqamlarini planshet, smartfonlar orqali boshqarish hisoblanadi va onlayn tizimida ishlaydi. Barcha turdagi moliyaviy xujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Mobile-banking tunu kun ishlaydi, tezkor va mijozlarning elektron banking xizmatlari spektoridan to’liq funktsiyada foydalanishni ta’minlaydi. Ushbu xizmat turining tarkibida yana bir nechta turli xil nomlar bilan qayd etiladigan, faqatgina ayrim cheklangan imkoniyatlar bilangina bir nechta boshqa bank xizmatlari ham mavjud. Masalan Java-bankink, STK-banking, Phone-banking va shu kabi boshqa tizimlar.
Yuqorida sanab o’tilgan tizimlarga o’xshash va elektron to’lovlarni amalaga oshirish uchun moslashtirilgan to’lov tizimlarini ko’plab keltirish mumkin. Ushbu tizimlarni rivojlanishida elektron tijoratning ahamiyati katta.Uning yildan-yilga rivojlanishi yangidan yangi chakana to’lov tizimlarini joriy qilinishida zamin yaratmoqda.
Xalqaro amaliyotda Internet tarmog’ida deyarli barcha sohalardagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida ishchan munosabatlarni amalga oshirish, aholining keng qatlamlariga Internet tarmog’i orqali tovarlarni sotish hamda iste’molchilar o’rtasida tovarlar va xizmatlar bilan tarmoqda almashishga xizmat qiluvchi oldi-sotdi turlari keng tarqalgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |