Nazorat uchun savollar
Bank risklarining qanday turlar mavjud?
Banklarning risklarini baholash mezonlari nimalardan iborat?
34 Международная конвергенция измерения капитала и стандартов капитала. Уточненные рамочные подходы. Банк международных расчетов. – Базель, 2004. – С. 156.
Исаков Ж.Я. Банк рисклари. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Молия, 2017. – 112 б.
186
Kredit riskini boshqarishning qanday usullari mavjud?
Foiz riskini boshqarishning qanday usullari bor?
Likvidlilik riskini boshqarishning qanday usullari mavjud?
Valyuta riskini boshqarishning qanday usullari mavjud?
Operatsion riskni boshqarishning qanday usullari bor?
187
15-BOB. MOLIYA VA ELEKTRON PUL BOZORLARI AKTIVLARINI BOSHQARISH
15.1. Moliya bozori va uning segmentlari
Moliya bozori – bu moliyaviy xizmatlar taklif etiladigan bozordir.
Moliya bozorining quyidagi segmentlari mavjuddir:
– ssuda kapitallari bozori;
– valyuta bozori;
– qimmatli qog’ozlar bozori;
– sug’urta bozori;
– lizing bozori.
Ssuda kapitallari bozorida kredit resurslari oldi-sotdi qilinadi. Ssuda kapitallari bozorining o’zi 2 ta segmentga ega:
Qisqa muddatli pul bozori;
Kapital bozori
Valyuta bozorida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi qilinadi.
Sug’urta bozorida sug’urta xizmatlari taklif etiladi.
Lizing bozorida lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan lizing xizmati taklif etiladi.
Moliya bozorining emitentlarini quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
Tashkiliy-xuquqiy shakli bo’yicha: davlat organi, turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxs.
Faoliyat yo’nalishi bo’yicha: davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.
Moliyaviy instrumentlari bo’yicha: davlat, munitsipal, xalqaro va nodavlat (korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.
Emission siyosati bo’yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (mone-tar, byudjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni
188
yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, horijiy investorlarga qaratilgan) yurituvchi tashkilotlar.
Milliyligi bo’yicha: rezidentlar va norezidentlar.
Emission potentsiali bo’yicha: katta, o’rta va kichik hajmda moliyaviy instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.
Imidji va riski bo’yicha: yuqori, o’rta va kam nufuzli va riskli tashkilotlar.
Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi bo’yicha: yuqori, o’rtacha va kam jalbdor emitentlar.
Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
Tashkiliy-xuquqiy shakli bo’yicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar (fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik xuquqiga ega emaslar).
Faoliyat yo’nalishi bo’yicha: individual va institutsional bo’lgan davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy shaxslar.
Investitsion vositalari bo’yicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-hom ashyo, qimmatli qog’ozlar va h.k. resurslariga ega bo’lgan investorlar.
Investitsion siyosati bo’yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, byudjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.
Milliyligi bo’yicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).
Investitsion potentsiali bo’yicha: katta (institutsional, strategik), o’rta va kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yo’naltiruvchilar.
Riski bo’yicha: yuqori, o’rta va kam riskli investorlar.
Strategiyasi bo’yicha: agressiv, konservativ va ularning gibridiga asoslangan investorlar.
Investitsiyalar turlari bo’yicha: portfel, to’g’ri investitsiyalar qiluvchi investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida
bo’lishi mumkin.
10. Investitsiya muddati bo’yicha: qisqa, o’rta va uzoq muddatli investorlar.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |