15.3. Elektron pul bozori tushunchasi va unda to’lovlarni amalga oshirish tartibi
Elektron pul bozori – bu nomoddiy ko’rinishga ega bo’lgan elektron pullar vositasida to’lovlarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus markazdir.
Elektron pullarning keng tarqalib borayotgan turi bo’lib, raqamli pullar hisoblanadi. Raqamli pullar (digitalcash) –bu tovar va xizmatlar uchun to’lov vositasi bo’lib, raqamli ma’lumotni bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatuvchi nomoddiy ko’rinishga ega bo’lgan vosita hisoblanadi. Raqamli pullar ham moddiy ko’rinishga ega bo’lgan pullarniki kabi unikal raqam ketma-ketligiga ega bo’ladi. Agar elektron tashuvchida joylashgan pullar egasi xaqida ma’lumot olish imkoniyati bo’lsa, raqamli pullarda anonimlik mavjud, yani pul egasi xaqida ma’lumot olish imkoniyati yo’q va ular ko’p marotaba ishlatilishi mumkin. Demak, bu tizimda ichki (raqamli) valyuta mavjud bo’lib, uni ma’lum to’lov tizimi ishtirokchilarida naqdlashtirish mumkin. Raqamli pullarning joriy qilinishi elektron savdoni yanada rivojlanishiga sabab bo’ldi.
192
Oxirgi yilarda moliya bozorlarida yuqori tendetsiyalarda rivojlanib borayotgan chakana elektron to’lov tizimi vositalaridan biri ―virtual kartalar‖dir.
Virtual karta–bu maxsus bank kartasi bo’lib, u Internet orqali to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan vositadir. U moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan vosita bo’lib, ushbu kartochkaga internet orqali savdo qilish uchun zarur bo’lgan foydalanuvchi ma’lumotlari kiritilgan bo’ladi.
Odatda virtual kartalar rekvizitlari quyidagicha:
Karta raqami (PAN)
Amal qilish muddati: oyvayil.
Xavfsizlik kodi SVV2/SVS2
karta egasining ismi – virtual kartalarda ko’rsatilmagan ham bo’lishi
mumkin.
Virtual kartalar o’z kelib chiqishiga ko’ra maxsus yo’nalishga ega bo’lgan, onlayn instrumentdir. Ushbu kartalarning boshqa kartochkalardan ahamiyatli tomoni shundaki, bu kartochkalar orqali xorij internet-magazinlarida savdo qilish imkoniyati kengroq va eng asosiysi ―virtual kartochka‖ bu bank hisobraqami va fizik kartasi bo’lmagan qatnashchilar uchun qulay vositadir.
Virtual kartalarning o’ziga xos jixatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Universallik. Bank plastik kartochkalar, shu jumladan virtual kartochkalar, butun dunyoda internet magazin orqali xarid amalga oshirishda qulay to’lov
vositasidir. U nobank to’lov tizimidan farq qiladi (raqamli pullar). Ushbu tizimdan foydalanish uchun kartaga pul mablag’larin o’tkazilishi kerak.
Kartochkani olish qulayligi. Virtual kartalarni bankka tashrif buyurmasdan Internet yoki mobil aloqa orqali olish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Fizik ko’rinishga ega bo’lmagan kartochkani kechiktirilmagan holda murojaatni
o’zidayoq olish mumkin.
3. Xavfsizlik. Virtual kartalardan foydalanish jarayonida Internet orqali o’g’irlik va ma’lumotlarini olish riskining kamligi, chunki virtual kartalar ko’pincha bir marttalik to’lov amalga oshirish uchun etarli bo’lgan summaga ochiladi.
193
Anonimlik.Virtualkartalardebetliyokioldindanto’langanbo’lishimumkin.
Oldindanto’langankartalar bank hisob rakami ochishuchunbankkamurojaatqilishnitalabetmaydi. Shu sababli virtual kartalar egasining ismi sharifi kartaning asosiy rekviziti hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |