15.2. Moliya bozori instrumentlarini boshqarish usullari
Moliya bozori instrumentlarini boshqarishda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1. Orttirish va diskontlash.
Investitsion qo’yilmalarning turli variantlari to’lovlar tushumini turli grafiklariga ega bo’lganligi bu grafiklarni o’zaro solishtirishni bir muncha qiyinlashtiradi. Shuning uchun pul tushumlarini vaqtning bir momentiga keltirish lozim. Agar bu moment kelajakda joylashgan bo’lsa, unda bunday protsedurani orttirish deyiladi, agar bu moment o’tgan vaqtda bo’lsa – diskontlash deyiladi.
2. Pullarning kelajakdagi bahosini aniqlash.
Investorning hozirgi vaqtda bo’lgan pullari unga kelajakda kapitalini bank depozitiga qo’yish yo’li bilan orttirish imkonini beradi. Natijada investorda kelajakda bir muncha ko’proq pul summasi (avvalgi pul qo’yilmasi bilan birga) paydo bo’lishi pullarning kelajakdagi bahosi deyiladi.
3. Daromadlilikning joriy va to’liq normasini ta’minlash
Obligatsiya daromadliligining kupon normasi g-ga teng. Daromadlilikning joriy normasi
Obligatsiya daromadliligining to’liq normasini hisoblaymiz.
Bunda qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlilikni topishdagiga o’hshash yo’l tutamiz. Farz qilaylik, obligatsiya so’ndirilguniga qadar t1 yil qolganda Ts’ narhda sotib olingan va so’ndirilishiga t2 yil qolganda Ts " narhda sotilgan.
Ts’ va Ts" uchun quyidagi tenglikni olamiz:
190
Agar Ts’ va Ts" baholar (narhlar) nazariy ravishda baholarni hisoblash formulasiga mos hisoblab topilsa, unda formula ustida tegishli operatsiyalarni amalga oshirishdan keyin quyidagini olish mumkin:
Kelishuvga binoan bu obligatsiyalar foiz stavkalari u yoki bu tovar bahosi o’zgarishiga qarab o’rnatiladi. Masalan, 80-yillarda mis, neft yoki oltin bahosiga asoslangan bir necha obligatsiyalar mashhur bo’lgan. Bunda «suzuvchi» foizli obigatsiyalarning foiz sgavkasi baholarga qarab o’zgarib turadi va ma’lum bir darajaga etganda barqaror foyda keltira boshlaydi yoki obligatsiyaning boshqacha bir turi mustahkam (o’zgarmas) foizli obligatsiya bo’lib, bunda obligatsiya chiqarilganidan keyin birinchi besh yil davomida bir foizdan ma’lum darajaga etguncha daromad to’langan. Nol kuponli obligatsiya har yili emas, balki faqat bir marta obligatsiya qayta sotib olinganida foiz olish imkonini beradi. Bu obligatsiyalarga foiz ularning emissiyasi kursi bo’yicha to’lanadi. Emissiya bahosi nominal bahoda amalga oshirilishi tufayli obligatsiya egasi emission va nominal kurs summalari orasidagi farq miqdorida daromad oladi. Bu obligatsiyalar bo’yicha investorlar foydadan soliq to’lashdan ozod qilinishi mumkin. Shu tufayli bu obligatsiyalarga bo’lgan talab yuqoridir. Konvertirlanadigan obligatsiyalar 80-yillarda keng tarqaldi. Bu turdagi obligatsiyalar kamroq foyda keltiradi. Bu obligatsiyalarning ijobiy tomoni shundaki, agarda zayom chiqaruvchi kompaniya aktsiyalariga to’lanadigan dividend obligatsiya foizidan katta bo’lsa, konvertirlanadigan obligatsiyalarni aktsiyaga almashtirib olishga imkon beradi.
191
asrning 80-yillarida evroobligatsiya bozorida paydo bo’lgan yana bir yangilik auktsionli obligatsiyalar joylashuvini ta’minlash, ya’ni investorga har xil shartnoma variantlaridan o’ziga qulay bo’lgan turini tanlab olish huquqini bergan. Bu usulning mohiyati shundaki, oldindan o’rnatilgan baho bo’yicha obligatsiya egasiga 1 troya untsiya oltin sotib olish imkonini beruvchi zayom chiqariladi. Agar oltinning bozor bahosi o’rnatilgan bahodan yuqori bo’lsa, bunday obligatsiyani sotib olish qiziqish uyg’otadi. Boshqa optsionli obligatsiyalar bir qimmatli
qog’ozni boshqasiga almashtirish imkonini beradi. Masalan, obligatsiyani – aktsiyaga, «suzuvchi» stavkali obligatsiyani qat’iy belgilangan stavkali obligatsiyaga almashtirish imkonini berish va turli xil obligatsiyalarni chiqarish shubhasiz, investor va kreditorlarni jalb etadi. Mablag’larni evrozayom bozoriga jalb etishda zayom chiqaruvchilar tomonidan turli xil qimmatli qog’ozlarni turli xil shartlarda chiqarishga yoki obligatsiyalarning kechiktirib sotishi yordam beradi. Sotib oluvchi obligatsiyaning kurs qiymatini dastlab bir qismini to’laydi. Ma’lum vaqtdan keyin qolgan qismini to’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |