qinidan olingan surtmalar va tamponlar yoki, guruhlarga aloqadorligini aniqlash
uchun murdadan olingan qonlardir. Bunday hollarda «Sud tibbiyoti tekshiruv akti»
tuziladi va uning natijalari ekspertiza vaqtida tuziladigan asosiy ekspert hujjatiga
qo’shiladi.
16.5. Dog’da qon borligini ko’rsatuvchi tasdiqlovchi usullar
Eritrotsitlarning tarkibiy qismi gemoglobin hisoblanadi. Shuning uchun ham
dog’da gemoglobin bo’lsa bu qon borligini tasdiqlovchi belgi hisoblanadi.
Gemoglobin va uning hosilalarini aniqlash 2 yo’l bilan amalga oshiriladi:
1) spektral usul;
2) xromatografiya usuli.
Spektral tekshirish gemoglobin va ularning hosilalari eritmalarini ma’lum
uzunlikdagi yorug’lik to’lqinlarini yutish yoki yo’lsimon yutilish spektrlari hosil
qilishiga asoslangan. Spektrning xarakterli xususiyati (yutilish yo’li miqdori va
joylashuvi) har bir gemoglobinning hosilasi (gematoxromagen, gematoporforin)
uchun doimiy va spetsifik bo’lishidir.
Qonni erigan tiniq suyuq holatda bo’lishi odatda oksigemoglobindan darak
beradi va bu spektroskop yordamida to’g’ridan to’g’ri ko’rinadi. Mikrospektroskop
yordamida ancha kichkina dog’larda ham qon borligi aniqlaniladi. Bunday
tekshirishda qonga ma’lum reaktiv bilan ta’sir qilganda gemoglobinning hosilasi
gemoxromagen yoki gematoporfirin borligi aniqlaniladi. Mikrospektroskop
tuzilmasi yordamida tekshiriluvchi dog’ spektrini nazorat spektri bilan solishtirish
imkoniyati to’g’iladi. Tekshiriluvchi va nazorat spektrlarini aniq to’g’ri
kelishi
tekshiriluvchi dog’da qon borligini tasdiqlaydi (118-rasm).
Qon dog’idagi gemoglobinni xromatografiya usulida ham aniqlaniladi.
Xromatografik taxlil fiziko-kimyoviy usul bo’lib, bunda sorbent orqali tok
o’tganda rangli reaktsiya kuzatiladi. Xususan, silufal
plastinkasida benzidin
reaktsiyasi yordamida gemoglobin aniqlaniladi. Xromatografiya usulida
tekshirilganda tekshiriluvchi materialni tejab sarflanish imkoniyati tug’iladi.
570
Dog’da qon borligini aniqlash uchun mikrokristallik reaktsiyani qo’llash
mumkin. Bu ayrim gemoglobin hosilalarini kristallar
hosil qilish xossalariga
asoslangan. Mikrokristallik reaktsiyalar kam sezuvchan bo’lganligi uchun hozirgi
davrda laboratoriya sharoitida qo’llanilmaydi.
Ko’zga tashlanmaydigan qon izlarini qidirishda laboratoriya sharoitida
gematoporfirinni aniqlash uchun flyuorestsentsiya mikroskopidan foydalaniladi.
Ma’lumki, gemoglobinning hosilasi gematoporfirin
ultrabinafsha nurlari
yordamida tinik to’q sariq-qizil shulalanish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: