Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

118-rasm. Qon spektrlari.
1 – oksigemoglobin; 2 - qaytarilgan gemoglobin; 3 – 
karboksigemoglobin; 4 – metgemoglobin; 5 – ishqoriy 
eritmada gematin; 6 – gemoxromagen; 7 – kislotali 
eritmada gematoporfirin.
Bu usul sodda va katta sezuvchanlik xossasini namoyon qiladi. 
Gematoporforinni shulalanishini oddiy ko’z bilan kuzatish qon borligini isbotlash 
uchun asos bo’la olmaydi. Shunga qaramasdan gematoporfirinning shulalanish 
spektrini olinishi, agar odatdagi mikrospektral tekshirishda gemoxromagen va 
gematoporfirinni yutilish spektrlarini olishni imkoniyati bo’lmasa, dog’da qon 
571


borligini isbotlash uchun asos bo’lishi mumkin.
Qonni chuqur emirilishida, masalan tekstil to’qimalari kuyib ko’mirga 
aylanganda qon borligi emission spektral taxlil usuli yordamida qondagi qator 
kimyoviy elementlarga qarab aniqlaniladi (Vasilev M.A., 1965).
16.6. Qonni turlarga aloqadorligini aniqlash
Ko’pchilik hollarda dog’da qon borligi bunday qon izlarini jinoyatga 
aloqadorlik to’g’risidagi masalani echa olmaydi. Ko’pincha kiyimida qon izlari 
topilgan odam bu qonni hayvonga aloqadorligi haqida gap yuritadi.
Qonni odamga yoki hayvonga taalluqli ekanligini aniqlashga qadimgi 
vaqtlardan beri qiziqib kelingan. Buning uchun eritrotsitlarning kattaligi o’lchandi, 
gemoglobin kristallari shakli o’rganildi, qonni ishqorli denaturatsiyaga uchrash 
darajasi farqidan foydalanishga harakat qilindi va boshqalar. Biroq barcha bu 
usullar odatda ishonchsiz bo’lib, amaliyotga kiritilmadi. Faqat 1899 yili 
F.Ya.Chistovich tomonidan antitelaning spetsifikli turi ochilgandan keyin sud 
tibbiyotida qonning turlarga aloqadorligi to’g’risidagi aniq va nisbatan murakkab 
bo’lmagan usul pretsipitatsiya reaktsiyasi paydo bo’ldi. Nemis mikrobiologi 
Ulengut 1902 yili spetsifik antitelani odamga aloqadorligini aniqladi. Shuning 
uchun ham bu reaktsiyani Chistovich-Ulengut reaktsiyasi deyiladi.
Odam oqsilini pretsipitatsiyaga uchratuvchi zardob topilgandan so’ng 
tekshiriluvchi dog’da odam qoni borligini aniqlash imkoniyati yaratildi.
Hayvon qonini pretsipitatsiyaga uchratuvchi zardob yordamida qonni qaysi 
hayvonga aloqadorligini bilish mumkinligi topildi. Biroq pretsipitatsiya 
reaktsiyasining o’ziga xosligi nisbiydir. Bir biriga o’xshash hayvonlar o’xshash 
reaktsiya (masalan, yirik va mayda shoxlilar) berishi mumkin. Biroq, bu holat 
uncha katta ahamiyatga ega bo’lmay, bu usulni amaliy ahamiyatini kamaytirmaydi. 
Bundan tashqari, maxsus usullar ham bo’lib, bular filogenetik yaqin hayvonlar 
qonini farqlashda muhim o’rin egallaydi. Bularga pretsipitatsiya solishtirish 
reaktsiyasi, pretsipitatsiya tormozlanish reaktsiyasi va immunoelektroforez kiradi 
572


(Charniy V.I., 1964; Suleymanova G.M., 1982).
Pretsipitatsiyaga uchratuvchi zardob quyonlarni odam yoki hayvon zardobi 
bilan immunlash yo’li bilan tayyorlanadi. Qaytadan immunlash (revaktsinatsiya) 
usuli yaxshi natija beradi. Bu usulni 1911 yili M.I.Rayskiy taklif qilgan.
Hozirgi davrda ekspertiza amaliyotida suyuq muhitdagi pretsipitatsiya 
reaktsiyasi variantlaridan biri koltsepretsipitatsiya keng qo’llaniladi. Bunda qon 
dog’i ekstrakti (antigen) va pretsipitatsiyaga uchratuvchi zardob (antitela) bir birini 
ustiga joylashib ular chegarasida pretsipitatsiya halkasi paydo bo’ladi. Ko’pincha 
pretsipitatsiya reaktsiya qo’llaniladi, chunki u yuqori spetsifiklik xususiyatiga ega 
bo’lib, loyqa ekstraktlar va ifloslangan dog’larni ham tekshirish imkoniyatini 
beradi hamda natijalarni ob’ektiv qayd qilishda ko’maklashadi (119-rasm). Uning 
kamchiliklaridan biri biroz kam sezuvchanligi va kuzatish natijalari muddatining 
davomliligidir. Bu kamchiliklar qarshi immunoelektroforez (elektropretsipitatsiya) 
usulini qo’llanish orqali osongina hal qilinadi. Bu usulning mohiyati doimiy elektr 
toki ta’sirida bir biriga qarama-qarshi keluvchi antigen va antitelalar harakati bilan 
baholanadi. Bu usul pretsipitatsiya reaktsiyasining barcha ustunliklari qo’shilishi 
tufayli katta sezuvchanlikka ega bo’lib, uni o’tkazish uchun 20-60 daqiqa vaqt 
ketadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish