Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

So’lak dog’lari.
Ekspertizaning ob’ekti hisoblangan so’lak dog’lari 
ko’pchilik hollarda sigareta qoldiqlari, sochiq, qo’l rumolchasi va boshqa 
predmetlarda jabrlanuvchi og’zini jinoyatchi tomonidan yopilishi natijasida 
topiladi. Ba’zan laboratoriyaga so’lakni izi qolishi mumkin bo’lgan konvertlar va 
pochta markalari ham jo’natiladi.
Siydik va axlat izlari.
Bular jabrlanuvchi va ayblanuvchining kiyimlarida 
jinsiy jinoyatga shubha tug’ilganda ba’zan aniqlaniladi.
Ter dog’lari tergov amaliyotida uncha katta ahamiyatga ega emas, ammo bu 
dog’lardagi antigenlar guruhiga qarab ustki va oyoq kiyimlarini qaysi shaxsga 
aloqadorligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Kamdan kam hollarda ekspertiza uchun
mekoniya, pishloqsimon massa, 
yo’ldosh oldi suyuqligi, qin ajralmalari, sut, og’iz suti izlari
bor predmetlar 
jo’natiladi. Bu ob’ektlar bola o’ldirish, jinoiy abort va boshqa jinoyatlarda 
565


tekshiriladi.
16.2. Ashyoviy dalillarni olish va ekspertiza uchun jo’natish
Qon izlari, ajralmalar va boshqa biologik ob’ektlar topilganda, kerakli 
hujjatda qayd qilinganda, to’g’ri olinganda, ekspertizaga yuborilganda va etarli 
darajada tekshirilganda ashyoviy dalillar hisoblanadi. Ashyoviy dalillarni olishdan 
oldin sinchiklab ko’zdan kechiriladi, suratga olinadi va sxematik chiziladi. 
Ularning to’liq yozilishi ko’zdan kechirish yoki tekshirish bayonida ko’rsatiladi. 
Predmetning qaerdan topilganligi, uning nomi material bilan birgalikda, shakli, 
o’lchami, rangi va boshqa xususiyatlari, shubhali izlarning aniq joylashuvi, 
ularning xarakteri, rangi, shakli, o’lchamlari, chetlarining xususiyatlari, shilinish 
darajasi va materialning qattiqlashuvi, yuzasida po’stloq qavati va qoplamalar 
borligi to’liq o’rganiladi.
Agar imkoniyati bo’lsa, shubhali izlar bo’lgan predmetlar tekshirish uchun 
butunligicha yuborilgani ma’qul (kiyimlari, ichki kiyimi, qurol va boshqalar). 
Bunday ob’ektlarni laboratoriyada ko’zdan kechirishda oldin ko’rinmagan izlarni 
ham topish mumkin. Bundan tashqari, umuman predmetda izlar hosil bo’lish 
mexanizmi haqidagi savollar ham echiladi. Agar laboratoriyaga katta predmetni 
olib kelish imkoniyati bo’lmasa, uning qismlari tekshirish uchun mo’ljallangan 
izlar bilan birga jo’natiladi.
Agar predmet qismlarini olish imkoniyati bo’lmasa, izlar qirib olinadi yoki 
yuvindi yuboriladi. Bunda dog’ bo’lmagan joydan ham nazorat uchun qirindi yoki 
yuvindi olinishi zarur. Dog’dan qirindi skalpel yoki o’tkir pichoq yordamida 
olinganda dog’i bo’lgan predmet kamroq qirilgani ma’kul. Uncha katta bo’lmagan 
yuvilgan nam marli bo’lakchasi yordamidagi yuvindi uy haroratida quyosh nurlari 
ta’sirisiz quritiladi. Kontrol tekshirish uchun toza to’qima bo’lakchasidan ham 
jo’natiladi.
Erda topilgan qon, sperma va boshqa ajralmalarning izlarini olishda 
laboratoriya tekshirishi uchun dog’ bo’lmagan toza tuproqdan jo’natishi ham zarur. 
566


Agar qorda qon izi topilganda xuddi shu erdan va atrofidagi toza qordan bir xil 
miqdorda 2 ta tarelkaga joylashtiriladi. Ularning tubida 4 qavatli marli bo’ladi. Uy 
haroratida qor erigach, marli quritiladi va ekspertizaga jo’natiladi.
Laboratoriyaga jo’natiluvchi barcha predmetlar quruq holatda bo’lishi kerak. 
Kerakli paytlarda ularni uy haroratida quritiladi, chunki nam predmetlarda qon va 
ajralmalar tez chiriydi. Bu o’z navbatida sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazishni 
og’irlashtiradi, ba’zan esa buni umuman o’tkazib bo’lmaydi.
Ashyoviy dalillarni shunday o’rash kerakki, undagi izlar tashilish vaqtida 
zararlanmasin. Ayniqsa, so’rilmaydigan predmetlarda po’stloq shaklidagi qon 
izlarini ehtiyotkorlik bilan saqlanishi zarur. Yumshoq predmetlarda bunday izlar 
toza oq qog’oz yoki to’qima bilan yopiladi. Qattiq predmetlar yashikka shunday 
berkitiladiki, bunda izlar yashikni devoriga tegmasligi kerak.
O’ramning tashqi qavatiga tergovchi surg’uchli tamg’a bosadi va natijada 
o’ramni ochish imkoniyati bo’lmaydi.
Ashyoviy dalillarni laboratoriyaga tergovchi o’z qo’li bilan olib keladi yoki 
pochta orkali jo’natadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish