Rotatsiya usuli. Bu usul mavzuni kichik guruhlar bilan aloxida va butun guruhlar bilan tahlil etishga asoslangan.Har bir kichik guruh 30 minut davomida 3 ta topshirikni tahlil etadi, keyingi 15 minutda hamma birgalikda tahlil kiladi. Auditoriyaga bir necha nashrlangan topshiriqlar osib chikiladi. Har bir kichik guruh (2 3 kishi) 10 min,davomida muxokama qilib o’z variantlarining javobini yozib oladilar, keyin boshka topshirikka utadilar va shu tariqa davom etadilar. Har bir guruh o’zlarini javobini uzini rangli ruchkasida yozadilar. 10 minutdan sung topshiriqlar almashtiradi.1 guruh 2 topshiriqni, 2 guruh 3, 3 guruh 1 topshirikni bajaradi. Guruh o’zidan oldingi guruh bergan javoblarni o’qib, qo’shimcha kiritadi. Bunda takroriy javoblar bo’lmasligi kerak. Yana 10 minutdan keyin keyingi topshiriqqa o’tadilar va o’qiydilar, o’zlarining javoblari bilan to’ldiradilar. 15 minutdan sung tahlil qilinadi. Optimal javob topilib,daftarga yoziladi. Bu usul mavzuni jamoa bilan tahlil etishga qaratilgan. Har xil rangli ruchkadan foydalanish,har bir guruh bergan javobni baholashda qulay hisoblanadi.Javoblar oldindan nomerlab quyilib, turli javoblarni sanashda qulay hisoblanadi. Eng ko’p javoblarni bergan kichik guruhlar maksimal ballarni olishadi. har
Guruh talabalari 3 ta guruhchalarga bulinadi. Har bir guruhchalarga har-xil topshirikli 3 ta vatman beriladi.
1-guruh: Turli yoshdagi bolalarda tana massasini aniklashni emperik formulasini yozing: 6- oygacha, 6 oydan sung, 1 yoshdan katta, 10 yoshgacha, 12 yoshdan 15 yoshgacha.
2- guruh: Bolalarda tana uzunligini aniklash emperik formulasini yozing: 1-yoshgacha, 1 yoshdan 10 yoshgacha, 12 yoshdan 15 yoshgacha.
3-guruh: Ko’krak qafasi aylanasini aniklash emperik formulasini yozing: 1 yoshgacha, 1 yoshdan katta bolalarda.
Amaliy ko’nikma:
Turli yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini aniqlash (bola vaznini va bo’yini o’lchash);
Bola bo’yini o’lchash tartibi quyidagicha: Qoidada 2 yoshgacha bo’lgan bolalar bo’yini eni taxta (buyi 80 sm, e’ni 40 sm) shakldagi gorizontal bo’y o’lchagich yordamida o’lchanadi.
Bunda bolani boshini tepa qismi o’lchagichni yuqorigi surilmas, ko’ndalang taxtaga tekkan xolda, orqasi bilan oyoqlarini tekis qilib, yozib o’tkaziladi. Bunda kuz kosasini pastki chegarasi tashki eshituv yo’lining yuqori chegarasi bilan bir vertikal tekisda bo’lishi lozim. 2 yoshdan katta bolalarda bo’yi vertikal buy ulchagich yordamida o’lchanadi. Bola tugri turgan xolatda buy ulchagichni usguniga boshi, ko’raklari, dumba va tovonlari bilan tegib turishi lozim. Buyning ko’rsatkichini buy ulchagichnnsh ustuni yonidagi santimetr shkalasiga qarab, bolaning boshi tegib turgan planshetning pastki qirrasi bilai o’lchanadi. Bolani utmrgandagi buy uzunligi uni ulchagich kursisiga o’tkazib, ustundagi ikkinchi shkalaga qarab aniklanadi.
Odatda bolaning 2 yoshgacha vazni, maksimal 25 kg og’irlikkacha mo’ljallangan maxsus tibbiy bolalar tarozusida aniqlanadi. 2 yoshdan katta yoshdagi bolalar vazni esa 50 kg gacha aniqlikda bo’lgan tibbiy tarozularda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |