Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»


Akseleratsiya jarayoni to’g’risida tushuncha



Download 2,14 Mb.
bet49/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Akseleratsiya jarayoni to’g’risida tushuncha.21XX asr davomida ko’pchilik davlatlarda bolalarda jismoniy o’sish va rivojlanishning tezlashuvi kuzatilgan. Bu jarayonni 1935 yilda nemis olimi Kox «Akseleratsiya» deb atagan. Bu jarayon har bir yoshdagi bolalarda, hatto homilani o’sib rivojlanishida ham kuzatilgan. Jumladan ohirgi 40-50 yil davomida yangi tug’ilgan chakalokning bo’yi 1-2 sm ga ortib, vazni 150g dan 500 g gacha ko’payishi kuzatilgan. Vazni 4000 g ortiq bo’lgan chaqaloklarning soni 10-16% ni tashkil etgan. Bir yeshgacha bo’lgan bolalar bo’yi 4-5 sm ga, vazni esa 1-2 kg, ga ortgan. Ohirgi 100 yil davomida 15 yoshdagi bolalar bo’yi 20 sm ga ortgan. Akseleratsiya jarayoni biologik yetuvchanlikni vaqtini ham o’zgartirgan. Masalan-:. doimiy tishlarni ertaroq o’sib chiqishi oldingi asrni bolalariga qaraganda bir yil ertaroq, jinsiy yetuvchanlikni va suyak yadrolarni ertaroq, paydo bo’lishi kuzatilgan. Hozirda o’gil va qiz bolalarda jinsiy yetuvchanlik oldingi davr bolalariga qaraganda 1,5-2 yil ertaroq, sodir bo’lmoqda.
Akssleratsiyaga ilgari ijobiy jarayon deb qaralgan bo’lsa, keyinchalik rivojlanishning disproportsiya holatlari ham kuzatildi. Akselartsiya garmonik va disgarmanik xillariga farklandi. Garmonik akselratsiyada antropometrik ko’rsatkichlar va biologik yetuvchanlik shu yoshdagi bolalar ko’rsatgichidan yukori bo’ladi. Disgarmonik akseleratsiyada bo’yiga o’sishini tezlashishi jinsiy yetuvchanlikni tezlashmasligi yoki buni aksi va boshqa ko’rsatkichlarda nomoyon bo’lishi mumin.
Jinsiy yetuvchanlik ertaroq kuzatilishi natijasida yoshroq bolalarda asab va yurak qon tomirlar tizimlarini funktsional buzilishlari, o’sish jarayon l armi va jinsiy bezlar ni rivojlanishini buzilishlari kuzatilmoqda. Akseleratsiya jarayoni taxminan hamma mamlakatlarda uchrab, bu jarayoni tushuntirishda adabiyotlarda xilma-xil teoriya va gipotezalar mavjud. Quyosh radiatsiyasi, magnit maydoni, kosmik radiatsiyasi, SO2- gazni yuqori kontsentratsiyasi, genetik faktorlar ta’siri, xayot sharoitlaridagi ayrim faktorlar (iqtisodiy va ishtimoiy sharoit, almmentar, kup miqdordagi informatsiya) shular qatoriga kiradi. Ohirgi malumotlarga ko’ra akseleratsiya jarayoni ekonomik taraqqiy etgan davlatlarda pasayib bormoqda.
Oxirgi 30-40 yillar mobaynida chaqaloqlarning tug’ilgandagi tana uzunligi 1-2 sm ga, tana vazni esa 150-500 g. ga ortdi. 4000 va undan ortiq tana vazni bilan tug’ilgan chaqaloqlar 10-16 % ga ortdi. Bularning barchasi aktseliratsiya jarayoni xomiladorlik davrini ham zabt etayotganligidan dalolat beradi.Aktseliratsiya biologik yetilish jarayoni muddatini ham o’zgartirdi. Masalan, oziq tishlarning erta chiqishi(utgan yuz yillikka nisbatan 1 yilga), suyaklanish yadrolarini erta paydo bo’lishi va erta balog’otga yetish( har 10 yillikning qiyosiy ma’lumotlariga ko’ra birinchi xayz ko’rish 4-6 oyga tezlashmoqda ). G’arbiy Yevropa va AQSHning ko’p 4 mamlakatlarida qizlarning xayz ko’rishi 12-13 yoshdan(50 yil avval bu ko’rsatkich 15-16 yoshdan). Shuningdek o’gil bolalarda ham jinsiy yetilish erta (1,5-2 yilga) kuzatilmoqda.
Aktseliratsiya bolalarda kasalliklarni kechishini ham o’zgartirdi. Erta balog’otga yetish tufayli kichik yoshdagi bolalarda nerv va yurak-qon-tomir sistemasidagi funktsional buzilishlar, pubertat bo’qoq, o’sish jarayoni va jinsiy rivojlanishdagi buzilishlar ko’p kuzatilmoqda.
Patologik jarayonlarda tana vaznini ko’shilishi ortib ketish tomonda – me’yoridan ortiqcha, yoki kamayish tomonida – me’yoridan kam bo’lishi mumkin. Odatda tana vaznining ortiq bo’lishi semizlikka xos bo’lib, xaddan ziyod ko’p ovqat yeyish, konstitutsiya anomaliyalari va moddalar almashinuvi jarayonlarining pasayishi natijasida kelib chiqadi. Semizlik shuningdek gipofizar, genital va tserebral kelib chiqishli bo’lishi mumkin.
OEE (oqsil energiyasi yetishmasligi ) da tana vaznini kamayishi har xil alimentar yetishmovchiligi natijasidagi patologik jarayonlardan kelib chiqadi. Agar bolaning vazni o’rtacha meyordan 10% ortiq yoki kam ko’rsatkichlarda bo’lsa, bu normatrofiya deb ataladi.
Agar bolaning vazni me’yoridan 10% ga ortiq bo’lsa – bu ortiqcha vaznga xavf-xatar, ortiqcha vazn, semizlik deb ataladi.
Oqsil – energetik yetishmovchiligi yengil, o’rtacha, og’ir darajalarga bo’linadi.
Bo’y usishidagi buzilishlarga to’xtalib o’tamiz.Bolalarda ko’pincha buy o’sishi va vazn ortishidagi buzilishlar bir xil vaqtning o’zida kuzatiladi. Bola umumiy rivojlanishidagi o’zgarishlarsiz, aloxida bo’y o’sishining buzilishi(nanizm) kam kuzatiladi, yoki aksincha, aloxida rivojlanishdagi buzilishlar( masalan, gapirish kobiliyati va b.).
Bolaning xronologik yoshini aniqlash.
Buy o’sishi indikatorini baxolash uchun bolaning aniq yoshini bilish muxim. Bolaning tug’ilgan kunidan xisoblanadigan aniq xronologik yosh har bir tekshirishda xisoblanishi kerak.
Xronologik yosh yillarda va oylarda ifodalanadi. Quyida xisoblash namunalari keltirilgan.
Misol № 1 O’lchov sanasi: 2003.30 aprel = 03.04.12 Tug’ilish sanasi: 2001.29 aprel = 01.03.12 03.04.12 01.03.12
Xronologik yoshi Misol № O’lchov sanasi 2004.30 may=04.05.12
Tug’ilgan sana 2001.30 noyabr= 01.11.12 04.05.12=03.17.12
01.11.12=01.11.12
Xronologik yoshi 02.06. (2yosh 6 oy).
Gigantizm va subgigantizm. Proportsial gigantizm – bo’ychanligi bilan ajralib turuvchi oilalardagi mutloq sog’lom bolalarda uchraydi.
Noproportsional gigantizmga gipofizar nanizm kiradi. Odatda, bunday bolalarda 10-12 yoshgacha bo’y o’sishi boshqa bolalardan deyarli farq qilmaydi. Pubertatlik oldi yoshida ularda jadal bo’y o’sishi boshlanadi, bu o’sish gipofiz oldingi bo’lagining giperfunktsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Gipogenital yevnuxoid gigantizm ko’prok uchraydi.Bunda ham bo’yning jadal o’sishi pubertatlik oldi davrida kuzatiladi. Bolada sekin asta tashqi qiyofa o’zgaradi, oyoq suyaklarining uzunligiga o’sishi jarayonini kuchayishi natijasida oyoqlari uzunlashadi. Bunday bolalarda yog’ qavatlari ortiqcha va mushaklar sust rivojlangan bo’ladi. Bo’y uzunligi subgigantizmga yetib boradi.
Qisman gigantizm – tananing ayrim bo’laklaridagi kattayishlar - bir qo’l yoki oyoq.
Bolani jismoniy baxolashda nafaqat yuqorida ko’rsatilgan belgilarni, balki jinsiy rivojlanishini ham baxolash kerak.
Shunday qilib, bolaning jismoniy rivojlanishi,xususiyatlari va ularning har xil patologik jarayonlarda buzilishlarini o’rganish davrida bu ko’rsatkichlarning o’ziga xos xususiyatlarini kuzatdik(har bir yosh davri uchun). Organizmni bir butunligi to’grisidagi g’oya ayniqsa o’sayotgan organizmda yaqqol namoyon bo’ladi: bosh miya po’stlog’i boshqaruvchi xisoblanib, bolaning o’sishi va rivojlanishing asosiy xususiyatlari nerv sistemasi xolatiga bog’liqdir. .

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish