O’z vaqtida yangi tugilgan chaqaloqning bo’yi 46-56 sm10 atrofida bo’lib, o’rtacha ug’il bolalarda 50,7 sm, qiz bolalarda 50,2 sm.ga teng bo’ladi. Bolani bo’yi tugilish paytida 45 sm. dan past bo’lsa, bu normadan kam, ko’pincha chala tug’ilgan bolalarda kuzatiladi. CHaqaloqni bo’yini o’lchash paytida shu narsani esda tutish kerakki, bolani tugalish jarayonida kallasini yumshoq tuqimalarida hosil bo’lgan shish va kalla suyaklarini uz joyidan qo’zg’alishi oqibatida bo’yi 1-2 sm.ga kupayishi mumkin. SHuning uchun yangi tug’ilgan bolaning bo’yini hayotininp 2-3 kunida kuzatilgan o’zgarishlar bartaraf bo’lgach, o’lchash tavsiya etiladi. O’sish jarayoni tugrisida shuni aytib o’tish kerakki, bola qancha yosh bo’dsa shuncha tez bo’yiga o’sib boradi. Hayotining birinchi yilida bola juda tez o’sadi. Birinchi 3 oyda bolani bo’yi har oyga 3 sm.dan o’sadi, keyingi 3 oyda esa har oyda bo’yiga qo’shiladigan ko’rsatkich 2,5 sm.ni tashkil etadi. Hayotining 7-8-9 oylarida bir oyda o’sish 1,5-2 sm.ga teng bo’lib, 10-11-12 oylarida esa har oyda bolaning bo’yi 1 sm.ga ortadi. SHunday qilib, hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, bolaning bo’yi 25 sm.ga ko’payib, natijada-taxminan, 75 sm.ni tashkil etadi. Xayotining birinchi yilida bolaning bo’yini kuyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
6 oylik bolani bo’yi 66 sm.ni tashkil etib, har bitta yetmagan oyiga ushbu ko’rsatkichdan 2,5 sm.dan olib tashlab, har bitta 6 oydan keyingi oyiga 1,5 sm.dan qo’shiladi.
1 yoshdan keyin bolaning o’sishi ancha sekinlashib koladi. Hayotining ikkinchi yilida bo’yi 12-O sm.ga usadi. 3 yilida 7,5-8 sm.ga, 4 yoshdan boshlab har yili 6 sm.dan kqo’shilib boradi.
Bir yoshdan katta bolalarni bo’yini quyidagi formulalar bo’yicha hisoblash tavsiya etiladi:
1. Turt yoshli bolaning bo’yi 100 sm.ga teng bo’ladi. 11Yoshi 4 yoshdan kam bo’lsa,bolaning bo’yi 100 sm - 8 x (4-p) ga teng bo’ladi. Bolaning yoshi 4 yoshdan oshiq bo’lsa, bo’yi 100 + bx(p-4)ga teng bo’ladi. Ushbu formulada p - bola yoshining rakami.
2. 2 yoshdan boshlab 15 yoshgacha bo’lgan bolalar bo’yini aniqlash:
8 yoshlik bolaning bo’yi 130 sm.ga teng bo’ladi. Har bitta yetmagan yiliga 130 sm.dan 7 sm olib tashlanadi, har bitta keyingi yiliga 130 sm.ga 5 sm.dan qo’shiladi.
Jismoniy rivojlanishni baholashda bolani o’tirgan xolatidagi bo’yipi aniqlash ham zarur. CHakaloklarda ushbu ko’rsatkich nisbatan kup bo’lib 34 sm.ga teng bo’ladi, keyin esa bir yoshga kelib 47 sm.ga teng bo’ladi. 6 yoshda 60 sm.ga, 10 yoshda 70 sm.ga va 16 yoshda 82 sm.ga teng bo’lib qoladi. Bo’yiga o’sish jarayoni balogatga yetish yoshiga, ya’ni kizlarda 16,5, ug’il bolalarda esa 18 yoshga kelib to’xtaydi. Kecha-kunduz ichida bolaning bo’yi birmuncha o’zgarib turadi. Kechkurungi ko’rsatkichga qaraganda, ertalab buyi 1-3 sm ko’p bo’ladi. Kunduzi bola turib yurganda uning bo’yi birmuncha kamayadi. Bu umurtka pogonasi egilishi ko’payib, undagi tog’ay tukimalari zichlashib, son suyagiming boshchasi toz sohasiga ko’prok kirishi xisobiga bo’ladi. Yil fasliga qarab o’sish tezligi o’zgarib turadi: bahor va erta yoz faslida bola tezrok, kech yezda va kuzda bola sekinrok usadi. Lekin ayrim olimlar ushbu konuniyatni tan olmaydilar. Bolanimg kun tartibi, ovqatlapishi, hayotmning ijgimoiy-iqtisodiy tomonlari va ayrim boshqa ta’sirotlar vazn qo’shilishi va bo’yiga o’sish jarayonlariga ta’sir etadi.
Bolaning jismoniy rivojlanishida gavda vaznini ortishi va bo’yiga o’sishi bir tekisda kechmaydi. Odatda bu: jarayon to’lqinsimon. kechib, 1-4 va 8-10 yoshlarda bo’yiga usishta nisbatan vazn ortishi jadallashib (1-va 2- yumoloqlashish davrlari), 5-7 va 11-15 yoshlarda vazn ortishiga nisbatan bo’yiga usishi tezlashadi (1- va 2- bo’yiga cho’zilish davrlari).
Bolalarda tana vazni va bo’y uzunligi ko’rsatkichlarini12 quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin:
1. Hayotining birinchi yilida: bo’yi 66 sm bo’lgan bolaning vazni 8000 grbo’lib, har bir yetmagan sm.ga 8000 gr.dan 300 gr olib tashlab, har bir ortiqcha sm.ga 8000 gr.ga 250 gr qo’shiladi.
2. Buyi 125 sm.ga teng bo’lgan bolaning vazni 25 kg bulib, har bir yetmagan5 sm.ga 25 kg.dan 2 kg olib tashlab, har 125 sm.dan ortiqcha 5 sm.ga 25 kg.ga 3 kg.dan qo’shiladi. Balogatga yetish davrida esa 3,5 kg.dan qo’shiladi.
Bolada bosh aylanasi uzunligi. Odatda bosh aylanasi uzunligini aniqlashda santimetr o’lchov tasmasini orqadan ensa suyagining eng do’mbaygan yeriga, old tomondan esa qosh ustki aylana yoyiga zich tortib o’rnatish orqali o’lchanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda bosh aylanasi uzunligi 34-36 sm atroflarida bo’ladi. Hayotining birinchi 3 oyining har bir oyida 2 sm atrofida, 3-6 oyligida esa oyiga bir sm.ga usadi. Hayotining birinchi yilining ikkinchi yarmida bosh aylanasi 2,5-3 sm.ga usadi. Bir yoshga kelib bosh aylanasi 10-12 sm.ga o’sib, 46-48 sm.ni tashkil etadi.
1 yoshdan 4 yoshgacha yiliga 1 sm.dan usib, 4 yoshda 50 sm.ni tashkil etadi. 4-7 yoshida har yilda 0,5 sm.ga o’sib, hayotini qolgan yoshlarida bor yo’gi 5-6 sm.ga usadi. 14-15 yoshida bosh aylanasi urtacha 55-56 sm.ga teng bo’ladi. Yangi tugilgan kiz bolalarda ugil bolalarga Qaraganda bosh aylanasi 0,8-1 sm.ga kam buladi. Bu farq asta sekin kupayib, 16-18 yoshda 2,5-3 sm.ni tashkil etadi.
Bosh aylanasini baholash uchun13 quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
1. 1 yoshgacha bulgan bolalarda: 6 oylik bola bosh aylanasi 43 sm.ga teng bulib, har bir yegmagan oyiga 1,5 sm.dan olib tashlab, ortikcha oyiga 0,5 sm.dan kushiladi. 2.2-15 yoshgacha: 5 yoshli bolaning bosh aylanasi 50 sm.ga teng bulib, har bir yetmagan yiliga 1 sm.dan olib tashlanadi, har bir keyingi yiliga 0,6 sm. dan kushiladi.
Ko’krak qafasi aylanasini uzunligi. Ko’krak qafasi aylanasini ulchashda bolani qullari pastga tushirilgai, xotirjam nafas olib turgai xolatda bulishi kerak. Santimetr lentasini ko’rak suyagini pastki burchagi ostida va oldindan ko’krak bezi surgichini ustidan utkaziladi. Ko’krak bezi rivojlangan kizlarda esa tasmani oldingi tarafdan IV kovurgani yuqori kirrasi sohasidai utkaziladi. Ko’krak qafasinp rivojlanishi bolalaik davrlarida bir meyorda kechmaydi.Xayotining birinchi yilida bu kursatkich juda tez usadi, bogcha va maktab yoshiga kelib bir me’yorda o’sib, jismoniy yetilish yoshida esa juda tez usadi. Yangi tugilgan chaqaloqning ko’krak qafasining aylanasi uzunligi o’rta xisobda 32-34 sm.ga teng bo’ladi. Xayotining birinchi kvartalida oyida o’sish 2,5-3 sm.ga teng bo’lib, ikkinchi kvartalida 1-2,5 sm.ni tashkil etadi. Hayotiniig birinchi yilining ikkinchi yarmida oyiga 0,5-1 sm.ga usadi. 1 yoshga kelib ko’krak qafasining uzunligi 13-15 sm.ga ko’payadi. Tug’ilish paytida ko’krak qafasining aylanasi uzunligi bosh aylanasining uzunligidan 1-2 sm kam bo’lib, 2-3 oyda bu ko’rsatkichlar teng bo’ladi, keyinchalik esa ko’krak qafasi aylanasi uzunligi bosh aylanasi uzunligidan bolaning yoshi qancha bo’lsa, shuncha santimetr ko’p bo’ladi. 1 yoshda ko’krak qafasi aylanasining uzunligi 48-50 sm.ga teng bo’ladi, 5 yoshda 55 sm, 10 yoshda 63 sm va 14-15 yoshda 75-78 sm.ga tenglashadi. Qiz bolalarda ko’krak qafasi aylanasi uzunligi faqat pubertat yoshiga kelib shu yoshida ugil bolalar ko’krak qafasi aylanasi uzunligidan ortiq bo’ladi.
Ko’krak qafasi aylanasi uzunligini quyidagi formulalar orqali taxminan aniqlash mumkin:
1. 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda: 6 oylik bolaning ko’krak qafasi aylanasi 14uzunligi 45 sm.ga teng, har bir 6 oygacha yetmagan oyiga 45 sm.dan 2 sm.ni olib tashlab, 6 oydan keyingi har oyga 0,5 sm.dan qo’shiladi.
2. 2-16 yoshli bolalarda: 10 yoshli bo’lgan bolaning ko’krak qafasi aylanasi uzunligi 63 sm.ga teng buladi. Har bir 10 yoshgacha yetishmagan yosh uchun 63 sm.dan 1,5 sm.dan olib tashlanadi, har bir 10 yoshdan ortiqcha yosh uchun esa 63 sm.ga 3 sm.dan qo’shiladi.
Tananing va oyoq-qo’llarning uzunligi Marten antropometri yoki o’lchov tasmasi yordamida aniklanadi. Tananing uzunligi deb - VII buyin umurtqasm o’simtasidan dumg’aza oraligigacha bo’lgan masofa, oyoqning uzunligi deb son suyagining katta vertili va tovonning orasidagi masofaga, qo’l uzunligi deb akromion va qo’ldagi III barmoqning uchi oraligidagi masofaga olinadi. Yelkani aylana bo’yicha uzunligi o’lchov tasmasi yordamida ikki boshli muskulning eng rivojlangan qismida aniqlanadi. Sonning aylana bo’yicha uzunligi santimetr lentasimi gorizontal qo’ygan xolda, dumba burmasi ostidan o’lchanadi. Boldirning aylana bo’yicha uzunligini aniklash paytida o’lchov tasmasini boldir mushaklarining eng rivojlangan sohasidan o’tkaziladi.
Bolaning umumiy jismoniy rivojlanishi tugrisida fikr yuritishda qorinning aylana uzunligini o’lchashga katta e’tibor berilmaydi. Bu ko’rsatkich juda o’zgaruvchan bo’lib, unga bolaning ovqatlanish turlari, kun tartibi, mushaklarning tonusi ta’sir etadi. Bolaning ko’krak qafasi, mushaklar tonusi va qorin bo’shligidagi a’zolar tarafidan o’zgarishlar bo’lmasa, qorin aylana uzunligi ko’krak qafasi aylanasi uzunligidan bir ozgina katta bulishi mumkin.
Bolaning jismoniy rivojlanishi proportsiyasi.
Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash uchun uning proportsional rivojlanishiga ham baxo berish kerak. Bolalarda gavdaning ayrim qismlari ularning proportsional o’lchovlari bir me’yorda o’smaydi. Tugilgandan keyii gavdaning distal segmenti yuqorigi segmentiga nisbatan tez usadi. Jumladan, butui o’sish davrida oyoqlar uzunligi 5 marotaba, qo’llarining uzunligi 4 marotabaga, tana uzunligi 3 martaga, kallani balandligi 2 marotaba ortadi.
Embrion kallasining balandligi uning gavda uzunligini taxminan yarmini tashkil etadi. Chillasi chiqmagan chaqaloqning kallasi balandligi gavda uzunligini 1/4, 2 yoshli bolada 5/1, b yoshli bolada 6/1, 12 yoshli bolada 7/1 qismini tashkil etadi.
Bolalarda gavdani yoshga nisbatan proportsiyalarini baholash uchun kul-oyoqlarini o’sish qonunlarini’ bilish va ulariing uzunligini gavda uzunligi bilan solishtirishga katta e’tibor beriladi. CHillasi chiqmagan chaqaloklarda qul-oyokdarini uzunligi gavda uzunligini 1/3 qismidan bir muncha katta bo’lib, kattalarda esa oyoqparni uzunligi buy uzunligini 1/2 qismini tashkil etib, qullarini uzunligi gavda uzunligini 45% ni tashkil etadi. B.undan ko’rinib turibdiki, bolalarni oyoq-qo’llari birmuncha kalta bo’la turib, ayni vaqtda oyoqlarni o’sishi jadalroq bo’ladi. Yangi tugilgan chaqaloqni tanasi bo’yining 40% ni tashkil etadi va bu ko’rsatkich yosh kattalashishi bilan deyarli o’zgarmaydi.
Gavda urta nuqtasini joy almashishi tana va oyoq-qo’llarini uzunligi bilan bir tekisda o’smasligi natijasida ro’y beradi. Embrionni erta rivojlanish paytida ushbu nuqta pastki jag ostida, chala tug’ilgan bolada kindikdan tepada, o’z vaktida tug’ilgan chaqaloklarda kindigida, 1 yoshli bolada kindik bilan simfiz o’rtasida joylashib, bolani yoshi ulgaygan sari asta-sekin pastga siljib, katta yoshli odamlarda gavda uzunligini o’rtasi simfizda bo’ladi. Shunday qilib, yangi tugilgan chakaloklarda va emizuv yoshidagi bolalar, katta yoshdagi odamlarga Qaraganda oyoq-qo’llari kichik bo’lib, kallasi va tanasini o’lchovlari ustun keladi.
Shunday kilib, odam tanasini proportsiyalari asta-sekin bo’y o’sish to’xtaguncha o’zgarib turadi va har xil yoshdagi bolalarda o’ziga xos ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
Bola gavdasini garmonik o’sishi va biologik yoshi hakida tushunchani turli xil indekslar vositasida tasavvur etish mumkin. Jumladan Erisman va CHulitskaya indekslarini qullash orqali bola gavdasini garmonik o’sishi va to’laligi xakida taxminiy tushuncha olish mumkin.
Erisman indeksi15- ko’krak aylanasi uzunligidan gavda uzunligi yarmini farqi. Bu indeks bola ko’krak qafasining rivojlanishini va qisman uni to’laligini ifodalaydi. Bu ko’rsatgich soglom bolalarda 1 yoshda + 13,5 sm dan +10 sm gacha, 6-7 yoshdan + 4sM dan +2sm gacha, 8-15 yoshdan + 1 dan -3 sm gachani tashkil etadi. Bola kancha jismoniy yaxshi taraqqiy etgan bo’lsa shuncha kech ko’krak aylanasi uzunligi gavda uzunligini yarimiga tenglashadi. Bu indeks kunincha maktab yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini nazorat etishda qullaniladi.
L.I. CHulitskaya indeksi bolaning tulaligini ifodalab, quyidagi o’zaro munosabatlardan turadi: 3 marotaba yelka aylanasi + son aylanasi + boldir aylanasi uzunliklari- gavda uzunligi. Yaxshi to’lalikdagi 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda bu indeks 20-25 sm, ni tashkil etadi. Bu indeksni kamayishi bola tulaligini orqada qolganini kursatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |