Texnologiya va dizayn fanidan


Randalash, o’yish dastgohlari va ularda ishlash



Download 1,46 Mb.
bet8/27
Sana18.02.2022
Hajmi1,46 Mb.
#455796
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
BOZOROVA NAVRO’ZANING TEHNOLOGIYA VA DIZAYN FANIDAN KURS ISHI

Randalash, o’yish dastgohlari va ularda ishlash
Randalash dastgohlari. Randalashda keskichning (stolning) to’g’ri yo’li- ish yurishi deb, teskari yurish esa salt yurish deb ataladi; bunday ishlash sxemasi randalash dastgohlarining asosiy kamchiligidir.
Randalash dastgohlari universal, aniq, oddiy tuzilishdagi dastgohlar bo’lgani, ishlatiladigan kesuvchi asbob arzon turganligidan ular keng ko’lamda ishlatiladi. Randalash dastgohlari ish unumining past-ligi ko’p keskich bilan ishlash orqali ma’lum darajada qoplanishi mumkin. Randalash dastgohlari guruhiga bo’ylama randalash, ko’ndalang randalash, o’yiosh dastgohlari va universal dastgohlar kiradi.
Bo’ylama randalash dastgohlari, asosan, mashinalarning o’rtacha va yirik detallarining tekis yuzalarini randalash uchun mo’ljallangan. Bo’ylama randalash dastgohlari jumlasiga eng ko’p tarqalgan ikki stoykali dastgohlar, bir stoykali dastgohlar, qirra randalash dastgohlari va portal dastgohlar kiradi.
Ba’zi dastgohlarning poperechinasida bitta (yuqorigi) support va tayanchida bitta (yon) support bo’ladi yoki faqat poperechinsida bitta support bo’lib, yon supportlar bo’lmaydi. Surish yo’nalishi gorizontal yoki vertikal bo’lishi mumkin. Qiya yuzlarni randalash uchun support burish qismi bilan ta’minlangan. Asosiy harakat stolga elektr dvigateldan tezliklar qutisi va staninaga o’rnatilgan shesternyalar tizimi orqali uzatiladi. Oxirgi shesternya dastgohning stoliga pastki tomondan burab qo’yilgan tishli reyka bilan tishlashgan bo’ladi; yangi dastgohlarda reykaga shnek tishlashtirilgan bo’ladi. Eng takomillashtirilgan randalash dastgohlarida gidravlik yuritma yoki pog’onasiz rostlash elektrik yuritmasi bor.
Dastgohlarda stolning yurishini reverslash (stolning yurish yo’nalishini o’zgartirish) uchun elektr-magnit muftalar, gidravlik qurilmalar va boshqalardan foydalaniladi. Teskari (salt) yurish tezligi ish yurish tezligidan 1,5-2,0 marta katta. Stolning yurish yo’nalishi tiraklar 7 vositasida avtomatik ravishda o’zgartiriladi, bu tiraklar randalanayotgan zagatovkaning uzunligiga qarab stolning tegishli jotiga mahkamlanadi. Keskichli supportlar ish yurishi tugagach yoki ish yurishi boshlanishi oldidan surish qutisi orqali vintlar yordamida suriladi. Teskari yurishda keskichlarning keyingi yuzalari randalanayotgan yuzaga ishqalanmasligi uchun keskich tutkichlar maxsus qurilmalar vositasida ko’tariladi.
Bo’ylama randalash dastgohlari 700dan 4000 mm gacha kenglikda va 1500 dan 1200 mm uzunlikda randalay oladigan qilib chiqariladi. Yaxshi holatdagi bo’ylama randalash dastgohlari zagatovkalarga yuqori anuqlik bilan ishlov beradi: tozalab randalashda 1000 mm uzunlikda noaniqlik 0,01 mm gacha, 3000 mm uzunlikda esa 0,02 mm gacha bo’ladi.
Yirik va og’ir detallarga ( lokomativ ramalar, og’ir plitalar va boshqalarga ) ishlov berishda portal-randalash dastgohlari ishlatiladi. Bu dastgohlarda detal o’rnatilgan stol ishlov berish vaqtida qo’zg’almaydi, harakat keskishli supportlar o’rnatilgan portalga beriladi.
O’yish dastgohlari ko’ndalang kesimlari katta, ammo balandligi uncha katta bo’lmagan zagatovkalarda ariqchalar ochish va ularning yassi va shakldor yuzalariga ishlov berish uchun ishlatiladi. O’yish dastgohlarining polzunlarini ko’pincha krivoship-kulisali mexanizm, shuningdek, krivoship-shatunli mexanizm yoki gidravlik mexanizm harakatga keltiradi. O’yish dastgohlari polzunining eng katta yo’li 160 dan 1000 mm gacha bo’ladi.
Sidirish (protyajkalash) dastgohlari tuzilishi jihatdan gorizontal hamda vertikal dastgohlarga bo’linadi; texnologik alomatlariga ko’ra ichki sidirish va tashqi sidirish dastgohlari bo’ladi (ba’zan ichki va tashqi sidirish bitta dastgohning o’zida bajariladi) .
Sidirish dastgohlari nisbatan oddiy tuzilgan. 65-rasmda ichki sidirish uchun mo’ljallangan gorizontal-sidirish dastgohi tasvirlangan. Stanina 1 ning yo’naltiruvchilari bo’ylab gidravlik yuritma yordamida polzun 2 suriladi, polzunning ichida esa sidirgich (protyajka) mahkamlanadigan moslama 3 bo’ladi. Uzun sidirgichlar bilan ishlashda ularning ikkinchi uchini qo’zg’aluvchan lyunet 4 tutib turadi. Sidiriladigan zagatovka qurilma 5 ga o’rnatiladi.



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish